“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

Nazorat savollar: 
1.Yaponiya iqtisodiyotining jahondagi yyetakchiligi nimalarda o`z 
ifodasini topadi? 
2.Yaponiya iqtisodiy “mo`jizasi”ning mazmuni nimada? 
3.Yaponiyaning yangi texnologiya, avtomatikada jahondagi yyetakchiligini 
aytib bering. 
4.Yaponiya tadbirkorligida milliylikning mazmuni nimadan iborat? 
5.Yaponcha menejment deganda nimani tushunasiz? 
6.Yaponiya militarizmini Ikkinchi Jahon urushidan keyin demokratik 
kapitalizm bilan almashuvining bozor iqtisodiyoti rivojidagi ahamiyati nimalardan 
iborat? 
7.Yaponiya iqtisodiy “mo`jizasi”da ilmiy-texnik taraqqiyotning o`rni 
qanday bo`lgan? 
8. Yaponiyaga jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozining ta’sir doirasi qay 
darajada bo`ldi? 
9. Yaponiyaning jahon moliyaviy - iqtisodiy inqiroziga qarshi qo`llayotgan 
choralari haqida nimalarni bilasiz? 


133 
8-BOB. JANUBIY-SHARQIY OSIYODAGI YANGI INDUSTRIAL 
MAMLAKATLARDA BAZAR TAJRIBASI
 
REJA: 
8.1. Osiyo “Ajdaholari” va “Yo`lbarslari” 
8.2. Janubiy Koreyada bozor iqtisodiyoti rivoji 
8.3. Singapurda bozor iqtisodiyoti xususiyatlari 
8.4.Tayvan va Gonkong bozor rivoji tajribasi
 
8.5. “Yo`lbarslar”da bozor munosabatlarining 
 
iqtisodiy rivojga ta’siri 
 
Tayanch so’z va iboralar
 
Eksport, industriallashtirish, kredit, strategiya, sanoat,savdo, moliya, ta’lim, 
mudofaa.
 
8.1. Osiyo “Ajdaholari” va “Yo`lbarslari” 
 
XX – asrning ikkinchi yarmida Sharqiy-Janubiy Osiyoda tez rivojlangan va 
industrial mamlakatlar paydo bo`lib, o`z iqtisodiy salohiyati bo`yicha rivojlangan 
mamlakatlar qatoriga qo`shilgan va yaqinlashayotgan mamlakatlar yuzaga keldi. 
Bulardagi yirik muvaffaqiyatlarni bozor munosabatlariga o`tish va uning 
mexanizmlaridan keng va chuqur foydalanish tufayli yuz berib, davlat iqtisodiy 
siyosatlarining oqilona amalga oshilirishining natijasi, deb tushuntirish mumkin. 
Osiyo “Ajdaholari” qatoriga Janubiy Koreya, Singapur,, Tayvan va Gonkong 
davlatlari kiradi. Janubiy Korea, Tayvan va Gonkong Sharqiy Osiyoda joylashgan 
bo`lsa, Singapur Sharqiy-Janubiy Osiyodadir. Bularda iqtisodiy taraqqiyot darajasi 
yuqori bo`lib, rivojlangan mamlakatlar hisoblanadi va o`z iqtisodiy salohiyati bilan 
shu mazmunga to`la muvofiq keladi. 
Osiyo “Yo`lbarslariga” Malayziya, Tailand, Indoneziya va Filippin 
davlatlari kirib, bular asosan Sharqiy-Janubiy Osiyoda joylashgan, iqtisodiy 
darajasi bo`yicha rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo`shilishga yaqinlashib 
qolgandir. 
Bu mamlakatlar Iikkinchi jahon urushidan keyin ham qoloq agrar 
mamlakatlar hisoblanib, boyligi asosan sholi yyetishtirish va biroz qazilma 
boyliklariga ega, mahsulot ishlab chiqarish esa past darajada va qoloq xoldagi 
qishloq xo`jaligiga ega bo`lib, agrar mamlakatlardan iborat edi.
Lekin juda qisqa vaqt ichida qoloqlikdan chiqib, qashshoqlikning oldi olinib, 
iqtisodiy ravnaq yo`nalishini qo`llay oldilar. Bunda davlat barcha imkoniyatlarni 
to`la hisobga olgan xolda iqtisodiy ochiqlik, erkin taraqqiyot siyosatini qo`llagan 
xolda oqilona ish yuritib bozor munosabatlariga o`tishni tezlashtirgan tarzda 
taraqqiyot sari intila boshladilar. Rivojlangan mamlakatlar tajribasini keng va 
maksimal ravishda foydalanilib, ularning yordamlarini ishga solgan xolda, 
iqtisodiyot harakatini erkinlashtirdilar. 


134 
Hozirga kelib bu mamlakatlar tez rivojlanuvchi va xatto AQSH, Yaponiya 
va G`arbiy Yevropa mamlakatlarigacha mahsulotlar yetkazib beruvchi hamda 
yuqori sifatli va xalqaro standartlarga to`g`ri keluvchi tovar ishlab chiqaradigan 
mamlakatlar qatoriga qo`shilgandir. Bunda ilg`or texnologiyaning keng 
qo`llanishi, ishlab chiqarishning ekologikligi darajasida bo`lishligi rivojlanish 
darajasiga yanada aniqlik kiritadi. 
Birinchi to`rtlik, ya’ni “”Ajdaholar” shu bilan birga, aytganimizdek, 
rivojlangan mamlakatlardan hisoblanib, jahonda eng yirik moliya markazlaridan va 
jahon eksporterlaridandir. Osmon o`par binolar, zamonaviy aeroportlar, sun’iy 
yo`ldoshlar kabilar bularning muvaffaqiyatlaridan dalolat beradi. “Yo`lbarslar” 
ham qolishmaslikka, oldinga intilishmoqda. Dunyoda eng baland, osmon o`par 
binolar Tayvan va Malayziyadadir. 
Albatta haqqoniy savol tug`iladi, qanday qilib bu mamlakatlar shunday 
darajaga erisha olishdi, buning asosiy xususiyatlari nimada? Albatta ilohiy kuchda 
emas, balki asosiy kuch, sabablar yer usti voqe’ligida, odamlar harakatida. 
Hozirgacha dunyoda qoloq mamlakatlar oz emas, ochlik, qashshoqlik muammolari 
ko`pchilikni o`ylatadi va qoloq mamlakatlar ham shular qatoriga qo`shilishni 
istaydi. Demak, bu va bunga o`xshagan oldin yoki keyin rivojlanish yo`liga o`tgan 
mamlakatlar tajribasini o`rganish va ular erishgan darajaga yetish uchun yo`l 
axtarish juda muhim, olamshumul vazifalardandir.
Albatta har bir mamlakatda bozor munosabatlariga va bu asosda iqtisodiy 
taraqqiyotga erishish o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi. Avvalo bu Sharqiy 
Osiyo mamlakatlari madaniyati bilan bog`liqdir. Milliy madaniyat, urf-odat albatta 
o`z ta’sirini ko`rsatadi, mentalitetning o`rni katta. Bularning ichida insonlarning 
bir-biriga hurmati, o`z davlatiga munosabat, davlatga itoatkorlik, uning 
ko`rsatkichlarini gap so`zsiz bajarish, milliy birlik va g`urur kabilarni sanab o`tish 
mumkin. Bunda yana oilaviy munosabatlar, katta yoshdagilar hurmati, ota-ona va 
bolalar o`rtasidagi munosabatlar, ishonchlikka o`xshagan xususiy mentalitetning 
o`rni bor. Bir-birini qo`llash, jamoatchilik xususiyatlari, mehnatsevarlik, 
boshliqning, kattaning obro`- e’tiborliligi, oilaviy va qarindosh-urug`chilikka 
bog`liqlik, oilavyiy va urug`chilik asosidagi rejalarning mavjudligi kabilar ham bu 
sohada kam ahamiyat kasb etmaydi. Milliy birlikda va mamlakatni ma’lum 
maqsadga qarata bilishda bu milliy xususiyatlardan foydalana bilish albatta 
g`alabaga erishuvda qo`l keladi.
Bundan tashqari bu mamlakatlarda aholi bilim darajasi juda yuqoridir. Bilim 
standarti bo`yicha olinsa, jahonda eng yuqori o`ringa ega bo`lgan mamlakatlar 
Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiyava Gonkongdir. Ma’lumki, inson resursi 
hozirgi davr taraqqiyotida xal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu eng muhim va qudratli 
“inson kapitalidir”.
Hayotdagi topshiriq berish va ijrochilik ruhi kuchliligi, oilaviy qo`llash, 
himoyani sezish kabi xususiyatlar Sharq xalqlarida, ayniqsa bu Sharqiy yangi 
industrial mamlakatlar xalqlarida kuchlidir. 
Qo`shni Yaponiya tajribasi, uning yaponcha, “”iqtisodiy mo`jiza” ta’siri 
ham o`z kuchiga ega bo`lgan va ma’lum darajada turtki vazifasini o`tagan hamda 


135 
to`g`ridan-to`g`ri o`rganish nuqtasi vazifasini bajargan. Ko`p tomondan bevosita 
Yaponiya yordamidan foydalanilgan.
Industriallashtirishning boshlang`ich davrida qoloq to`qimachilik sanoati 
negiz bo`lib hisoblangan. Bu o`tgan asr 50 – yillarga to`g`ri kelib, deyarli past 
bahodagi tovarlar o`z tashqi ko`rinishi bilan o`ziga tortadigan bo`lishligi, keng 
assortimenti bilan jahon bozorida o`ziga yarasha joy topa bilgan. Shu yo`l bilan 
eng boshlang`ich miqdorda valyutaga ega bo`lishlikka muyassar bo`lgan. 
Eksportdan tushgan sarmoya avvalo mavjud qoloq korxonalarning asbob-
uskunalarini yangilash, imkon darajada yangi texnika kiritish maqsadlarida 
foydalanilgan. Bunda albatta Yaponiya tajribasi qo`l kelgan. 
Industrlashtirishda davlatning roli juda katta bo`lgan va barcha jarayonlar 
davlat ishtiroki, qovushtirish faoliyati tufayli amalga oshgan. Investitsiya uchun 
keng sharoit yaratilib, chet kapitalining kiritilishi uchun rag`batlantirish usullari 
samarali ravishda qo`llanilib borilgan. Bunda albatta arzon ish kuchining serobligi 
juda qo`l kelib, chet kapitali foydasini yuqori darajada bo`lishini ta’minlagan. 
Asta-sekin importning o`rnini bosuvchi tarmoqlarni yaratishga e’tibor 
kuchayib, yangi-yangi sanoat tarmoqlari yuzaga kela boshlaydi. Bunda 
hukumatning oqilona ish tutish, ustuvor tarmoqlarni tanlay bilish, jahon bozori 
kon’yukturasini tezda seza bilib ish tutish albatta hukumat harakatiga bog`liqdir. 
Albatta o`rinli darajada proteksionizm siyosatini qo`llay bilish, bunda mahalliy 
ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarga qarata bilish, hamda bundagi bog`liqlikni 
ta’minlash juda o`rinlidir. 
Umuman davlat sanoat siyosatining mavjudligi va buni o`z vaqtida tezlik 
bilan amalga oshira olish talab etilgan. Yangi tarmoq va korxonalarning davlat 
tomonidan qo`llab-quvvatlanishi, moliyalashtrishni ta’minlash va bunda zaruriyat 
talabiga ko`ra o`zgaruvchanlikning bo`lishi muhim rol o`ynagan. 
Sanoat tashkiliy tuzumini shakllantira borish ahamiyatli bo`lib, bu jahon 
bozori talabi asosida olib borilgan va bunda mavjud imkoniyatlardan yuqori 
samarali foydalanish talab etilgan. O`tgan asr 50 – yillarida to`qimachilik va 
shishasozlik tarmoqlari rivojlantirilgan bo`lsa, 60 – yillarda sement, mineral 
o`g`itlar, neftni qayta ishlash, po`lat quyish, sintetika sanoat tarmoqlari 
rivojlantirilgan. 70 – yillarga kelib, kemasozlik, investision tovarlar, uzoq muddat 
foydalaniladigan jixoz, avtomobil kabilar ishlab chiqarishga ahamiyat kuchayadi. 
80 – yillarga kelib esa elektronika, telekommunikatsiya, axborot texnika tarmoqlari 
paydo bo`la boshladi. 90 – yillarda asosiy e’tibor yangi materiallar va texnologiya, 
aerokosmik texnikaga qaratiladi. 
Ko`rinib turibdiki, industrlashtirish oddiydan murakkabga tomon amalga 
oshib, pravardida eng yuqori texnika va texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish 
yaratiladi. Shu bilan bu ketma-ketlik va maxsus sharoitlar yaratilishi asosida 
rivojlanish davom etadi va natijada yuqori cho`qqilarga chiqiladi hamda 
murakkablashib boradi. 
Boj haqi yuqori darajada bo`lib, iqtisodiy siyosatni qo`llashda katta qurol 
bo`lib xizmat qilgan. Boshida mahalliy tovarlar asosan past narxli bo`lib, bozorga 


136 
yo`l ochishni yengillashtirgan. Kreditlar imtiyozli bo`lib, foizlar deyarli past 
bo`lgan. 
Iqtisodiyotning muntazam rivojlanishini ta’minlash uchun zarur kapitalning 
yetishmovchiligi muammosini xal qilish uchun e’tibor doimiy tusda bo`lgan. Shu 
bilan birga hukumat iqtisodiy siyosatida iqtisodiyotdagi diktatura o`rniga 
dekmokratik usullarni qo`llab borishga to`xtovsiz e’tibor qaratiladi. 
Davlatning iqtisodiy siyosatida bevositalik asos bo`lmay, bilvositalik 
ustunlik qilgan. Bunda asosiy urg`u iqtisodiy mexanizmlardan foydalanishga 
qaratilgan.
Bu mamlakatlarda hozirgi davr taraqqiyot vazifasi ekstensivlikdan 
intensivlikka o`tishdir. Bu ayniqsa rivojlangan hisoblanuvchi “Ajdaholar” deb 
atalmish to`rtlik mamlakatlariga taalluqlidir. Bundagi yo`nalishlar albatta yangi 
texnologiya, ilmiy sig`imli mahsulot yyetishtirish, nomoddiy ishlab chiqarish 
tarmoqlarining ustunlik bilan rivojlanishini ta’minlashdir. Ma’lumki, bu ishlab 
chiqarishda tub o`zgarishlarni amalga oshirish va umuman yuqori darajaga 
ko`tarishni talab etadi. 
Yuqori malakali mehnat asosida ichki bozorning o`sib borishini ta’minlash 
amalga oshiriladi. Aytaylik, Tayvanda kompyuter texnikasi ko`p negiz yaratish va 
samolyot qismlarini tayyorlash uchun Janubiy Korea Respublikasida asos solish 
kabilardir.
Industrlashtirishning yuqorilashuvi, ishlab chiqarishning yuqori darajada 
bo`lishi iqtisodiy o`sishni tezlashtirish natijasida xizmat ko`rsatish sohasining 
rivojlanishiga olib keladi va bu moddiy ishlab chiqarishga nisbatan tez sur’atlar 
bilan o`sib boradi. Bu mamlakatlarda oldin ham xizmat ko`rsatish past darajada 
bo`lmagan. Endi esa buning zamonaviy tarmoqlarini yuzaga keltirgan xolda yuqori 
texnika aosida yangi xil xizmatlar hisobiga tezlik bilan o`sish yuzaga keladi. 
Ayniqsa axborot texnologiyasi, turizm va moliyaviy xizmat ko`rstaish tarmoqlari 
keng quloch yoza boshlaydi.
Bu Osiyo mamlakatlari uchun ITIKI (ilmiy-tadqiqot va ilmiy-konstruktorlik 
ishlari)ning takomillashuvida katta rol o`ynaydi. Ayniqsa 80 – yillardan boshlab 
bunga katta ahamiyat berila boshladi. Qisqa muddat ichida ilmiy-tadqiqot 
institutlari, oliy o`quv yurtlari, amaliy muammolar bo`yicha laboratoriyalarning 
keng tarmog`i yaratilgan edi. Bunda ITIKIning milliy loyixalari amalga oshirilib, 
bular 
asosan 
yarim 
o`tkazgichlar, 
AESlarga 
jixozlar 
tayyorlash 
(atomelektrostansiyalari), kompyuterlar, ishlab chiqarishga qaratilgan loyixalar edi. 
Ilmiy-texnik siyosatning asosiy yo`nalishi miqroiqtisod, sof kimyo, axborot, ishlab 
chiqarishni avtomatlashtirishlardan iborat edi. ITIKI rivoji uchun qaratilgan 
xarajatlar yildan-yilga ko`payib, YAIMdagi ularning hissasi xatto AQSHdan ham 
yuqori bo`ladi. 
Bu mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining muhim 
tarkibiy qismi hisoblangani radikal agrar islohotlardir. An’anaviy yer 
munosabatlarining o`zgarishi irrigatsiya ishlarini keng xajmda olib borish, bu bilan 
unumdorlikni 
ko`tarish, 
qishloq 
xo`jaligi 
infratuzilmasini 
yaxshilash, 
agrokompleksning qismlarini yaxshilash ishlarini olib borish imkonini beradi. 


137 
Bular esa o`zidan-o`zi iqtisodiy o`sish omillariga aylanishi, shuningdek ichki 
jamg`arilishlarning qo`shimcha manbaiga aylanishi va sanoatning ham o`sish 
manbaiga aylanishini belgilaydi. Industrlashtirish uchun qishloq xo`jaligi 
hisobidan sarmoyalarning jamg`arilishida 1949-1952 yillardagi Janubiy Korea 
Respublikasida o`tkazilgan islohotlar, 1949-1953 yillarda Tayvanda o`tkazilgan 
agrar islohotlar bilan rag`batlantirilgan edi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish