mavzu-13. Ventilyatorlar haqida umumiy tushunchalar
1. Gaz va havoni haydash mashinalarning asosiy tushunchalari.
2. Ventilatorning asosiy parametrlari
3. Markazdan qochma ventilatorlarning xarakteristikasi va rostlash usullari
Tayanch iboralar: so’rish balandligi H, to’liq bosimi p, hajmiy unumdorligi Q, to’liq FIK, statik FIK,
GAZ VA HAVONI HAYDASH MASHINALARNING ASOSIY TUSHUNCHALARI
Sanoat va uy-joy xujaliklarida bino va ish joylarni ventilyatsiyalash, texnologik jarayonlarda sodir bo‘lgan zaxarli moddalarni tortib olishda keng ravishda markazdan qochma ventilatorlar qo‘llaniladi.
Issiqlik energetikada ventilatorlar yordamida bug’ generatorlar o‘txonasiga havo uzatiladi, kukun tayyorlash tizimlarda yoqilg’i aralashmalarini harakatga keltriladi, tutun gazlari tortib olinadi.
Ventilatorning tuzilishi 8.1-rasmda ko’rsatilgan.
13.1 –rasm. Markazdan qochma ventilator
1-qo’yma stupisa; 2-asosiy disk; 3-ishchi g’ildiraklar; 4-oldingi disk;
5-parrakli panjara; 6-ventilatorni harakatga keltiruvchi privodning shkivi;
7-ventilator tanasi; 8-ventilator o’rnatiladigan stanina; 9-podshipniklar;
10-ishchi g’ildirak; 11-so’rish va bosimli quvurlarni tutashtiruvchi flanes
Bunda ishchi g’ildirak, asosiy disk 2, qo’yma stupisa 1 bilan, qattiq biriktirilgandir. Ishchi kurakchalar 3 asosiy disk 2 va oldindagi disk 4 ga qattiq biriktirilib, parrakli panjaraning 5 mustahkamligini ta’minlaydi; shkiv 6 orqali ventilator harakatga keltiriladi. Ventilator tanasi 7 qo’yma yoki payvandlangan stanina 8 ga biriktiriladi; staninada, ishchi g’ildirak o’rnatilgan, ventilator valini ko’tarib turuvchi, podshipniklar 9 joylashgan; tortuvchi va haydovchi quvurlarni biriktiruvchi flaneslar 10, 11. Markazdan qochma ventilatorlar ishlab chiqaruvchi korxonalarida ma’lum geometrik seriyalar bo’lib, ishlab chiqariladi. Har qaysi seriya, o’xshash o’lchamlarning o’zgarmas nisbati bilan belgilanadi; seriyadagi ayrim mashinalarning o’lchamlari va ularning ishchi ko’rsatkichlari turlicha bo’ladi.
Berilgan seriyani geometrik shakli aerodinamik sxemada rasmiylashtiriladi, bunda ventilatorni hamma o’lchamlari ishchi g’ildirakni tashqi diametriga nisbatan foizida beriladi (8.2-rasm).
Markazdan qochma ventilatorlar GOST 5976-73 bo‘yicha belgilanadi; bunda Ц – markazdan qochma ventilatorlar; belgidagi birinchi raqam ηmax bo‘lganda to‘liq bosimning koeffitsienti beshga ko‘paytirilib butun songacha yaxlitlangani; ikkinchi ηmax raqam bo’lganda butun songacha yaxlitlangan tezkorlik koeffitsienti.Ventilator belgisiga diametr ning qiymati ham kiritilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |