158
chakana savdoda chet investitsiyasi faqat iqtisodiy ancha rivoj topgan dengiz bo`yi
shaharlaridan birnechasigina ruhsat berildi.
Amalda qabul qiluvchi mamlakat eksportning o`sishi, bandlik, texnologiyani
qabul qilish kabi maqsadlarga qaratilgan investitsiyalar turli xil chet investorlari
bilan hamkorlik qilish tarzida amalga oshiriladi. Investorlar arzon ishchi kuchidan
foydalanish tufayli xarajatlar tejamligidan manfaatdor bo`lganda loyihalar
eksportini ma’qul topadilar. Shuning uchun ham sanoatning past texnologik ko`p
mehnat talab tarmoqlari eng ko`p valyuta daromadlari keltiradi. Bunda chett
investorlarining ichki bozorlarni egallashi ko`zda tutiladi.
Soliq tizimi ham bir chanqa imtiyozlarni o`z ichiga oladi.
Barcha chet
investorlari ishtirokidagi sanoat korxonalari faoliyati 10 yildan ortiq bo`lsa, foydali
faoliyatning birinchi 2 yili ichida yarmiga qisqartiriladi. Korxona eksporterlar soliq
imtiyozi muxlati tugugandan keyin mahsulot xajmining 70 foizgachasi eksport
qilish sharti bilan soliqning yarmini to`laydi. Chet investorlar ishtirokidagi
korxonalar yuqori texnologik statusga egalari soliq imtiyozi tamom bo`lgandan
ikeyin yana 3 yil ichida yarmini to`lash huquqini saqlab qoladi.
Xitoy tajribasida chet investitsiyasining bir qancha xil shakli tadbiq etiladi.
Pay asosidagi aralash korxonalar va to`la chet mulkiga asoslangan korxonalardan
tashqari ham bir necha xillari qo`llaniladi. Aytaylik, Xitoy korxonalari bilan
subpodryad
kelishuvlar, kompensasiya savdosi, kontraktli birgalikdagi korxonalar
kabilar shular jumlasidandir. Bunday usullar ancha soda va qulay bo`lib,
texnologiyaga ega bo`lishga olib kelmasa ham yangi ish joylari va valyuta
daromadlariga ega bo`lish imkonini tug`diradi.
Investitsiya tizimida birgalikdagi tadbirkorlik zonalarini tashkil etilishi katta
o`rin egallaydi. Bundagi Xitoycha amaliyot turlichadir. Bu 80 – yillardan
boshlangan bo`lib, asosan dengiz bo`yi hududlaridan iboratdir. Xitoyning Sharqiy-
Janubiy qirg`og`idagi maxsus iqtisodiy zonalarda eksportga mzljallangan sanoat
bilan birga qishloq xo`jaligi, moliyaviy sektor, turizm
va boshqa sohalarning
rivojlanishi ham amalga oshadi.
Bunday zonalarga qo`shimcha ravishda Xaypan orolida ham shunday zona
paydo bo`ladi. Keyingi yillarda yana 14 ochiq shaharlar belgilanib, bular ham
Sharqiy qirg`oqlardir. Bularda mavjud industrial kompleksdagi iqtisodiy va texnik
rivojlanish texnologik modernizatsiyalashga asoslangan. Bunday ochiq zonalar
yana bir qancha Sharqiy hududlarda yuzaga keldi. Bular bir qancha qishloq hamda
tumanlar bo`lib, asosan ko`p mehnat talab qiluvchi eksportga mo`ljallangan sanoat
rivojlanadi.
90 – yillarda yuqori texnologiyali deb atalgan zonalar paydo bo`la boshladi.
Bular ilmiy-ishlab chiqarish saroylari bo`lib, bularga umuman yangi texnologiya
materiallar
yaratish, mayda seriyali eksperimental ishlab chiqarishlar uyushtirish
paydo bo`ladi. Hozirgi vaqtda XXRda 52 ta shunday zonalar tashkil etilgan. 1992
– yildan boshlab erkin savdo zonalari tashkil etilib, bular eksport-importga
maxsuslashgandir. Hozir bularning soni 13 taga yetdi. Bularning 12 tasi Sharqiy
qirg`oq dengiz portlariga joylashgan va bittasi Yanizi daryosi portida o`rnashgan.
159
1992 – yildan boshlab shunday zonalar chegara rayonlarda ham paydo bo`lib,
hozircha asosan Rossiyaga yaqin yerlarda joylashgan.
Bu zonalar rivoji asosan chet investitsiyalarga hisoblangan va shular evaziga
taraqqiy etib, Xitoy iqtisodiyotida borgan sari katta o`rin egallab bormoqda.
Hozirgi kunda Xitoy investitsiyasi bo`yicha birinchi o`ringa chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: