Mavzu-7. Bosimni o’lchashda ishlatiladigan o’lchov asboblari Bosimning o’lchov birligi-kvadrat metrga Nyuton (n/m2). Bosimning bu birligi kichik bo’lganligi sababli amalda foydalanish noqulaydir. Shu sababli bosimning bar hisobida (1bar=105 n\m2) o’lchash qulay. Bu birlik kattaligi jihatdan 1 at ga yaqin (1bar=0.987 at).
Bundan tashqari bosim amalda ko’pincha fizikaviy va texnikaviy atmosferalarda o’lchanadi.
Atmosfera havosining 00 C haroratda dengiz sathidagi o’rtacha bosimi fizikaviy atmosfera deyiladi va qisqacha atm bilan belgilanadi.
1atm=1.01325*105 n\m2 Bu bosimni 760 mm simob ustuni yoki 10 330 mm suv ustuniga tenglash mumkin.
Tehnikada va texkinaviy hisoblashlarda texnikaviy atmosferadan foydalaniladi u at bilan belgilanadi.
1at=0.980665*105 n\m2 1at bosimni balanligi 735,5 mm li simob ustuniga yoki balandligi 10 000 mm li suv ustuniga tenglash mumkin.
1mm sim. ust. =133.322 n\m2 1mm suv. ust. =9,80665 n\m2 Barometrda o’lchanadigan atmosfera bosimi barometrik bosim deyiladi va pbarbilan belgilanadi.
Ko’pchilik jarayonlar atmosfera bosimlardan yuqori bosimlarda o’tadi (qozonda bug’ bosimi, suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim va shunga o’xshashlar). Bu bosimlardan har qaysisi atmosfera bosimiga qo’shimcha ya’ni ortiqcha bo’ladi. Ortiqcha bosim manometr bilan o’lchanadi va port yoki pman orqali belgilanadi. Manometrik va barometrik bosimlar yig’indisi to’la boshqacha aytganda absolut bosim deyiladi.
pbar= port+pman Agar protsesslar siyraklanishda (vakkumda) ketsa barometrik bosim bilan siyraklanish orasida ayirma absolut (to’la) bosim deyiladi.
pba r= port - pvak Bu yerda pvak-vakummetr bilan o’lchanadigan siyraklanish.
Bosimni o’lchash metodlari shu maqsadda ishlatiladigan asboblar konstruksiyasi kabi nihoyatda turli tumandir.
Bosimni o’lchaydigan asboblar umumiy nom bilan manometrlar deyiladi. Lekin ular qanday maqsadda ishlatilishiga qarab atmosfera bosimini o’lchash uchun mo’ljallangan barometrlar, atmosfera bosimiga nisbatan gazning siyraklanganligini o’lchaydigan vakummetrlar va atmosfera bosimidan yuqori bosimni o’lchashga mo’ljallangan manometrlarga bo’linadi.
Manometrlar ishlash prinsipiga ko’ra suyuqlik monametrlari va prujinali manometrlarga bo’linadi.
Suyuqlikli monometrlar bosim o’lchovchi asboblar ichida eng oddiysi bo’lsa ham yuqori aniqlik darajasiga ega. Bu monometrlarning kamchiligi shundan iboratki ular yordamida uncha katta bo’lmagan bosimlarni o’lchash mumkin.
a) U – simon monometrlar bo’lib, ular 1.2– rasmda ko’rsatilganidek U harfi shaklida egilgan shisha naychadan iborat. Naycha shkalali taxtaga o’rnatilib yarimgacha suyuqlikka to’ldiriladi. Agar naychaning bir uchini bosim aniqlanishi kerak bo’lgan hajmga biriktirilib, ikkinchi uchi ochiq qoldiriladi. Bunday monometrda bir tomonidagi suyuqlik ko’tarilib ikkinchisi pasayadi. Suyuqlik balandliklari o’rtasidagi farq bosim qiymatini bildiradi:
port =hg ( - c), Pа bu yerda: g – erkin tushish tezlanishi;
h – suyuqlik balandliklari farqi;
- suyuqlik zichligi.