Gоngkоng
Таshqi qаrz (yalpi ichki
mахsulоtgа nisbаtаn, %): 224,7%
Yalpi tаshqi qаrz miqdоri: 678,29
mlrd. $
Yalpi ichki mахsulоt (2009):
301,8 mlrd. $
Кishi bоshigа to`g`ri kеluvchi
tаshqi qаrz miqdоri: 96 142 $
141
birinchi o`nliklar qatoridan o`rin egallaydi. Valyuta zaxirasi bo`yicha dunyoda
Xitoy va Yaponiyadan keyingi uchinchi o`rinda turadi. Eksportning 90 foizi sanoat
mollariga to`g`ri keladi, YAIM tarkibini olsak, qishloq xo`jalik mahsulotlari faqat
3,5 foiz bo`lsa, sanoat mahsulotlari 40 foizni tashkil etadi.
Tayvan sanoati eksportga mo`ljallangan bo`lib, asosan to`qimachilik, kiyim-
kechak, elektronika, kimyo buyumlari ishlab chiqariladi. Iqtisodiyotda davlat
sektori ancha ta’sirli hisoblanib, sanoatni 1/6 qismini tashkil etadi, tovar
aylanishning esa 50 foizini tashkil etadi.
Tayvan bozor iqtisodiyoti rivojlanishda ochiqlik siyosati ijobiy o`rinni
egallab, jarayonni tezlashtirgan. Ayniqsa, bunda AQSHning roli kattadir. Bu
albatta AQSHning XXRga qarshi siyosati bilan bog`langan bo`lib, Tayvanning
kuchli bo`lishida manfaatdor bo`lgan. Shuning uchun Tayvan rivojlanishi uchun
AQSH har tomonlama qo`llab-quvvatlab, barcha chora-tadbirlarni ayamagan va tez
vaqt ichida XXRga qarshi rivojlangan mamlakatga aylanishga erishgan. Tayvan
o`z taraqqiyoti yillari avvalo iqtisodiy tuzumiy o`zgarishlarni amalga oshirib,
bunda murakkab texnologiyali tarmoqlarga asosiy ahamiyat qaratilgan. Bu esa
birinchi navbatda ish kuchining yuqori malakali bo`lishini talab etgan. Yangi
tarmoqlar ichida ilm sig`imli va katta kapital xarajatlari talab etadiganlari tezroq
rivojlangan.
Eksportga qaratilgan tarmoqlarga diqqat-e’tibor kuchliligi natijasida Tayvan
Osiyoda birinchi bo`lib kapitalni netto-eksportyori darajasiga erishgan. Ayniqsa
“inson kapitali” aloxida o`rin egallaydi. Bu esa Tayvanda ta’lim siyosatiga katta
ta’sir ko`rsatadi. Ta’lim, fan, madaniyat rivoji uchun davlat xarajatlarining 15-20
foizi sarflanadi. Bu esa YAIMning 3-5 foizini tashkil etadi. Aholini boshlang`ich
va o`rta ta’limga tortilishi bo`yicha Tayvan rivojlangan mamlakatlardan
qolishmaydi. Oliy ta’lim darajasi bo`yicha liderlar qatoridadir.
Import o`rnini bosish yo`nalishi iqtisodiy taraqqiyotda qolgan yangi
industrial mamlakatlari qatori sinov bosqichi bo`lgan. Buning sababi xususiy
sektorga yordam berish deb ataladi. Chunki tashqi firmalar raqobatiga qarshi tura
olish
zarurati
tug`ilar
edi.
Bundan
tashqari
to`lov
balanslaridagi
yetishmovchilikning oldini olish talab etilar edi. Chunki xomashyoga narxning
pasayishi, import qilinadigan tayyor buyumlarga narxning ko`tarilishi kabilar
doimo shunday holatlarga olib keladi.
Avvalo bunday vaziyat oziq-ovqat, poyabzal, to`qimachilik kabi tarmoqlarda
yuz bersa, so`ngra industriallashtirish kengayishi bilan ishlab chiqarishga atalgan
tovarlar bilan bog`liq bo`lib boradi.
Valyuta kursini o`zgartirib turish ham keng qo`llanilib boriladi, xatto
provardida bu milliy valyutaning devalvatsiya qilinishigacha olib keladi. Valyuta
kursining tez-tez o`zgarib turishi va ularning turli xilligi chayqovchilikning avj
olishi va chet iqtisodiy aloqalar ishtirokchilariga muammolar tug`diradi. Tayvanda
o`z vaqtida hatto turli tovarlar uchun turli xil valyuta kurslari bo`lib, pullarning
almashtirilishida turli kurslar bilan amalga oshirilgan. Aytaylik, davlat sektori
import qiladigan tovarlarni olish uchun sarf etiladigan valyuta maxsus joriy past
darajali valyuta kursi bo`yicha amalga oshirilar edi. Shuningdek jixozlar, muhim
142
xomashyo materiallari va o`rtalik buyumlari ham shu tarzda yuz bergan. Boshqa
tovarlar uchun esa ancha yuqori kurs bo`yicha amalga oshirilgan. Bunda importga
qo`shimcha soliq qo`yish qo`llanilgan. Ko`rinib turibdiki, import o`rnini bosish
siyosati valyuta nazorati asosida emas, balki yuqori samarali bo`lgan tashqi savdo
harakatlarini tartiblashtirish, birinchi navbatda importni litsenziyalash, kvotalash
va boj proteksionizmini qo`llash orqali amalga oshirilgan.
Bu siyosatda shuningdek, xomashyolar va pul resurslarini taqsimlash
tizimlari ham qo`llanilgan. Masalan, Tayvan to`qimachilik ishlab chiqarish
Kengashi to`qimachilik sanoatini zarur xomashyo va boshqa resurslar bilan
ta’minlash yo`li bilan qo`llab turilgan. Bu ayniqsa AQSH yordamidagi kanallardan
foydalanishga taalluqli edi.
Rivojlanish strategiyasini o`zgartirish eksport mo`ljalini kuchaytirish bilan
to`g`ri keladi. Bunda boshqa shunga o`xshash mamlakatlar kabi ko`p mehnat
sig`imli tarmoqlardan kapital xajmli va ilm sig`imli tarmoqlarga o`tish ham turtki
bo`lgan. Aniqrog`i neft mahsulotlari narxlari ko`tarilishi tufayli ishlov berish
sanoati tarmoqlarini rivojlantirish va bu bilan bog`liq bo`lgan jihozlarga talab
o`sishi ro`y beradi. Ilm sig`imli va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilishini
ko`paytirish ITIKI xarajatlarining o`sishi tufayli bu bilan bog`liq tashkilot,
muassasalarning rivojiga olib keladi.
Tayvanda agrar islohotlar ham o`z xususiyatiga ega. Bu asosan 1949-1953
yillardagi o`zgarishlardan iborat. Industriallashtirishning boshlang`ich yillarida
sanoatga qishloq xo`jaligidan resurslarning tashlanishi davlatning agrar
mahsulotlarni eksport qilish asosiy hisoblangan. “Yashirin guruch solig`i”,
fermerlarning pul jamg`armalarini kredit-moliya tizimi sanoatga qaratish orqali
amalga oshirilgan. Shu bilan birga yirik xususiy va davlat yer egaligidan ancha
mahsuldor bo`lgan mayda oilaviy yer egaligi tizimiga o`tila boshladi. Bunda yirik
yer egalariga to`lov miqdori 2,5 yillik xosil qiymatidan oshmagan. Shu bilan birga
to`lovning 70 foizi guruch bilan va 30 foizi davlat sanoat korxonalarining
aksiyalari bilan qoplangan.
Amalga oshirilgan agrar islohotlar ko`p masalalarni xal qilishga qaratilgan.
Bularning ichida davlat byudjetini to`ldirish, yer egaligining mahsuldor shaklini
tadbiq qilish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarilishini maydalash, qishloq xo`jaligini
diversifikatsiyalash, monoekinchilikning oldini olish, agrar ishsizlikning bir
muncha yumshatish kabilar mavjud.
Ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi eng og`ir muammolardan biri
dasturlarni resurslar bilan ta’minlashdan iboratdir. Albatta tuzumiy o`zgarishlar va
modernizatsiyani amalga oshirish davrida moliyalashtirish faqat ichki manbaalar
bilan chegaralanmagan. Chet kapitalni iqtisodiy taraqqiyotga jalb etish zarur shart
bo`lgan. Ichki jamg`armaning qanchalik katta bo`lishiga qaramay, ayniqsa 70-80
yillari yangi tarmoqlarga chet investitsiyasi jalb etilib, bu hozirgacha davom etadi.
Yangi investitsiya nomini olgan moliyalashtirish kengaya boradi. Bu aralash
tadbirkorlik, moliyalashtirishning turli xillarini qo`llash, texnologiyalarni o`tkazish
xizmatlari, boshqaruv va maslahat xizmatlari, qurilish va jixozlarni o`rnatish bilan
143
bog`liq texnik xizmatlarni tashkil etish kabilardan iborat. Chet banklar
kreditlaridan foydalaniladi.
80 – yillarnng ikkinchi yarmiga kelib Tayvan dunyodagi eng boy
mamlakatlardan biri hisoblana boshladi. Hozirgi vaqtda uning oltin-pul zahirasi
100 mlrd. dollardan ko`p hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotida davlatning o`rni va sektori davr talabiga qarab
o`zgarib turgan. Industriallashtirishning dastlabki yillari Tayvanda davlat sektori
sanoatda 57 foizni tashkil etib, 50 – yillardan boshlab xususiy sektorga berila
boshlaydi. Aytaylik, sement, ko`mir qazish, qog`oz ishlab chiqarish korxonalari,
o`rmon sanoati korxonalari qa qishloq xo`jalik korporatsiyalari shular
jumlasidandir.
Xususiy
tadbirkorlarda
kapital
yetishmovchiligi
va
xususiylashtiriladigan korxonalar daromadi pastligi sababli davlat bularga
xaridorlar topishda qiyinchiliklarga duch kelar edi. Davlat ihtiyorida temir yo`l,
kemasozlik, temi rva po`lat ishlab chiqarish, kommunal sohalar saqlanib qoladi.
Keyingi 20 yil ichida xususiy sektor juda tezlik bilan o`sib, davlat sektori 20 foizga
tushib qoldi. So`ngra yangi po`lat quyish zavodi, eng yirik dengiz porti qurilishi
bilan davlat mulki yana biroz o`sdi.
Tayvan orolidagi kichik biznesning rivojlanishi boshqa bunga o`xshash
mamlakatlar uchun namuna bo`lishi mumkin. Tayvanning mayda va o`rta
korxonalarga bo`lgan maxsus sharoitlariga hunar korxonalari va ishlov beruvchi
hamda mahsulotni qayta ishlash korxonalarini qo`shish mumkin. Bundagi o`z
xususiy kapitali 40 mln. va qo`shma aktiv 120 mln. tayvan dollaridan oshmasligi
va tog` qazilma sanoatida 40 mln. tayvan dollaridan kam o`z kapitaliga egalik,
shuningdek, eksport-import, transport hamda boshqa tijorat firmalarida yillik
aylanish 40 mln. tayvan dollari xajmida bo`lgan xususiy korxonalar mavjud.
Mayda biznes va bularni qo`llash uchun tuzilgan davlat organlari o`rtasidagi
barcha munosabatlar ihtiyoriy ravishda amalga oshadi.
Mayda biznes rivojini rag`batlantirishga qaratilgan Tayvan davlat faol
siyosati 60 – yillarning o`rasidan boshlanadi. Bu bundan keyingi yillarda eksportni
kuchaytirish bilan bog`liq xolda olib borilgan. 60-90 yillar ichida kichik va o`rta
korxonalar soni xatto 98 foizgacha o`sgan va YAIM xajmining 99 foizigacha
yetgan. Tayvan sanoat mahsulotlari eksportining 60 foizi kichik va o`rta
korxonalarga to`g`ri kelib, o`z tushumlarining 70 foizigachasining hisobida
bo`lgan.
Eksportga mo`ljallangan Tayvan mayda va o`rta korxonalarining yuqori
rentabelligining siri chaqqonlik bilan bozor siyosatini qo`llay bilishi, o`zgaruvchan
bozor kon’yunkturasiga tez moslasha olishi, xalqaro savdo kompaniyalari va chet
importchilar bilan birga ish tutishlari kabilardadir.
Mayda va o`rta korxonalarning tashkiliy tuzumi juda oddiy bo`lib, xodimlar
soni faqat boshliq va hisobchidan iborat bo`ladi. Maxsus organlar, murakkab
boshqaruv tuzilmalari bo`lmaydi. Menejerlikda qisqa muataxassislikka emas, balki
universalizmga asoslanadi. Mayda va o`rta korxonalardagi ijtimoiy himoyalash
katta biznesdan farqlanmaydi va ish beruvchi bilan yollanuvchilar o`rtasidagi
munosabatlar qonuniylik asosida olib boriladi.
144
Yuzaga keladigan kichik biznesdagi qiyinchiliklarni xal qilish bilan maxsus
tuzilgan mayda va o`rta biznes boshqarmasi shug`ullanadi. Bunda tez-tez
maslahatlar berish, maslahatchilarni taklif etish, seminarlar o`tkazish, tajribalar
almashish kabilar ham qo`llaniladi. Ayniqsa, yosh ish boshlovchi tadbirkorlarga
yordam qilishi diqqatga sazovordir. Bular uchun aloxida yoshlar komissiyasi
tuzilgan. Keng miqyosda bularga moliyaviy yordam uyushtirilgan. Bunga
qaratilgan maxsus kichik biznes banki ta’sis etilgan. Xattoki mayda va o`rta
biznesning kredit – kafolat fondi tashkil etilgan.
Bundagi xususiyat yana shundan iboratki, ko`pchilik mayda biznesda
oilaviylik hukmronlik qilib, bunday korxona boshida oila boshlig`i turadi va
qarindoshchilik munosabatlari kuchga ega bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |