8.1,b – rasm. Plastinali rotorli nasosning sxemasi.
1 – rotor; 2 – nasos tanasi; 3 – plastina; 4,7 - so’ruvchi va bosimli quvurlar; 5,6 – nasos bo’shliqlari
Yuqorida keltirilgan sxemali nasoslar gazsimon muhitlarni haydab chiqarish uchun qo’llanilishi mumkin.
mavzu-9. Kompressorlar turlari
2.6. TURLI XIL NASOSLARNING ISHLATILISH SOHALARI
Sanoat issiqlik texnikasida nasoslar juda ko’p ishlatiladi. Umuman sanoatning barcha sohalarida qo’llanilishi sohaning turiga, uning xarakteristikasiga undagi ish jarayoniga va sharoitiga u yoki bu shakliga bog’liq bo’ladi. Masalan: IES larda bug’ turbinada ishlatib bo’lingan bug’ning kondensatini qozonxonaga qaytarish uchun nasoslar ishlatiladi. Issiqlik ta’minoti tizimida ham ko’pgina nasoslar qo’llaniladi. Texnikada ko’p hollarda kondensat nasoslari qo’llaniladi va bunday nasoslar kondensatlarni haydab berish vazifasini bajaradi.
Kondensatni haydash uchun odatda markazdan qochma nasoslar ishlatiladi. Kondensat haydovchi nasoslarning FIKi ularning so’rish balandligi bilan bog’liq. So’rish balandligi , suv ustunining 9,5 metrgacha bo’lsa nasoslarning FIKi 0,40,6 bo’ladi.
Agar quyuq va turli hil aralashmali iflosliklarga ega bo’lgan pulpa kabi moddalarni haydash kerak bo’lsa bunday hollarda markazdan qochma nasoslar qo’llaniladi. Ba’zi hollarda qisqa vaqt ichida cho’kma hosil bo’luvchi eritmalarni haydash uchun erlift qurilmasidan foydalaniladi.
AESni texnologik siklida maxsus konstruksiyali, oddiy va germetik tipli markazdan qochma nasoslar qo’llaniladi.
Havo va texnikaviy gazlarni siqish va bir joydan ikkinchi joyga kuchirish uchun halq xo’jaligida keng ravishda turli xil mashinalar ishlatiladi.
Yuqori uzatishli va yuqori bosimli markazdan qochma, o’qli ventilatorlar, tutun tortuvchi (dimosos) hamda qozon o’txonasiga havo uzatuvchi sifatida ishlatiladi. Past va o’rta bosimli markazdan qochma ventilatorlar, sanoat korxonalarida va ijtimoiy obektlarning ventilyatsiya xo’jaligida, qo’llanilishiga asoslangan.
Bug’ va elektr yuritkichli markazdan qochma kompressorlar, metallurgiya va kokskimyoviy sanoatida kompressor mashinalari asosiy qurilma hisoblanadi; bunda ular yordamida texnologik sikldan chiqayotgan yondosh va asosiy maxsulotlar - purkovchi havo va gazlarni uzatish uchun hizmat qiladilar. Bu turdagi mashinalar keng ravishda uzoq masofali gaz ta’minotida ishlatiladi. O’qli kompressorlar keng ravishda gaz turbina qurilmalarida qo’llaniladi. Porshenli kompressorlar metallga ishlov berish va mashinasozlik sanoatlarida, pnevmatik asbobi va presslarni harakatga keltiruvchi havoni siqish uchun qo’llaniladi. Kimyoviy sanoatida, kimyoviy maxsulotlarni yuqori bosimda sintez jarayoning siklida ko’p pog’onali gazda ishlaydigan kompressorlar ishlatiladi. Hozirgi vaqtlarda porshenli kompressorlarda hosil bo’lga siqilgan havo, to’qimachilik sanoatida, to’quvchilik jarayonini amalga oshirishida, energotashuvchi bo’lib, ishlatiladi.
IESlarda qozon yuzalarni uchuvchan kul va qurum zarrachalardan puflab tozalashida va tamirlov asboblarni siqilgan havo bilan ta’minlanishida, porshenli kompressorlar hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |