11 bob. Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yoʼllari



Download 77,5 Kb.
bet1/2
Sana02.07.2022
Hajmi77,5 Kb.
#729394
  1   2
Bog'liq
11 BOB


11 BOB. INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI PASAYTIRISH YOʼLLARI
11.1. Investitsiya risklari tushunchasi va uning investitsiya faoliyatidagi oʼziga xos xususiyatlari
Investitsiya faoliyati maʼlum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar maʼlum daromad, foyda olishni koʼzlaydi. Mazkur foyda esa investorlarning harajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Аmmo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri – risklarning mavjudligidir.
Investitsiya faoliyatda risk – bu investitsiyalarni qisman yoki toʼliq yoʼqotish, kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada koʼzlangan maqsadlarga erisha olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik koʼp miqdorda daromad kutilsa, u shunchalik yuqori riskli hisoblanadi.
“Risk” soʼzi Yevropaning koʼp tillarida mavjud. Misol uchun greklarda ridsikon soʼzi mavjud boʼlib, u qoya, choʼqqi maʼnosini bildiradi. Italiyaliklar tilida risiko soʼzi xatar, tahdid maʼnosini, risicare soʼzi qoyadan mohirona oʼtish maʼnosini bildiradi. Frantsuzlardagi risdoe soʼzi taxdid, qoyani aylanib oʼtmoq maʼnosini beradi. Vebster lugʼatida risk – xavf-xatar, zarar va yoʼqotish ehtimoli deb taʼriflangan. Ojegova lugʼatida risk - xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish maʼnosida kelishi koʼrsatilgan. Iqtisodchi Ye.S.Stoyanovaning “Moliyaviy menejment” kitobida “risk - bu zararning paydo boʼlishi yoki prognozlashtirilganidek daromad ololmaslik xavfi ehtimoli” deb taʼrif beradi.
Yuqoridagi taʼriflardan koʼrinadiki, riskni tushunishda umumiy qilib aytganda, ikki xil qarash mavjud. Birinchidan, risk - bu obʼektiv, yaʼni xavf-xatar, muvaffaqiyatsizlik va uning natijasida resurslarining bir qismidan yoki butunlay ajralish, rejalashtirilgan daromadni ololmaslik, zarar koʼrish deb qarash.
Ikkinchidan, risk - bu subʼektning xavf-xatar, muvaffaqiyatsizlik, zarar koʼrish ehtimolini bila turib, yaxshi natijaga erishish umidida faoliyatni amalga oshirish deb qarash. Demak, ikkinchi xil qarashda risk faoliyatdir, faoliyat boshlash yoki boshlamaslikning sharti. Riskka bunday taʼrif berish ham maʼqul emas. Chunki riskni subʼektning tanlov asosidagi faoliyati deb tushungan holatimizda riskni xar xil turlarga boʼlib oʼrganish va tasniflashga xojat qolmasdi. Riskni bunday tushunganda riskka taʼsir qiluvchi omillar toʼgʼrisida gapirish mumkin, lekin misol uchun “mamlakat riski” deb riskni alohida nomlay olmasdik. Risklarni boshqarishga ham xojat qolmasdi. Shundan koʼrinadiki, oʼzbek iqtisodchi-olimlari ham riskni xavf-xatar va tavakkalchilik tushunchalari bilan ifodalaydi. Fikrimizcha, xavf-xatar va tavakkalchilik tushunchalarini aniqlashtirib olish maqsadga muvofiqdir.
Risklarning paydo boʼlish sabablari turlichadir. Masalan, maʼlumotlarning tanqisligi yoki toʼliq boʼlmasligi, tashqi va ichki muhitdagi xarakatlar (raqobatchilar, ishchilar holati, xukumat va boshqalarning xarakatlari) va h.k.
Investitsiya risklarini turli belgilar boʼyicha tasniflash mumkin.
1. Tarkibi boʼyicha risklar quyidagilarga boʼlinadilar: iqtisodiy risk; bozor riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar.
2. Muddati boʼyicha risklar quyidagilarga boʼlinadilar: qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar.
3. Olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular taʼsirida kata zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular taʼsirida nolga teng boʼlgan zarar(foyda) koʼrish mumkin.
4. Loyiqaga taʼsir etish darajasi boʼyicha risklar quyidagilarga boʼlinadi:
mumkin boʼlgan risklar - ular taʼsirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar – daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari.
Shunday qilib risk oldindan koʼrib boʼlmaydigan moliyaviy zararlarni paydo boʼlish ehtimolini xarakterlaydi. Uning darajasini hisoblangan yoki oʼrtacha investitsion daromaddan kutilayot daromadni ogʼishini aniqlashda baholanadi. Shuning uchun, risklarni baholash doimo kutilayotgan daromad va uni zararlarini baholash bilan bogʼliq. Biroq riskni baholash - subʼektiv jarayondir.




Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish