174
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillaridayoq Markaziy va Sharqiy Yevropa
mamlakatlarida davlat maxsus tashqi aloqalar firmalari bilan birga mulk
shakllaridan mustasno barcha korxonalarga tashqi savdo bilan shug`ullanish
imkoni berilgan edi. Bu tashqi iqtisodiy aloqalar bilan shug`ullanuvchi
tashkilotlarning ko`payishiga olib keladi. Ochiq iqtisodiy aloqalar o`rnatishda
davlatlar tomonidan valyuta monopoliyasining bekor qilinishi qo`l kelgan.
Natijada importyorlar chet valyutalarini ma’lum banklardan sotib olish imkoniga
ega bo`ladi. Shu bilan birga eksportyorlar ham o`z valyutalarini shu banklarga
sotishi zarur edi. Dastavval yuridik shaxslarga xususiy valyuta vositalariga egalik
qilish huquqi berilmagan edi. Polsha va Vengriyada
valyuta holati ancha yaxshi
bo`lishiga qaramasdan bunday xolda bekor etilmagan. Chexiya va Slovakiyada
valyuta pozitsiyalarini yaxshilagan xolda o`z korxonalariga milliy tijoriy banklarda
o`z hisobini ochishga ruhsat berilgan.
Shularga qaramay Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida kapital
eksporti bo`yicha ancha to`siqlar mavjud edi. Ayniqsa, chet mamlakatlarda
ko`chmas mulk sotib olish va to`g`ridan-to`g`ri portfel investitsiyasi bo`yicha
qilinadigan to`lovlar qattiq nazorat ostida edi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarda investitsiyaning o`rni o`sib bormoqda. Bu
mamlakatlarga chetdan keladigan investitsiyaning umumiy miqdori 1989-1997
yillarda 40 mlrd. dollarni tashkil etgan. Chet investitsiyasi uchun eng qulaylari
Vengriya, Chexiya va Polsha hisoblanadi. Buning sababi taraqqiyot darajasi, bozor
islohotlarining tezlik
bilan amalga oshirilishi, keng xajmdagi xususiylashtirish,
turli imtiyozlar mavjudligidan iboratdir.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun chet investorlarga mulkni
sotish uchun byudjetga tushumlardan tashqari korxonalarni texnik qayta qurish,
yangi ishlab chiqarish va texnologiyani qo`llash, tajribali menejerlarni jalb etish
imkoniyatlari
tug`iladi.
Chet
investitsiyalari
asosan
avtomobilsozlik,
elektrotexnika, kimyo, qog`oz ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoatlari qaratilgan.
Korxonalarni
qayta tiklash, mahsulotlar raqobatbarboshligini ko`tarish chet
bozorlarga kirish, eksportni kengaytirish imkonini oshiradi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi chet investitsiyasini
kengaytirishga ishonch quyidagilarga asoslangandir: mutaxassislik va arzon ish
kuchi mavjudligi; qulay geografik joylashuv; o`rta tabaqa shakllanuvi sababli ichki
talabning o`sib borishi. Ya’ni ichki bozorning kengayish imkonlari va erkin
qonunchilik
mavjudligidan
iborat.
Amalda
bunga
qarshi
omillardan
qonunchilikning kamchiliklari, siyosiy va iqtisodiy vaziyatdagi ba’zi noqulayliklar,
kasaba tashkilotlari faolligi kabilar ta’siri ostida 90 – yillarda chet investisyaisi
ko`zlagan darajada bo`lmagan.
Bozorga o`tishning boshlang`ich yillarida asosan qishloq xo`jalik
mahsulotlari eksport etilgan bo`lsa, kein importer milliy qishloq xo`jalik
ishlab
chiqarish o`sib borishi bilan bu qisqaradi, chunki o`zini-o`zi ta’minlash darajasi
o`sadi. Bunday holat sanoat mahsulotlari eksportining kuchayishini taqozo etadi.
Shunga ko`ra mashinasozlik mahsulotlari eksportini kuchaytirishga harakat
qilinadi. Buning uchun ishlab chiqarishni texnik va texnologik darajasini ko`tarish,
175
ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun katta harakatlar qilinadi. Bu
mamlakatlarda mashinasozlik umumiy eksportda 30-60%gacha boradi, shuni
ichida rivojlangan mamlakatlar hissasi 6-7%ni tashkil etadi.
Importda tashqi savdo aylanishida mashina va jixozlarga katta o`rin ajratilib,
importning 30-70 foizini tashkil etgan. Shu bilan birga
importdagi eng muhimlar
neft, toshko`mir, temir ruda, cho`yan, rangli metallar hisoblanadi. Markaziy va
Sharqiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyotida yeIga qo`shilish muhim
o`rin egallaydi. Birinchi navbatda Vengriya, Polsha, Sloveniya va Chexiya
qo`shilsa so`ngra Bolgariya, Ruminiya va Slovakiyalar qo`shildi. Buning uchun
katta tayyorgarlik ko`rilib, qo`shilish shartlarini bajarish talab etildi. Bu vazifalar
ichida eng muhimlari G`arbiy Yevropa standarti darajasida bo`lish, xalqaro mehnat
taqsimotida arzigulik o`rinni egallashdir. Xalqaro maxsuslashuviga xos yangi
tarmoqlarning shakllanishi va to`la demokratiya o`rnatilishi kabilardan iborat
bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: