MARKAZDAN QOCHMA VENTILATORLARNING XARAKTERISTIKASI VA ROSTLASH USULLARI
Ventilatorning xarakteristikalari deb, grafik ko’rinishida beriladigan ventilatorning to’liq bosimini, iste’mol qiladigan quvvatni va FIK larning, ventilator unumdorligiga bog’liqligiga aytiladi. Odatda ventilatorning xarakteristikalari nazariy va haqiqiy xarakteristikalarga bo’linadi. Standart sharoiti va sarf koeffitsienti lar uchun qurilgan xarakteristikalarni hqiqiy xarakteristikalarga o’tkazishda quyidagilarni nazoratga olinishi kerak: unumdorlik, so’rish balandligi (bosim) va FIK larni o‘zgarmas, valdagi bosim bilan quvvatlar esa ventilator uzatadigan gaz zichligiga to’g’ri proporsional o’zgaruvchan, ya’ni
va (13.4)
Haqiqiy xarakteristikalar o‘z vaqtida individual, universal va o’lchamsiz turlarga bo’linadi.
Individual xarakteristika – ma’lum bir mashina yoki ventilatorga mos bo’ladi.
Universal xarakteristika – turli rejim yoki ish holatlarda olingan ko’rsatgichlar orasidagi bog’lanishlarni ko’rsatadi.
O’lchamsiz xarakteristikalar – ma’lum seriyadagi ventilatorning o‘lchamsiz ko‘rsatgichlari orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatadi.
13.3-rasm. n= const bo‘lganda ventilatorning o‘lchovli xarakteristikasi
Ventilator xarakteristikalari orasida eng muhimi, bosimni unumdorlikka bog’liqlikligini belgilovchi xarakteristikasidir.
Ventilatorning o’lchamsiz xarakteristikalari quyidagilar bo’yicha quriladi:
1) unumdorlik koeffitsienti:
(13.5)
2) bosim koeffitsienti:
(13.6)
3) quvvat koeffitsienti:
(13.7)
Ventilatorlarning unumdorligini rostlash:
1) ventilator valining aylanish chastotasini o’zgartirish;
2) ventilatorga kirish va chiqishlarida drossellash;
3) yunaltiruvchi apparatlar yordamida rostlashlar orqali amalga oshiriladi.
Birinchi usulda aylanish chastotasi o’zgaruvchan elektr yuritkichlar talab etiladi yoki aylanish chastotasi o‘zgarmas bo‘lib, ventilator va yuritkich vallari orasida aylanish chastotasining variatori (gidromufta) o‘rnatiladi. Bunday qurilma ham murakkab, ham qimmatbaholi hisoblanadi. U iqtisodiy jihatdan sarfini qoplagan vaqtlarda qo‘llanilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda aylanish chastotasini o‘zgartirish orqali ventilator uzatilishini rostlashida, tiristorli chastota o‘zgartirgichli yuritkichlar qo‘llanilmoqda. Bu usulda rostlashni amalga oshirish ancha samaraliroqdir.
Rostlashning ikkinchi usuli konstruktiv jihatdan sodda bo‘lganligi uchun keng ravishda qo‘llaniladi. Kichik va o‘rta o‘lchamli, qisqa tutashuvli asinxron yuritkichli ventilatorlarning uzatilishi, faqatgina drossel yordamida rostlanadi.
Uchinchi usulda esa ventilatorlar katta unumdorlikka ega bo’lib, shaxta sharoitlarida va issiqlik energiya stantsiyalarida ( purkovchi va tutun tortuvchi ventilatorlar ) qo’llaniladi.
Elektr energiya sarfi bo’yicha, bir xil uzatilishli rejimlarda, keltirilgan rostlash usullari bir xil bo’lmaydi. Turli xil ventilatorlarda, energiya sarfi bo’yicha, eng noqulay drosselli usuli hisoblanadi. Chuqur bo’lmagan rostlashida, kirishdagi yunaltiruvchi apparatlar orqali uzatilishni rostlash va nyur = const rejimida gidromuftadan foydalanish, bir xil samarali; qurilmani chuqur rostlashida nyur = var bo’lgan rejimi va gidromuftadan foydalanish rejimi bir xil samaralidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |