“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


Janubiy Koreyada bozor iqtisodiyoti rivoji



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

8.2. Janubiy Koreyada bozor iqtisodiyoti rivoji 
 
Yangi industrial mamlakatlar ichida eng baquvvati Janubiy Koreya 
Respublikasidir. YAIM bo`yicha dunyoda o`ninchi o`rinda turadi. Aholi jon 
boshiga YAIM 15 ming dollardan ko`proq to`g`ri keladi. Ilm sig`imli mahsulotlar 
yyetishtirish bo`yicha dunyoda yyetakchi o`rinlardan birini egallaydi, sun’iy 
yo`ldosh uchirgan mamlakatlardan biri bo`lib hisoblanadi. 1999-2003 yillar ichida 
ta’lim va texnologiya, ilm sig`imli sanoat markazlarini tashkil etish kabilarga 110 
mlrd. doll. sarf qilingan . 
Rivojlanish strategiyasining muhim tomoni tuzumiy siyosatdir. Bunda turli 
tarmoqlar va ishlab chiqarishning rivojlanish maqsadiga muvofiqligi tuzumiy 
o`zgarishlarning ketma-ket ravishda amalga oshirilishi, xarajatlar va natijalarni 
nazorat qilish amalga oshirilgan. 70 
– yillargacha tuzumiy siyosat 
makroiqtisodiyotning shakllanishiga qaratilgan edi. Agrar islohotlar va sanoat 
hissasini o`stirishga aloxida e’tibor berilgan. Iqtisodiyotning tuzumiy o`zgarib 
borishi tufayli sanoatda bir qancha siljishlar 
yuz beradi. Asosan bu industrial negizda 
amalga osha boshlaydi. Bundan oldin 
industriya ahamiyatli bo`lmay, xizmat 
ko`rsatish sohasi, nomoddiy ishlab chiqarish 
asos bo`lgan. 
Shunday 
qilib, 
iqtisodiyotdagi 
tuzumiy o`zgarishning asosiy bosqichi va 
uning o`z o`sishini ta’minlashga asoslanishi 
industrlashtirishdan iborat bo`ladi. Bunda 
faqat 
sanoat 
tarmoqlarida 
mashina 
texnikasiga o`tish bilan chegaralanmay, 
qishloq xo`jaligini qayta qurish, uni sifat 
jixatidan yangi rivojlanish bosqichiga o`tish 
hamda zamonaviy infratuzilmalarni paydo 
qilishdan iborat bo`lgan. 
Iqtisodiy 
tartiblashtirishda 
asosan 
Yaponiyadan o`rnak olingan va bunda 
Janubiy Koreya Respublikasi ayniqsa ajralib 
turgan. Bunda iqtisodiy siyosatni asosan 
sanoat va savdo, moliya, ta’lim, mudofaa, 
fan va texnika vazirliklari olib borgan. Bularning birgalikdagi faoliyatlarini 
O`zbеkistоn 
Rеspublikаsi 
Prеzidеnti I.А.Каrimоvning 1992 yil 
iyun, 1995 yil fеvrаl, shuningdеk, 1999 
yildа Коrеya Rеspublikаsigа tаshrif 
chоg`idа 1994 yilning iyunidа esа 
Коrеya Rеspublikаsi Prеzidеnti Кim Еn 
Sаnning 
O`zbеkistоngа 
rаsmiy 
tаshriflаri 
chоg`idа 
mаmlаkаtlаr 
o`rtаsidа o`zаrо sаvdо - iqtisоdiy
munоsаbаtlаrini 
rivоjlаnishi 
uchun huquqiy аsоs qo`yildi vа 
hаmkоrlikning 
аsоsiy 
yo`nаlishlаri 
bеlgilаb оlindi. O`zbеkistоn vа Коrеya 
Rеspublikаsi 
o`rtаsidа 
“Sаvdо 
to`g`risidа”, “Invеstitsiyalаrni o`zаrо 
himоyalаsh vа kеngаytirish to`g`risidа” 
kаbi bir qаtоr sаvdо-iqtisоdiy, 
invеstitsiоn vа ilmiy-tехnikаviy bitimlаr 
imzоlаndi. Hоzirgi kundа O`zbеkistоn 
vа Коrеya Rеspublikаsi o`rtаsidа 
хuquqiy-shаrtnоmаviy 
аsоsgа 
egа 
bo`lgаn 22 tаdаn оrtiq hukumаtlаrаrо 
shаrtnоmа vа hujjаtlаr imzоlаngаn.


138 
ta’minlashni iqtisodiy rejalashtirish Kengashi boshqargan. Yaponiyada esa bunday 
tashkilot Iqtisodiy rivojlanish agentligi deb atalar edi. 
Biznes va davlatning o`zaro harakati indikativ rejalashtirish tamoyili asosida 
olib borilgan. Masalan, Koreyada to`rtinchi besh yillik rejani tuzishda asosan 
Koreya rivojlanish instituti olimlari ishtirok etgan. Oltinchi to`rt yillik rejalar 
asosan sanoat va infratuzilmalar ob’ektlarining loyixalarini tuzish bilan 
chegaralansa, keyingi yillarda ancha murakkablashgan yirik makroiqtisodiy 
modellar tuzila boshlagan. 
Dasturlarni tuzish va amalga oshirishning yuzaga kelgan tizimi davlat va 
biznesning o`zaro harakat tizimini tashkil etib, bunda sheriklar va qo`llaniladigan 
usullar ahamiyatlidir. Janubiy Koreya Respublikasida biznesga ta’sir ko`rsatuvchi 
o`z usulllari ishlab chiqilgan. Bunda davlat tartiblashtirish usullarining standartli 
yig`ini asos hisoblanadi, qaysiki soliq va kredit-pul, savdo va valyuta siyosati, 
shuningdek jamg`arilgan resurslarni joylashtirishga undash maqsadida biznesga 
ta’chir o`tkazish choralar tizimidan iborat. Sanoatni rag`batlantirishning iqtisodiy 
siyosati 
importning 
o`rnini 
bosuvchi 
va 
eksportga 
mo`ljallangan 
industriallashtirish strategiyasiga asoslangan. Buning sababi xususiy kapitalga 
yordam qilish, chet firmalar raqobatidan himoyalash, to`lov balansidagi 
yetishmovchilikning oldini olish kabilardir. Avvalo bu iste’mol buyumlari ishlab 
chiqaruvchi tarmoqlardan boshlangan. Industriallashtirish chuqurlashib borishi 
bilan importning o`rnini bosish, kimyo va neftni qayta ishlash, qora metallar, 
mashina va jixozlar komponentlari kabilarda ham qo`llanila boshlaydi. 
Importning o`rnini bosish siyosatini amalga oshirishda qayta taqsimlash 
jarayoni ishlatilgan. Bunda qishloq xo`jaligi va qazib olish sanoati, savdo 
sharoitlarini sanoat foydasiga o`zgartirish, chet kapitalini bunga qaratish usullari 
qo`llanilgan. Ikki xil nazorat ishlatilgan: savdo va valyuta usullari. Import 
qilinadigan tovarlarga nisbatan milliy valyuta kursining sun’iy ko`tarish yo`li bilan 
narxi oshirilgan.
Davlatning iqtisodiyotdagi aralashuvi ham o`ziga xosdir. Koreyada u 
faoliyatlidir. Bu tartiblashtirishda, tadbirkorlikni qo`llab-quuvatlashda o`z aksini 
topadi. 80-90 yillarda ishlab chiqarish quvvatlariga munosabat o`ziga e’tiborni 
tortadi. 80 – yillar oxiri va 90 – yillar boshida ba’zi tarmoqlarda ortiqcha ishlab 
chiqarish quvvatlari paydo bo`ladi va bularni ishdan to`xtatish ma’qul topiladi. 
Bular asosan elektronika sanoati, mineral o`g`itlar ishlab chiqarish va boshqalardan 
iborat edi. Buning uchun maxsus depressiv kartellar tuziladi. Kartellar hukumat 
qo`llashi tufayli mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirish va korxonalarda eng 
samarali bo`limlarni saqlab qolish to`g`risida o`z xohishlari bo`yicha kelishadilar. 
Shu bilan birga ortiqcha quvvatlarni sotish yoki yo`nalishini o`zgartirish to`g`risida 
ham ihtiyoriylikka kelishilinadi. Depressiv kartellarning faoliyatini tijoriy banklar 
hukumat kafolatligi asosida moliyalashtiradi. Ortiqcha quvvatlarni yo`q qilishda 
yangi ish joylarining manbai bo`lib kichik biznes xizmat qiladi. 
Kichik biznes bozor iqtisodiyoti uchun tizimlashtiruvchi omil bo`lib 
hisoblanadi. Bu sektorga 100 nafargacha band bo`lgan mayda va o`rta korxonalar 
kiradi. Yirik korxonalarning o`zgarishi ham o`z xususiyatiga ega. Agar 1963 – 


139 
yilda 100 kishigacha band bo`lgan korxonalar Janubiy Koreada 1,9 foizni tashkil 
etgan bo`lsa, 1976 - yilga kelib ular, barcha korxonalar ichida 12 foizga yetdi. 
Yirik korxonalarning yetishtirgan mahsuloti xajmi esa shu yili 86 foizgacha 
ko`paygan. Bunday harakat keyingi yillarda ham davom etgan.
Iqtisodiyotda erkinlikka yo`l berish va davlat aralashuvini qisqartirish 
yo`nalishi asosan 80-yillarda boshlanadi. Bunda aksiyalarni ochiq sotish, davlat 
korxonalarini boshqarishning xususiylashtirish, ijara, oldindan belgilangan 
insestorlarga aksiyalarni sotish, korxonalarni maydalash, davlat korxonalariga 
xususiy investitsiyalarni kiritish, davlat mulkini auksion tarzda sotish, korxonalarni 
o`z boshqaruvchisi yoki boshqa xodimlari tomonidan sotib olishi keng ko`lam ola 
boshlaydi. 
Avvalo korxonalarni sotish qimmmatga tushib, byudjetga foydali bo`lmay 
kelgan. Ikkinchi tomondan xususiylashtirilgan korxonalar ichida monopollashuvni 
rag`batlantirgan. 
Janubiy Koreada qisman xususiylashtirish muvaffaqiyatli bo`lib, bunda 
assoan aksiyalar ko`pchilikka sotilgan. Shu bilan birga oldindan norentabelligi aniq 
bo`lgan korxonalar qurilishi to`xtatilgan. Xususiylashtirishda chet kapitalining 
qatnashuvida moslashuvchanlik usullarini ishlatish qo`l kelgan.
Tashqi savdoda rivojlangan mamlakatlar bozoriga chiqish ahamiyatlidir. Shu 
bilan birga bu mamlakatlarning Janubiy Korea bozorlariga mahsulot chiqarishni 
ko`paytirish ikki tomonlama foydalidir. Chunki rivojlangan mamlakatlarning 
Janubiy Korea kabi mamlakatlarga nisbatan proteksionizm siyosatini qo`llash 
umumiy rivojlanishga salbiy ta’sir etadi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish