155
Albatta xususiy sektorni paydo bo`lishini, bozor iqtisodiyotining
shakllanishi
mavjud tizimni yo`q qilish va uning o`rniga va hisobiga yuzaga kelgani yo`q.
Sobiq sotsialistik iqtisodiy mamlakatlardagi iqtisodiy o`zgarishga hech o`xshatib
bo`lmaydi.
To`g`ri, mavjud siyosiy tizimni saqlagan xolda asta-sekin islohot usullari
Yugoslaviya, Vengriya kabi mamlakatlarda tajriba qilib ko`rilgan.Iqtisodiy
islohotga sobiq SSSrda ham harakat qilib ko`rilgan. Lekin 90 – yillar oxiriga kelib
sobiq partiya-davlat tizimlari falokatga uchrab, iqtisodiy jarayonlarni nazorat etish
imkonini to`la qo`ldan berib, rejalashtirish tizimlari yemiriladi. Bular esa bozor
institutlari bilan almasha olmagan. Chunki bular tayyor emas edi. Jarayon juda
keskinlik bilan davom etib, yemirilish birdaniga ro`y beradiyu, o`rniga
yangisi
tayyor emas edi. Shuning uchun ham bularda asta-sekinlik, ketma-ketlik uchun
sharoit va buning uchun siyosiy-iqtisodiy muhit yo`q edi.
Eng muhimi shuki, Xitoy iqtisodiyoti umuman boshqacha xususiyatlarga,
boshqa sifatli tomonlarga ega bo`lib, bu qolgan o`tkinchi mamlakatlarga
o`xshamaydi. Sobiy SSSR asosidagi yangi mamlakatlar –
SMD va Sharqiy
Yevropa mamlakatlari yuqori darajali industrial mamlakatlar bo`lsa, Xitoy uchun
hozirgacha ham industriallashtirish jarayoni kelajak vazifasi bo`lib, uning
boshlang`ich pog`onasidadir va 80 foiz aholi qishloqda istiqomat qilib keladi.
Xitoyda iqtisodiy rivojlanishni faollashtirish uchun butunlay boshqacha rezervlar
bo`lib, erkinlikka chiqarish yo`li bilan dehqonchilik xo`jalik g`ayratini ishga solib,
qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini rag`batlantirish orqali erishilish sharoitlari
mavjud edi.
Yoki bo`lmasa tarixda bo`lganidek, qishloq aholisini ommaviy ravishda
ko`chirib, industriyani shakllanishida foydalanish mumkin.
Lekin arzon va
ortiqcha ish kuchining mavjudligi bundan ham boshqacha va oson yo`lni belgilab
beradi. arzon va juda ko`p ish kuchi sanoat ishlab chiqarishni yuzaga keltirish
imkonini beradi. Bu boshidanoq eksportga atalgan va jahon bozoida narx-navo
raqobatbardoshligiga ega sanoatni yaratish imkoniga ega bo`lgan. Bu omillar
Xitoycha o`zgarish tizimini belgilab beradi. Yuqorida esga olgan mamlakatlarga
nisbatan xususiy sektorni davlat sektori asosida, xususiylashtirish yo`li bilan emas,
balki u bilan bir qatorda nodavlat ukladni birlamchi industrlashtirish davrida
yuzaga keltirish mumkin.
Bundagi iqtisodiy o`sish intensiv yo`l asosida bo`lmay, ekstensiv yo`l bilan
am
alga oshadi, yangi xo`jaliklar tuzish, qo`shimcha ish kuchi jalb etish hisobiga
bo`ladi. Chunki bunday resurslar Xitoyda juda katta. Aytganimizdek, millonlab
dehqonchilikda ish kuchini ishlatish imkoniga ega bo`lmaganlar mavjud. Shu bilan
birga mahalliy xomashyo, ishlab chiqarish materiallari ham nisbatan yetarli
darajadadir.
156
Xususiy
sektorning ommaviy ravishda
yuzaga kelishi oddiy xo`jaliklar tuzish
hisobiga yuz beradi. Oddiy mehnat qurollari,
past texnik darajali mehnat vositalari asosida
tashkil topadi. Bu esa o`z navbatida katta
kapital xarajatlarni talab etmaydi.
Xitoy
sharoitida bularni xususiy jamg`armalar
hisobiga yaratish mumkin bo`ladi. Xitoy
iqtisodiyoti va sanoatining to`xtovsiz o`sib
borishida mayda, texnik jixatdan primitiv
ishlab chiqarishning juda tez o`sishi muhim
omil hisoblanadi. Xalq tashabbusiga keng
yo`l ochilishi sababli shahar va qishloqlarda
millionlab mayda korxonalar paydo bo`ladi.
1981-1997 yillar ichida sanoat mahsuloti
xajmi 9 barobar ko`payadi.
Bu asosan
shunday
tarzda
shakllangan
korxonalar
hisobiga
yuz
beradi.
Bunda
ayniqsa
qishloqlardagi viloyat korxonalarining o`rni
katta, boshqacha qilib aytganda o`sish qishloq
sanoati hisobiga to`g`ri keladi.
Bunday sanoatda ma’lumki, yuqori
sifatli mahsulot ishlab chiqarish qiyin. Lekin
eng foydali tomoni arzonga tushadi va
tovarlar past baholi bo`lgani tufayli yuqori
raqobatbardoshli
bo`ladi.
Past
texnika
negizida sanoatning juda tez o`sishligi,
zamonaviy texnologiyalar yo`qligi, xodimlar
malakasining
yetishmasligi yirik xajmda
sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarishga olib
keladi. Bunda albatta iste’molga noloyiqlik
darajasi ham yuqori bo`ladi. 1985 – yil tayyor
mahsulotlar omboridan tanlab sifatni aniqlash
o`tkazishning
natijasida
muayyan
standartlarga 56,4 foiz tovarlar loyiq deb
topilgan. Buni o`sha vaqtdagi Xitoy bozorining tovarlarga ochligi, taqchillikning
yuqoriligi bilan ham tushuntirish mumkin. Ammo
asta-sekin bu holat tuzala
boshlaydi. Chunki 1996 – yildagi shunday tekshirishda 79 foiz tovarlar standartga
loyiq topilgan. Shu bilan birga 20 foiz tovar nostandart bo`lib, o`z xaridorlarini
topolmay, sotilmay qolgan edi. Sifatsiz tovarlar chiqarish va ularga talabning sust
bo`lishi 1997 – yilda 71 mlrd. dollarli tovarlarning sotilmay qolishiga olib kelgan.
Bunday tovarlarni asosan jamoa va xususiy xo`jaliklar yetishtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: