Madhiyani kuylaylik. Sinf soati dars ishlanmasi
Sana: 14-mavzu: “Madhiyani kuylaylik”
(10-dekabr-O`z.Res.Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilarda ona – Vatanga, davlat ramzlariga hurmat,g`ururlanish tuyg`ularini tarbiyalash; o`quvchilardagi o`zi tug`ilib o`sgan Vataniga bo`lgan mehr-muhabbatini rivojlantirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.
Kun shiori: Ellar aro yangrayver madhiyam ¡
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`quvchilarni guruhlarga ajratish
II.Asosiy qism:
Mashg`ulot savol va topshiriqlarni ketma-ket bajarish orqali o`tadi.
1-savol.Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik bayrami bilan bog`liq
belgilarni ko`rsating. (1-rasm.)
O`quvchilarning taxminiy javoblari: paxta, bug`doy, tabiat, quyosh, tiniq
suv, bayroq, gerb.
2-savol.Davlatimiz bayrog`ida necha xil rang bor va ular nimani
anglatadi? Ushbu rasmlar orqali davlatimizning bayrog`iga ta`rif berishga harakat qiling. (2- rasm. Davlat bayrog`ining rasmi)
O`quvchilarning tahminiy javoblari: 4 xil, oq, yashil, ko`k, qizil....
3-savol: Davlatimiz gerbini bilasizmi? Gerbimizda nimalarning rasmi bor?
Ushbu rasmlar asosida davlatimiz gerbiga ta`rifberishga harakat qiling. (3-rasm)
4-savol: Davlatimiz madhiyasini bilasizlarmi? Kelinglar, davlatimiz madhiyasini birga ijro etamiz. (Davlat madhiyasining musiqasi (minusovkasi) ijro etiladi, o`quvchilar unga jo`r bo`ladilar.)
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qachon qabul qilingan?
-O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi – davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burxonov, so`zini shoir AbdullaOripov yozgan.
III.Yakuniy qism:
Topshiriq:
Madhiya matnini ketma-ket to`g`ri joylashtiring
Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot,
Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon!
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Oltin bu vodiylar – jon O`zbekiston,
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Haqsevar, ona yurt, mangu bo`l obod!
Bag`ri keng o`zbekning o`chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo`r qanot!
Istiqlol mash`ali, tinchlik posboni,
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Oltin bu vodiylar – jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Olamni mahliyo aylagan diyor!
|
Davlat madhiyasi ijro etilayotganda qanday ahloqiy qoidalarga amal qilish kerak deb o`ylaysiz? Nima uchun?
5- savol: Davlatimiz siz bolajonlarga qanday g`amxo`rlik qilmoqda?
O`quvchilarning taxminiy javoblari: maktablar qurib bermoqda, bog`chalar
qurib bermoqda, sport maktablari bor. va hokazo.
O`qituvchi bolalarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi. Bunda u
Avvaldan tayyorlab qo`ygan rasmlaridan unumli foydalanadi va ular yordamida mustaqillik, davlat gerbi, davlat bayrog`I degan tushunchalarga izoh berib o`tadi.
O`qituvchi bolalar bilan birga davlat madhiyasini ijro etishayotganida, vatanimiz go`zalligini, buyukligini aks ettiruvchi videofilmni namoyish etish maqsadga muvofiqdir.
Davlat tomonidan o`quvchilarga berilayotgan imkoniyatlarni birma-bir sanab
o`tadi. (o`qituvchi 1-sinflarga Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan sovg`alarni
eslatadi)
Prezidentimizning sovg`asi ushbu imkoniyatlardan biri ekanligi, ularga
bildirilayotgan yuksak ishonch ekanligini aytib, bu ishonchni oqlash uchun a`lo o`qish va
namunali xulq bilan javob berish lozimligini tushuntiriladi.
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish
To'liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling
Do'stlaringiz bilan baham: |