“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


Bozor munosabatlariga qaratilgan islohotlar



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

9.2. Bozor munosabatlariga qaratilgan islohotlar 
 
XXR keyingi 20 yil ichidagi iqtisodiy o`sishlari – bu sohadagi islohotlar 
natijasidir. Islohotlarning asosiy yo`nalishi va mazmuni bozor munosabatlariga 
o`tish, uning mexanizmi va vositalaridan foydalanishdir. Islohot tizimli o`zgarish 
bo`lib, uning eng tavsifli tomoni asta-sekinlik, qadam-baqadamlikdir. Bunda hech 
“xushdan ketadigan terapiya” usuliga yo`l qo`yilmaslikka harakat qilinadi. 
O`zgarishlardagi barcha tomonlarga, aytaylik, iqtisodiyotning institusional 
tuzilmalarini o`zgartirish, baho mexanizmi, tashqi iqtisodiy tartiblashtirish kabilar 
evolyutsiya yo`li bilan muxlatni cho`zish, oraliq xosil qilib borish orqali bajariladi.
Rivojlangan bozor iqtisodiga xos xo`jalik tashkiliy shakllari namuna sifatida 
qo`llanilib, birdaniga emas, balki sekinlik bilan tadbiq etiladi va avvalo sinovdan 
o`tkaziladi, tajriba qilib ko`riladi. So`ngra xo`jaliklarda tadbiq qilib ko`riladi. 
Avvalo aloxida hududda, tarmoqda sinovdan o`tadi. Shu bilan birga turli o`tish 
shakllari qo`llaniladi. Basharti muvaffaqiyatli bo`lmasa orqaga qaytiladi. Agar 
qaysi bir xo`jalik yangilik mokroiqtisodiyotga ta’sir etsa yoki ijtimoiy vaziyatni 
buzsa, albatta eski usulga o`tiladi. 
Bunday sekinlik va ehtiyotkorlik bozor usullarini qo`llash doimo 
yumshoqlik bilan olib boriladi degan tushunchani bermaydi. Aksincha vaqti 
kelganda Xitoy rahbariyati islohotni amalga oshirishda qattiq qo`llik qilib, 
vaziyatni kuchaytirib ham turadi. Ayniqsa Xitoyda “tartiblashtirish” amaliyoti 
inflyatsiyaga qarshi stabillashtirish siyosati bu sohada misol bo`lishi mumkin. Bu 
vaqtda byudjet va pul siyosati qattiq qo`llanilib, iste’mol va investitsiya talablarini 
chegaralab, tashqi iqtisodiy sohada cheklanish siyosatlarini qo`llashga olib keladi. 
Siyosat sohasida hech qanday cheklanishlarga yo`l qo`yilmaydi. Aksincha kuchli 
davlat tizimi uchun harakat qilinib, bu iqtisodiy islohotlarning kafilligi deb 
bilinadi. Ana’aviy sobiq sosiolistik mamlakatlarga xos siyosiy va g`oyaviy nazorat 
hozirgi XXR rahbariyatiga qo`l kelib, iqtisodiy islohotlarda ko`pchilikka ma’qul 
kelmaydigan nazorat usullari ishlatiladi, qaysiki demokratik siyosiy tizim 
sharoitida ommaviy norozilikka olib kelishi mumkin. 


152 
Bunda o`tkazilayotgan tadbirlarni g`oyaviy tayyorgarlik asosida olib 
borilishi ahamiyatlidir. G`oyaviy tayyorgarlik yangiliklarni ruhiy yangilik bilan 
o`tishini ta’minlaydi. Shunday qilib, bozor qadriyatlari davlat g`oyasiga singdirilib, 
aholining asosiy qismi uchun ma’qul 
va odatiy tusga kirib bormoqda.
Islohotlarni 
g`oyaviy 
ta’minlash takomillashib boradi. 
Aytaylik, asta-sekinlik sotsialistik 
mazmun emas, balki vatanparvarlik 
oldinga suriladi. Aholiga Xitoy 
iqtisodiyoti 
kuchliligi 
g`ururi, 
xalqaro iqtisodiyotdagi o`rni kabilar 
singdirilib 
boradi. 
Iqtisodiy 
rivojlanish davrida milliy birlik, 
ijtimoiy-siyosiy muntazamlik g`ururi 
singdiriladi.
Xitoy 
xalqining 
ko`pchilik 
asosiy qismi qishloqlarda joylashgani 
va qishloq xo`jaligi iqtisodiyotida 
asosiy 
o`rin 
egallashi 
albatta 
iqtisodiy islohotga ta’sir etib, uni 
oldinga suradi. Qishloqlardagi islohot 
asosan 
qishloq 
xo`jaligi 
jamoalashtirilishini o`zgartirishdan boshlanadi. Qishloqda ishlab chiqarish 
munosabatlarining o`zgarishi shunchalik tez amalga oshadiki, bu ijobiyligini 
bildiradi. Bunda oilaviy ijarasi asos qilinib, yer uchaskalari dehqon xovlilariga 
taqsimlanadi. Dehqonlar belgilangan miqdordagi xosilni qattiq baho asosida 
davlatga sotishi va qolganini o`z ihtiyorlari bo`yicha ishlatishi mumkin bo`ladi. 
Avvalo yer ijara muxlati 3-5 yil bo`lsa, so`ngra 15 yilga cho`ziladi. Agar 1980 – 
yilda oilaviy pudrat tizimi dehqon xo`jaliklarining 20 foizini tashkil etgan bo`lsa, 
1983 – yili 94,2 va 1984 – yili esa 96,5 foizga yetadi.
Islohotning birinchi 6 yili ichidayoq yig`ilgan xosil 304,8 dan 407,3 mln. 
tonnaga yetdi. 80 – yillar o`rtasiga kelib, qishloq xo`jalik mahsulotlari bozorida 
mutanosiblik yuzaga kelib, oziq-ovqat yetishmovchiligi o`z dolzarbligini 
yo`qotadi. Agar 80 – yillar boshida Xitoy xalqining 1/4 qismi ochlikka duch kelib, 
qashshoqlik chegarasidan yashagan bo`lsa, 80 – yillarning 2-yarmida aholining 
oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan minimal ta’minlash qishloqda 95 foiz va 
shaharda to`la amalga oshirilgan edi.
Agrar islohotlarning muvaffaqiyatli borishi industrlashtirishning yangi 
mexanizmini harakatga keltiradi. Bu bevosita qishloq joylarda viloyat 
korxonalarining tashkil etilishi edi. Katta bo`lmagan sanoat korxonalari va xizmat 
ko`rsatish korxonalari islohotdan oldin ham bor edi hamda bular davlat tomonidan 
o`tkaziladigan ba’zi joylarda o`zini ta’minlash siyosatining tarkibiy qismiga kirar 
edi. Lekin islohot yillari bu korxonalarning vazifalari tubdan o`zgaradi. Avvalo bu 
Хitоy 
mаmlаkаtimizning 
ishоnchli 
hаmkоrlаridаndir. Маmlаkаtlаrimiz o`rtаsidаgi 
o`zаrо tоvаr аyirbоshlаsh hаjmi 2006 yildа qаriyb 
698 milliоn АQSh dоllаrini, 2007 yilning yanvаr-
mаy оylаridа esа 2006 yilning shu dаvridаgigа 
nisbаtаn 92 fоiz оshib, 300,76 milliоn АQSh 
dоllаrini tаshkil etgаn. 
O`zbеkistоndаn Хitоygа enеrgiya rеsurslаri, 
nеft vа nеft kimyosi mаhsulоtlаri, pахtа tоlаsi
ipаk, o`g`it, mеvа-sаbzаvоt kаbi mаhsulоtlаr 
ekspоrt qilinаdi. Хitоydаn esа mаmlаkаtimizgа 
mехаnik vа elеktrоn uskunаlаr, оptik аppаrаtlаr, 
dоri-dаrmоn, 
to`qimаchilik, 
оziq-оvqаt 
mаhsulоtlаri, plаstmаssа vа plаstmаssа buyumlаr, 
rаngli vа qоrа mеtаllаr, yog`оch vа yog`оchdаn 
tаyyorlаngаn mаhsulоtlаr impоrt qilinаdi


153 
ishsizlarga taalluqli bo`lib, Xitoy qishloq joylaridagi ortiqcha ish kuchi muammosi 
bilan bog`liq edi. Islohot vaqtida esa bu muammo ancha zo`raydi. Chunki tovar-
pul munosabatlarining intensiv o`sishi va jadallik bilan tabaqalashishning 
kuchayishi qishloq joylardagi ishsizlikni avjiga chiqarib yubordi. 80 – yillar 
o`rtasiga kelib bularning soni 250 mln.ga yetdi.
Viloyat va qishloq korxonalari soni 1984 – yildagi 6 mln.dan 1990 – yilga 
kelib 24 mln.gacha ko`paydi. Bandlikni olsak, 52 mln. kishidan 130 mln.ga yetdi. 
15 yil ichida bu korxonalar qishloqdagi mehnat resurslarining yarmini o`ziga jalb 
etdi. Hozir kunda Xitoy YAIMning 1/3 qismi shu korxonalarga to`g`ri keladi, 
milliy sanoatda esa bularning hissasi 50 foitzga yetadi. Shu bilan birga bu vaqt 
ichida yangidan 50 mingga yaqin kichik shaharlar paydo bo`ldi. Bu korxonalarda 
keng xajmdagi iste’mol va investitsiya ahamiyatidagi tovarlar ishlab chiqarila 
boshlandi. Aytaylik, trikotajning 1/2 qismi, charm-poyabzalning 4/3 qismi, g`isht 
va cherepisaning 95 foizi kabilardan iborat. 
Agar 1950-1972 yillarda yillik milliy daromadning o`sishi 6 foiz bo`lib, 
qishloq iqtisodi hissasi 37,3 foizni tashkil etgan bo`lsa, 1978-1988 yillarda 63,6 
foizga yetgan va milliy daromad o`sishi 9,2 foiz bo`lgan. 1992-1994 yillarga kelib, 
YAIM o`sishining asosiy qismi qishloqdagi qo`shilgan qiymat hisobiga bo`lib, 
uning hissasi 1994 – yilda 75 foizga teng bo`lgan.
Iqtisodiy islohot davri mulkchilik turli shakllarga ega bo`ladi. Avvalo davlat 
mluki markaziy yoki mahalliy darajada bo`lib, shu bilan birga jamoa mulki, 
individual hamda xususiy 8 kishidan ko`p bo`lmagan yollanma ishchilar bilan 
birga va aksionerlar, chet investitsiyali mulklar mavjud bo`lgan. Lekin bular 
yagona shaklda bo`lmay, bir-biriga o`tadigan, o`zgarib turadigan, aralash shakllari 
ham bo`lgan. Umuman olganda davlat va boshqa xil ukladlar deyilsa to`g`ri keladi. 
Lekin keyingi 10 yil ichida iqtisodiy o`sish asosan nodavlat tashkilotlari hisobiga 
yuz bergan.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish