“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


O`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy tomonlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet96/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

10.2.O`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy tomonlari 
 
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari o`tish iqtisodiyoti mamlakatlari 
qatoriga kiradi. Chunki bular ham 80 – yillardan boshlab ma’muriy-komanda 
iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan davlatlardir. Bular 


166 
o`tish muammolarini tizimli islohot yo`li bilan xal qilmoqdalar. Lekin tizimli 
islohotning turli modellarini qo`llab, bu ichki va tashqi iqtisodiy sohalarda mos 
kelmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish zaruriyat bo`lib, bu har tomonlama bozor 
munosabatlarining ustunligi bilan taqozo etilib, sotsialistik iqtisodiyot tarixiy davr 
bo`lib qolayotgan edi. Chunki mehnat unumdorligi, aholi turmush sifati va 
umuman ijtimoiy-iqtisodiy tizim samaradorligi bo`yicha sotsialistik iqtisod 
noloyiqligini amalda ko`rsatgan edi. 
Bunday o`tish muammolari tarixan birinchi marta yuz berib, hech qanday 
tajriba va ichki, tashqi ziddiyatlar tufayli ko`p xatolarga yo`l qo`yilayotgan edi. 
Bundan tashqari mamlakat boshlang`ich holati turli va sharoitlar bir xil emasligi 
ham o`z ta’sirini ko`rsatgan edi.
Tizimli islohot deyilishining sababi bir xil ijtimoiy tizimdan umuman boshqa 
bir-biriga qarama-qarshi tizimga o`tishdan iborat bo`lib, bu o`z ahamiyatiga ko`ra 
inqilobiy o`zgarish edi va qisqa muddat, ya’ni bir necha yillar ichida tizimiy 
o`zgarishlar yuz beradi. Bozor iqtisodiga o`tish va uni vujudga keltirish turlicha 
bo`lishi mumkin. Bu siyosiy tartibga juda kuchli ravishda bog`liqdir. Shu bilan 
birga siyosiy kuchlar turliligi ham ahamiyatlidir. Tizimli islohot modelini 
belgilashda siyosiy tartibni o`zgartirish yoki uni saqlagan xolda islohotni amalga 
oshirish talab etiladi. Xitoy va Vetnamda siyosiy tartib saqlangan xolda asta-sekin 
bozor munosabatlariga o`tish amalga oshirilmoqda. Boshqa sotsialistik iqtisodli 
mamlakatlarda bu jarayon siyosiy tuzumning o`zgarishi bilan boshlanadi. 
Shunday qilib, tizimli islohotning ikki xil modeli mavjud bo`lishi mumkin. 
Biri radikal, ikkinchisi ketma-ket islohotdir. Radikal usulda keskinlik, keng va tez 
ravishda o`zgarishlarni amalga oshirib, “xushdan ketish terapiyasi” nomini olgan 
mazmunda ish ko`rish asos hisoblanadi. Bu yo`l bilan bozor iqtisodiga o`tish va 
uni qurish juda tez amalga oshuvi kerak.
Asta-sekin asosdagi tizimli islohotda nisbatan uzoq cho`ziladigan va keskin 
bo`lmagan o`zgarishlar tufayli amalga oshiriladigan yo`lni tanlashdan iboratdir. 
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida mavjud rejali taqsimot xo`jaligi mexanizmini 
birdaniga yo`q qilishdan boshlandi. Xali bozor institutlarining yuzaga keltirishdagi 
faol harakat boshlanmasdan yo`q qilish albatta katta yzqotish va qiyinchiliklarni 
yuzaga kelishiga olib keladi. Bu bir sektorli iqtisod bo`lib, bozor munosabatlaridan 
iborat edi. Chunki eski rejalashtirish, markaziy-ma’muriy asosdagi taqsimot 
deyarli o`z faoliyatini to`xtatgan edi. Asta-sekinlikda esa ikik sektorli iqtisodiyat, 
ya’ni eskisi ham, yangisi ham to nozarur bo`lguncha ishlashi kerak edi. Yangisi 
bozor mexanizmlari voyaga yetmaguncha, eskisida esa ma’muriy taqsimotdan 
foydalanib turishi kerak edi. Rejali mexanizm o`z o`rnini bozorcha taqsimotga 
asta-sekinlik bilan kiritish yo`lini tutsa dualizm mavjud bo`lib, radikallik tarzida 
bozor qurilishi amalga oshuvi mumkin. 
Agarda siyosiy hokimiyat birdan o`zgarib, eski tizim yo`q qilinadigan 
bo`lsa, eski iqtisodiy mexanizmlar harkatdan to`xtaydi. Yangisi esa uning o`rnini 
egallashga ulgurmaydi. Chunki bozor mexanizmlari shakllanib ulgurmay to`la 


167 
harakatda bo`la olmaydi. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida xali sobiq 
SSSRga o`xshagan shunday vaziyat yuz beradi.
Dualizm iqtisodini qo`llash albatta amaliy jixatdan oson emas. Chunki bular 
avvalo boshqa-boshqa tizim va eskisi ruhan zaif, chunki yo`q bo`lishga maxkum, 
yangisi esa tajribasiz va zaif. Eng muhimi bu sohada tajriba bo`lmay, aniq shakl, 
kelishuv usullarini belgilash va ularni qo`llash oson emas. 
Lekin baribir bu jarayon Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida 
sobiq SSSR respublikalari asosida yuzaga kelgan mamlakatlarga nisbatan 
boshqacharoq va yengilroq ko`chadi. Buning sababi ham bu mamlakatlarda 
xususiylik mavjudligi va uning yo`q bo`lib ketmaganligi hamda rejali-ma’muriy 
usuldagi xo`jalik tizimining nisbatan qisqa davr ichida mavjud bo`lishidir. 
Aytaylik, 
qishloq 
xo`jaligida 
jamoatlashtirishning 
to`la 
bo`lmaganligi, 
hunarmandchilik, kosibchilik qisman xususiy tarzda mavjudligi, rejalashtirishning 
ham juda to`la xajmli emasligi, xususiy savdoning mavjudligi kabilar. Bundan 
tashqari G`arbiy Yevropaning yonida bo`lib, uning ta’siri mavjudligi ham bozor 
ustunligini ko`rsatishiga olib kelgan. Mamlakatlarning kichikligi ham bu sohada 
ma’lum darajada o`z o`rniga ega bo`lib, o`zaro kelishmovchilikning yo`qligi 
(Yugoslaviyadan tashqari), G`arb bilan kam xajmda bo`lsa ham iqtisodiy aloqalar 
olib borilganligini ham e’tiborga olish mumkin. 
Bozor iqtisodiyotini shakllantirish bilan bog`langan islohotlarni asosan to`rt 
guruhga bo`lish mumkin: 
1.Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash – soliq va kredit siyosatlari to`g`ri 
yo`lga qo`yish. 
2.Iqtisodiyotni erkinlashtirish – ichki baholarni isloh etish, tashqi savdoni 
erkinlashtirish, resurslar taqsimoti, ish haqi, mehnat bozori, moliyalarni 
erkinlashtirish, bank tizimini isloh etish va h.k. 
3.Tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish – privatizatsiya, nodavlat 
mulklarini rivojlantirish, monopoliyaga barham berish va tuzumiy-shakliy 
o`zgarishlarni amalga oshirish. 
4.Davlat rolini o`zgartirish – qonunlar, institutlar, davlat moliyasi va 
soliqlashtirishlarni isloh etish. 
Qisqa muddatli davr ichida bu vazifalar ziddiyatni yuzaga keltirishi mumkin. 
Aytaylik, 
inflyatsiyaning 
o`zi 
investitsiyani 
susaytiradi, 
chunki 

rag`batlantirmaydi. Bu esa tuzumiy o`zgarishlar sharoitini yomonlashtiradi. 
Inflyatsiyaga qarshi siyosat ham iqtisodiyotga katta salbiy ta’sir etishi mumkin. 
Chunki qat’iy, cheklantiruvchi siyosat, aynan muomaladagi pul miqdorini 
kamaytirish, kredit foizlarini ko`tarish kabilar iqtisodiyotni jonlantirmaydi, balki 
harakatini susaytiradi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida bozorni shakllantirish bilan 
bog`liq jarayonlar birinchi navbatda erkinlashtirish bilan bog`langan edi. 
Iqtisodiyotda davlat monopoliyasiga barham berish 80 – yillardayoq boshlanib, 90 
– yillarda Yakunlangan edi. Vengriya, Polsha, sobiq Yugoslaviyada 90 – yillar 
boshidayoq tovarlar, xizmatlarning ko`pchiligiga baholar chegaralanishi bekor 
qilingan edi. Barcha bu mamlakatlarda yangi xususiy tadbirkorlik korxonalari 


168 
uchun to`la yo`l ochilib, chegaralar olib tashlanadi. Direktiv rejalashtirish yo`q 
qilinib, iqtisodiy vakillarning chet mamlakatlar bozorlariga chiqishlari uchun 
ruxsat beriladi. Bu tashqi savdoni rivojlantirish uchun chet sheriklar bilan xo`jalik 
aloqalari o`rnatish imkonini beradi.
Fond birjasi, tijorat banklari, nomonopolistik tartiblashtirish, bankrotlik 
qonunlari kabi bozorga xos yangi institutlar paydo bo`la boshlaydi. 
Erkinlashtirishning kengayib borishi bilan YAIMda davlat hissasi pasayib boradi. 
Lekin bunda ehtiyotkorlik sababli o`sish to`xtaydi. Chunki davlat ijtimoiy 
vazifalarni saqlash maqsadida daromadni taqsimlashda o`z ishtirokini saqlashga 
harakat qiladi.
Bozor munosabatlariga o`tish va baholar nazoratini yo`q qilib, uning erkin 
harakatiga yo`l ochish inflyatsiyaning kuchayishiga olib kelib, xatto Polsha, 
Bolgariya va Xorvatiyada giperinflyatsiyagacha yetib boradi. Lekin Markaziy-
Sharqiy Yevropa mamlakatlarini juda tez va bir-ikki yil ichida bundan qutilib 
nisbatan toqat qilsa bo`ladigan darajaga tushurishga ulguriladi. Lekin Bolgariya va 
Ruminiyada kuchli inflyatsiya ancha uzoq cho`ziladi. 
Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bunday sharoitda eng muhim vazifa edi. 
Bunga qaratilgan choralar byudjetni qat’iy chegaralash, xatto ma’lum vaqtgacha 
aholi daromadini qotirib qo`yish va bunda valyuta kursidan faol foydalanish yo`li 
bilan narx-navoga ta’sir o`tkazish kabilar qo`llaniladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni 
erkinlashtirish esa jahon narxi darajasiga chiqish, ichki bozorda raqobat darajasini 
ta’minlash va mahalliy monopol korxonalarning narx-navoga bo`lgan ishtahasini 
so`ndirishga yordam qilish kerak edi. 
Inflyatsiyaga qarshi dasturlarni qo`llab uni nazorat qilinadigan darajada 
saqlab turish mumkin edi. Lekin amalda uni 20-40 foizga yetkazgan xolda undan 
pastga tushurishga erisha olmadilar. Rejali – markaziy tizimdan qolgan tuzumiy 
nomutanosiblik mavjudligi va haqiqiy raqobat muhiti yaratilmaganligi bunga 
asosiy sabab bo`lgan. 
Moliyaviy 
barqarorlik 
Markaziy 
Yevropa 
mamlakatlarida 
ancha 
muvaffaqiyatli bo`lgan. Chunki pul-kredit sohasida oqilona chegaralovning 
qo`llanilishi samarali bozor infratuzilmalarining yaratilishi va ishlab chiqarishni, 
ayniqsa mayda biznesni yuzaga keltirish bilan bog`liqligi qo`l kelgan. Markaziy-
Sharqiy Yevropa mamlakatlarining kredit-pul siyosati hukumat va tijorat 
banklariga kredit berish, muomaladagi pul miqdorini qisqartirish, pul aylanishini 
tezlashtirish kabilarga qaratilib, inflyatsiyaning oldini olish imkoni tug`iladi.
 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish