O’zbekiston-Tayvan Xitoy ta’lim tizimining qiyosiy tahlili:
Tayvan Xitoy Respublikasida maktabgacha ta’lim 3 yoshdan 6 yoshgacha davom etadi;
O’zbekistonda 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga boradilar;
Boshlang’ich ta’lim Tayvan Xitoyda 6 yoshdan 12 yoshgacha ya’ni 6 yil davom etadi,
O’zbekistonda esa 7 yoshdan 11 yoshgacha ya’ni 4 yil davom etadi.
Tayvan Xitoyda boshlang’ich ta’limdan keyin to’liqsiz o’rta maktabga yoki kasbiy boshlang’ich maktabga boorish mumkin. O’qish 12 yoshdan – 15 yoshgacha.
O’zbekistonda boshlang’ich ta’limdan keyin o’rta ta’limga o’tiladi. O’qish
muddati – 5 yil, 11 yoshdan 16 yoshgacha.
Tayvan Xitoyda to’liqsiz o’rta maktabni bitirgan o’quvchilar to’liq o’rta maktabga o’tadilar; kasbiy boshlang’ich maktabni bitirganlar esa kasbiy o’rta maktabga o’tadilar.
O’qish muddati 3 yil.
O’zbekistonda o’rta ta’limdan keyin o’rta maxsus kasb-hunar ta’limiga o’tiladi.
Bu ta’lim o’z navbatida o’rta maxsus ta’lim (AL) va kasb-hunar maktablari (KXМ ) lariga va Texnikumlarga bo’linadi.
O’rta ta’lim bitiruvchilari hohishiga ko’ra akademik litsey yoki kasb-hunar maktablariga o’qishga kirishlari mumkin. O’qish muddati 3 yil.
Tayvan Xitoyda to’liq o’rta maktabni bitirganlar oliy o’quv yurtining bakalavriat bosqichiga topshiradilar. Kasbiy o’rta maktabni bitirganlar esa kasbiy oliy maktabga topshiradilar. O’qish muddati 4 yil.
O’zbekistonda o’rta maxsus kasb-hunar ta’limini tugatganlar oliy o’quv yurtlariga topshiradilar. O’qish muddati 4 yil.
Xitoyda kasbiy oliy maktabni bitirganlar ishga joylasha oladilar (18-22 yosh).
O’zbekistonda kasb-hunar maktablari Texnikumlarni bitirganlar ishga joylashishlari mumkin yoki oliy o’quv yurtiga kirib, o’qishni davom ettirishlari mumkin.
Tayvan Xitoyda oliy ta’limning magistratura va doktarantura bosqichlari mavjud.
O’zbekistonda esa magistratura, aspirantura va doktorantura bosqichlari mavjud.
Tayvan Xitoy 9 yillik majburiy ta’lim joriy etgan.
O’zbekistonda 11 yillik majburiy ta’lim mavjud.
Xitoyda 9 yillik ta’lim bepul.
O’zbekistonda 11 yillik majburiy ta’lim bepul.
Tayvan Xitoyda oliy o’quv yurtida faqat iqtidorli talabalargagina stipendiya beriladi.
O’zbekistonda esa 55 % dan ortiq ball to’plagan barcha talabalar stipendiyalar bilan ta’minlanadi.
O’qish yili aynan bizdagiday, Tayvan Xitoyda ham 1 sentabrdan boshlanadi va iyulgacha davom etadi.
Tayvan Xitoy talabalari uzoq qishki ta’tilga chiqadilar: dekabr oxiridan fevralni boshiga qadar.
O’zbekistonda esa qishki ta’til 28 dekabrdan – 10 yanvargacha davom etadi, yozgi ta’til iyul, avgust oylarida o’tadi.
Tayvan Xitoyda kattalar uchun ta’lim mavjud. Unda e’tibor savodsizlikni tugatishga ham qaratilgan.
O’zbekistonda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limi bor.
O'zbekiston haqida
O’zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, umumiy maydoni 448,9 ming km.kv.ni tashkil etadi. Respublika hududi sharqdan g’arbgacha 1 425 km ni, shimoldan janubgacha esa 930 km ni tashkil etadi.
Respublika shimolda va shimoliy-sharqda Qozog'iston, sharqda va janubiy-sharqda Qirg'iziston va Tojikiston, g'arbda Turkmaniston, janubda esa Afg'oniston bilan chegaradoshdir. Davlat chegarasining Afg'oniston bilan uzunligi — 143 km, Qozog'iston — 2.356,31 km., Qirg'iziston — 1.476,12 km., Tojikiston — 1.283,2 km. va Turkmaniston bilan — 1.831,49 km ni tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi
Davlat boshlig’i SH.M. Mirziyoyev
Poytaxti Toshkent
O’zining davlat ramzlariga ega
O’zining Konistitutsiyasiga ega
Ona tili O’zbek tili
Pul birligi so’m
Do'stlaringiz bilan baham: |