Boshlang`ich sinflarda ta`lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish


Salbiy 1-3 qator va ijobiy 8-12 qatorlar belgilar bo`yicha shaxs hislatlari omillari



Download 477,5 Kb.
bet9/11
Sana24.11.2022
Hajmi477,5 Kb.
#871263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOSHLANG`ICH SINFLARDA TA`LIM-TARBIYA JARAYONINI RIVOJLANTIRISH

Salbiy 1-3 qator va ijobiy 8-12 qatorlar belgilar bo`yicha shaxs hislatlari omillari

Omilning salbiy belgilari

Omil

Omilning ijobiy belgilari

Odamlarga aralashmaydigan, ishonmaydigan, yolgiz, beparvo

A+

Ochiq ko`ngil, xayrixoh, kirishimli rahmdil

Aqliy funktsiyalarni oz darajada shakllanganligi tavakkurning ko`rgazmali shakllari, ustunligi, bilimlar xajmi uchun ko`p emas

B+

Aqliy funktsiyalarni oz darajada shakllanganligi tavakkurning ko`rgazmali shakllari, ustunligi, bilimlar xajmi uchun ko`p emas

O`ziga ishonmaydigan, tez hafa bo`ladigan betayin, turg`un

S+

O`ziga ishonmagan, yuvosh, turg`un

Ishonmaydigan vazmin beqaror

-D+

Besabr tashqi tahriflarga tez javob qayturvchi, tez ta’sirlanadigan

Itoatkor, tobe, ko`ngilchan

-Ye+

Xukmron, buysinmaydigan, beg`ayrat

Aqiliy, mulohazali, ehtiyotkor jiddiy.

-F+

Tavakkalchi beparvo botir quvnoq

Vijdonsiz majburiyatlarga beparvolik mas’uliyatsiz

-G+

Vijdonlik, tirishqoq mas’uliyatli

Tortinchoq, uyatchan, do’q po’pisadan qo’rqish

-N+

Ijtimoiy, botir, erkin, dadil

Xaqqoniy, amaliy, o`ziga ishonadigan

-I+

Sezgir, xushmuomila, boshqaralarga bo`ysunadigan

Osoyishta, beozor, har narsaga ishonch bilan qarash

-0+

Vahimali, tashvishli mayus

O`zini nazorat qila olmaydigan, ijtimoiy belgilangan, normativlarni yomon tushunish

-03+

O`zini nazorat qila olmaydigan, ijtimoiy belgilangan, normativlarni yomon tushunish

Ojiz, yuvosh, vazmin

-04+

Jiddiy, achig`i tezlik maqsadga erishmaganda tez kayfiyatni tushib ketishi.

Har bir shaxs omili ma’lum hislatlarni to‘plami sifatida qaraladi (u savolnomada minimal belgi - 1. maksimal belgi - 10 va urta belga - 5.5 ball bilan ulchanadi). Bu to‘plamning chetki belgilari bo`yicha qarama-qarshilik bilan xarakterlanadi, Bu qarama-karshi mazmunga mos ravishda omilni bildiruvchi harf to`g`risiga «-» yoki «+» belgi qo’yiladi.


«A» omil (faktor), yuqori baho bolani kirishimli, quvnoq. istarasi issiq sifatida xarakterlaydi. Bu omil bo`yicha quyi bahoda bola ishlamaydigan, salga hafa bo`ladigan. shaxslararo munosabatda sezgirliklar yetishmasligi, uning xulk,-atvorida salbiy xatti-harakat, injiqlik, xudbinlik bilan ajralib turadi. «A» omil bo`yicha yuqori baholi bolalar ijtimoiy tez moslashadilar, qizlar o’g`il bolalarga qaraganda o’rtacha yuqoriroq ko’rsatkichlarga ega bo`ladi.
«V» omil. Bu omil bo`yicha yuqori baho bola intellektining yaxshi darajada rivojlanganligi, uning umumlashtirish, umumiydan juz’iyni ajratish, mantiqiy va matematik operatsiyalarni egallaganlik, yangi bilimlarni osonlik bilan o`zlashtirishni bildiradi. Past baho bolalar taklif etilgan topshiriqlarni aniq vaziyatli belgilardan foydalanib bajaradilar, o`z muammolarini hal qilishga yuzaki-yondoshadilar. Ko`pgina bunday bolalarda parishonxotirlik, charchash vujudga keladi. Kuzatuvchan bolalar yuqori baholarni oladilar.
«S» omil (faktor), Yuqori baho o`ziga ishonishni. Xotirjamlikni, vazminlikni, maktab o`quvchilarini topshiriqlarni yaxshi bajarishga tayyorlikni bildiradi. Qo`yi baholar bolalarda o`z tengdoshlariga nisbatan o`zlarini qobiliyatsizlik deb baholashlarida kayfiyatlarining turg`un emasligida, o`z hissiyotlarini boshqara olmasliklarida, yangi sharoitga moslashishda qiyinchilikni boshdan kechirishda ko‘rinadi. qarama-qarshi qutbda ulgura olmaydigan bolalar guruxlanadi.
«D» omil. Bu omil bo`yicha yuqori baholi bolalarda yuqori qo`zg`aluvchanlik kuzatiladi yoki ular kuchsiz qo`zg`atuvchiga kuchli faollik bilan javob qayta oladilar, yuqori faollik ba’zan ularda o`ziga bino qo`yish bilan birikib ketadi. Ularni harakatdan havotirlanish, chalg`ish, diqqatni bir joyga to’play olmaslik xos. Bunday hislatlarning shakllanishi temperament xususiyatlari va tarbiya sharoitlari bilan chambarchas bog`liq. Bu faktor bo`yicha quyi baho vazminlik, his-tuyg’ularining tiyikligi bilan xarakterlanadi. O’g`il bolalar o’rtacha qiz bolalarga qaraganda yuqori baho oladilar.
«Ye» omil. O`zini namoyon qilishga, o`zini bolalarga ham, kattalarga ham qarama-qarshi qo`yishga, peshqadamlik qiluvchi shaxslarda yuqori baholar kuzatiladi. Bolalarda bu xususiyatlarning ko’rinishlari xulq-atvor muammolari, tajovuzkorlik mavjudligi bilan birga qo’shilib ketadi. CHunki peshqadamlikka intilish, ko`pincha amalga oshmaydi; u ijtimoiy o`zaro ta’sirning ko`p shakllarini o’rganishi kerak bo`ladi. Quyi, baholarda bola kattalarga va boshqa bolalarga tobelik, ularga tenglik bilan bo’ysunishni namoyon qiladilar. 12 yoshli bolalarda bu omilning baholari, 8 yoshlilarga qaraganda yuqoriroqdir.
«F» omil. Bu omil bo`yicha yuqori baho olgan bolalar serg`ayrat, hafli vaziyatlardan qo‘rqmaslik bilan ajralib turadilar. Qoidaga ko’ra, ularga o`z imkoniyatlarini yuqori baholash kelajakka umid bilan qarash xosdir.
«R» omil belgilari turli yosh davrlarida bir xil bo`ladi, lekin o‘g`il bolalar qiz bolalarga qaraganda yuqoriroq baholarga ega bo`ladilar.
«G» omil. Bu shkala bola kattalar tomonidan qo`yilgan xulq-atvor me’yorlari va talablarning qanday idrok etishi va bajarilishini aks ettiradi, ota-onalari va o’qituvchi bilan ko`proq janjallashuvchi, ishonch qozonmagan, o`z majburiyatlarini bajarmaydigan, bolalar quyi baho oladilar.
Ularda betayinlik, diqqatini bir joyga to’play olmaslik, mustahkam motivatsiya yo’qligi kuzatiladi. Yuqori baholar javobgarlik yaxshi rivojlangan. Maqsadga intiluvchan, vijdonli, tartibli bolalar. Bu omil bo`yicha yuqori baholarni 8 yoshli bolalar olishadi. Qizlarning baholari o‘g`il bolalarnikidan yuqori.
«H» omil. Bu omil bolalarning kattalar ota-onalari. Tarbiyachilari, o’qituvchilari) bilan bo`lgan munosabatini aks ettiradi. “H” omil bo`yicha yuqori baho olgan bolalar kattalar bilan tez muloqatga kirishib ketadi, bu omil bo`yicha quyi baho olgan bolalar tortinchoq va uyatchan bo`ladilar.
«I» omil. Yuqori bolalar xayol surish boyligini, estetik moyillikni, «ayollardek» yumshoqlik va tobelikni aks ettiradi, qo`yi baholar-muammolarni hal qilishda xaqqoniy yondashuvini, ishchanlikni erkaklardek mustaqillikni aks ettiradi. Bu omil bo`yicha yuqori baho olgan bolalar yumshoq kunlik bo’sh, ishonuvchan, qo`llab-kuvvatlashga muxtoj, ko`proq tashqi muhit ta’siriga berilgan bolalar bo`ladilar.
Bu omil bo`yicha yuqoriroqdir.
«H» omil. bo`yicha yuqori baho olgan bolalar muvaffakiyatsizlikni oldindan sezishadi, tez jaxlini chiqarish mumkin, ko`pgina kayfiyatlari yomon bo`ladi, Quyi baho olgan bolalar? og`ir, jaxli kam chiqadi. Yuqori baho vaziyatga bog`liq ravishda og`ir ruxiy kayfiyat yoki havotirlanish ko’rsatkichi bo`lishn mumkin, u nevroz vujudga kelishnning asosi hisoblanadi.
«H» omil. Bu omil bo`yicha yuqori baholar yaxshi ijtimoiy moslashganlik, atrofi muhit normalarining yaxshi egallaganlik ko‘rsatkichi bo`lishi mumkin. Quyi baholar o’z xulq-atvorini ijtimoiy me’yorlarga mos ravishda nazorat qila olamaslikdan, bolaning o`quv va boshqa tadbilardan o’zini yaxshi tutmaslikdan dalolat beradi.
«H»-omil. Bu omil bo`yicha faoliyat jarayonida amalga oshirilmaydigan keragidan ortiqcha xoxishlar bilan ajralib turadi. Xulq-atvorida ko`pgina nerv zirkishi ustun turadi. Quyi baho olgan bolalar og`ir va vazminlar.
Quyidagi keltirgan shaxs savolnomasi 120 savoldan iborat bo`ladi, bola xayotining turli sohalariga tegishlidir: sinfdoshlar bilan, oila a’zolari bilan uzaro munosabat. ko`chadagi. darsdagi xulk-atvori, o`z-o`zini baholashi va boshqalar. Har bir savolga tanlash uchun ikkitadan javob variantda beriladi.
«V» omil savollariga javoblar uchtadan beriladi. Tekshiruv natijalari to`g`ri chiqish uchun, uzini erkin his etadigan sharoit yaratish kerak.
Tekshiruvni boshlashdan oldin bolaga quyidagi beriladi: «Bu anketa o`quvchilar xarakterini o`rganishga mo‘jallangan. Bu erda to`g`ri va noto`g`ri javoblar bo`lishi mumkin emas. Har bir inson o`ziga ko`proq yoqadigan javobni tanlashi kerak. Javoblar ikki qismdan iborat bo`lib, «yoki» so`z bilan bir-biridan ajratilgandir. Javoblar uchun varaqda har bir savol nomeri to`g`risida ikkitadan kvadratchalar bo`lib, ular javoblarning chap va o`ng qismlariga to`g`ri keladi. Siz tanlagan javobga mos keladigan kvadrat ichiga (+) belgi. quyilgan. Ba’zi savollarda sizning javobingizga mos kelmaydigan ifodalar bo`lishi mumkin. Agar savolni tushunmay qolsangiz, tadqiqot o`tkazuvchiga murojat qiling. Bir savol ustida uzoq vaqt o`ylanib o`tirmaslik kerak. Tezda (II, G5, 19, 23, 27) uchtadan javobi bor. Barcha variantlarni qarab chiqib. ulardan birini tanlang. Savollarni o`tkazib yubormang, har bir savolga bittagina javob bering».
Sinaluvchiga hammasi tushunarli bo`lganiga ishonganingizdan so`ng ishga kirishish mumkin. Javob qog`ozni to’ldirishda tadqiqotchi bola savolini yaxshi tushunganligiga ishonch hosil qilishi kerak. 8 yoshli bolalarni esa idividual va guruhiy usul bilan tekshirilishi mumkin.
1.Siz uy vazifalaringizni tez bajarib qo`yasizmi yoki siz ularni uzoq vaqt bajarasizmi?
2.Agar siz xazillashishsa, sizning ozroq jahlingiz chiqadi yoki kulasizmi?
3. Siz deyarli hamma narsani qanday bajarish kerak bo`lsa, shunday qila olaman, deb o`ylaysizmi yoki siz ba’zi topshiriqlarni bajara olishingiz mumkinmi?
4. Siz ko`pgina xato qilasiz yoki siz hech qachon xato qilmaysiz.
5. Sizning do‘stlaringiz ko`p yoki unchalik ko`p emas.
6. Boshqa bolalar (qizlar) sizga qaraganda ko`proq ishlarni bajara oladi yoki ular qancha narsani bajara olsa, siz ham bu ishlarni bajara olasiz
7. Siz har doim odamlarning ismini yaxshi eslab qolasizmi yoki ba’zan ularning ismini esdan chiqarib qo`yasizmi?
8. Siz ko`p o‘qiysiz yoki ko`pchilik bolalar yoki o’qiydilar? k%1 o‘qiysizmi yoki
9. Siz taklif etgan g`oyalar o`ylab topgan narsalaringizni eng yaxshi to`g`ri deb hisoblaysizmi? Yoki bunga ishonmaysizmi?
10. “Yig`moq” so`ziga mazmuniga ko‘ra qarama-qarshi so`z qaysi so`z bo`ladi? “tarqatmoq” yoki “to‘plamoq” yoki ehtiyot qilmoq
11. Siz odatda indamay turasiz yoki ko`p gapirmaysizmi?
12. Agar onangiz sizdan hafa bo`lsa, bu ba’zan uning xatosi hisoblanadi yoki siz nimadir, xato qildim deb o`ylaysizmi?
13. Sizga kutibxonada kitoblar bilan ishlash ko`proq yoqadimi? Yoki uzoqqa suzish bo`yicha kapitan bo`lish ko`proq yoqadimi?
14. Quyidagi bajarmoqchi bo`lgan ish uchun o’qituvchi boshqa bolalarni tanlasa, siz hafa bo`lasizmi? Yoki shundan ham bo`ladiki, siz ularni esdan chiqarib yuborasizmi?
15. Harflardan qaysi biri boshqa 2 tasidan farq qiladi. S yoki T yoki U
16. Siz kechqurun uzoq vaqt jim o’tirib olasizmi yoki tipirchilay boshlaysizmi?
17. Agar bolalar (qizlar) siz yaxshi biladigan narsa haqida gaplasha boshlashsa, siz ham nimalarnidir aytib berasizmi?
18. Siz kosmanavt bo`la olishingiz mumkinmi? YOki bu juda murakkab ish deb o`ylaysizmi?
19. Sonlar qatori berilgan: 2,4,8. Bu qatorda keyingi son necha? 10 yoki 16 yoki 12
20. Onangizning aytishicha, siz ta’sirchang va tinib-tinchimagansiz yoki yuvosh va muloyimsiz
21. Bolalalarning hikoyalarini jon deb eshitasiz. Yoki o`zingiz aytib berganingiz yoqadimi?
22. Bo’sh vaqtingizda yaxshi kitob o’qiganingiz yaxshimi yoki koptok o`ynaganingiz?
23. So`zlar guruhi berilgan: «sovuq», «issik», «xul», «itlik», bir so`z mazmuniga ko’ra boshqalariga mos tushmaydi. Bu qaysi so`z? «Xul», yoki «Sovuq», yoki «Illiq».
24. Siz har doim extiyotkorona harakatlar qilasiz yoki ba’zan chopayotganinngizda narsalarga qoqishb ketasiz.
25. Sizni jazolashlari mumkin deb qachon o`ylamagansiz.,
26. Katta bo`lganingizda uy qurish ko`proq yokadimi uchuvchi bo`lishmi?
27. Kolya, xozir Natasha necha yoshda bo`lsa, shuncha yosh bo`lganida Anya yoki undan katta edi. Kim hammadan kichiq? Kolyami? yoki Anyami
Natashami?
28. Ko`pincha o’qituvchi darsda sizga tanbex beradi yoki siz o`zingizni yaxshi tutasiz deb hisoblaydi.
29. Do’stlaringiz nima xaqida bahslashayotganlarida siz siz dars tayyorlayverishingiz mumkin. Yoki indamay turasizmi?
30. Boshqalar sinfda gaplashib, kulib o’tirishsa ham, siz bemalol dars tayyorlaverishingiz, mumkun. Yoki siz dars tayyorlaganingizda jimlik darkormi?
31. Televizordan “yangiliklarni” ko’rasiz. yoki «yangiliklar» boshlaganida-o`ynashga ketasiz,
32. Sizni kattalar hafa qilishadimi? yoki ular sizni yaxshi tushunadimi?
33. Transport ko`p o’tayotgan ko`chadan xotirjam o’tib ketasizmi yoki siz oz hayajonlanasizmi?
34. Sizda ko`pincha katta ko`ngilsizliklar bo`lib turadimi? yoki kichiq arzimas ko`ngilsizliklar bo`lib turadi?
35. Agar siz savolni bilsangiz darrov qo’lingizni ko’tarasizmi yoki qo’lingizni ko’tarmasdan sizni chaqirishlarini kutib turasizmi?
36. Agar sinfdar yangi o`quvchi kelsa boshqa bola kabi siz ham u bilan darrov tanishib olasizmi? Yoki sizga ko`proq vaqt kerakmi?
37. Qandaydir transportning (avtobus, tralleybus, taksi) ni xaydovchisi bo`lishini orzu qilasizmi, yoki vrach bo`lishni orzu qilasizmi?
38. Nimadir amalga oshmasa siz hafa bo`lasizmi, kamdan-kam holatlardami?
39. Bolalardan kimdir nazorat ishida yordamlashishini iltimos qilsa «o`zing yech» deysizmi yoki o’qituvchi ko’rmasa (sezmasa)
40. Kattalar sizning oldingizda uzlaricha gaplashishadi yoki ular qisman sizni ham tinglashadimi?
41. Qayg`uli narsalarni eshitayotganingizda ko`zingizdan yosh chiqib ketadimi yoki bunday bo`lmaydimi?
42. Ko`p rejalaringizni amalga oshirasizmi? Yoki darrov uyga kirasizmi?
43. Onangiz uyga chaqirganidan so`ng ham ozroq o`ynaysizmi, yoki darrov uyga kirasizmi?
44. Sinfda erkin turib nimanidir aytib bera olasizmi yoki tortinasiz, uyalasizmi?
45. Kichiq bolalar bilan qolish sizga yoqadimi yoki ular bilan qolish sizga yokmaydimi?
46. Siz ba’zan yolg`izlikdan hafa bo`lasiz yoki sizda unday bo`lmaydimi?
47. Uy vazifalarini har xil vaqtda bajarasizmi yoki har kuni bir vaqtda bajarasizmi?
48. Siz yaxshi yashaysizmi yoki unchalik yaxshi yashamaysizmi?
49. Shahardan tashkariga go`zal tabiatni tomosha qilishga jon deb borasizmi?
50. Agar sizni urushishnsa, tanbex berishsa, xotirjam turib yaxshi kayfiyatingizni buzmaysizmi yoki qattiq hafa bo`lasizmi?
51. Sizga konditor fabrikasida ishlash ko`proq yokadimi yoki o’qituvchi bo`lish.
52. Sinfda bolalar to’polon qilishayotganda qilishganda siz jim o’tirasizmi? Yoki siz ular bilan birga to‘polon qilasizmi?
53. Agar sizni avtobusdan itarib yuborishsa, hech narsa bo`lmaydi deb hisoblaysizmi yoki bundam jahlingiz chiqadimi?
54. Siz bajarishingiz kerak bo`lmagan ishni bajarishga to’gri
yoki sizda bunday hol bo`lmaganmi?
55. Sho‘x, erka chopib yuruvchi do’stlarni yoqtirasizmi yoki jiddiy do‘stlarni yoqtirasizmi?
56. Nimadir boshlanguncha jim o’tirib kutishdan jahlingiz yoki ko`p kutganingizda hech qanday o`zgarish bo`ladimi?
57. Maktabga jon deb borishga yoki avtombilda sayr qilish yoqadimi?
58. Ba’zan siz hammadan hafa bo`lasizmi, yoki har doim hammadan hursand bo`lasizmi?
59. Qanday o’qituvchi sizga ko`prok yoqadi yumshoq ko`ngilchan yoki
kattiq qo’l?
60. Uyda berilgan hamma ovqatni, eysiz yoki sizga yoqmaydigan taomni berishganda norozilik bildirasizmi?
II-qism
1. Sizga hamma yaxshi munosabatda bo`ladi yoki faqat ba’zi kishilar.
2. Ertalab uyg`ongaganinggizda uyqungiz kelib, lanj bo`lib turasiz yoki shu zaxoti o`ynagingiz keladi.
3. Ishingizni boshqalarga qaraganda tezroq bajarasizmi? yoki sizga ko`proq vaqt kerak.
4. Siz ba’zan o`zingizga ishonmaysiz yoki siz o`zingizga ishonasiz.
5. Har doim maktabdagi do’stlaringizni ko`rganda hursand bo`lib ketasiz yoki ba’zan hech kimnn ko‘rgingiz kelmaydi.
6. Onangiz sizga sekin harakat qilishing haqida aytgan yoki siz hamma narsani tez bajarasiz.
7. Siz taklif kilgan narsalar boshqa bolalarga yoqadi yoki ularga bu ham doim ham yokmaydi.
8. Siz maktabda hamma narsani qanday talab qilishsa, shunday qilib bajarasiz yoki sinfdoshlaringiz o’qituvchinnng aytganlarini aniqroq bajarishadi.
9 .Bolalar sizga nisbatan makkorlik qilayapti deb o`ylaysizmi yoki ular sizga do‘stona munosabatda bo`lishadi
10. Siz har doim hamma narsani yaxshi bajarsiz yoki ba’zi kunlari hech narsa ko’glingizdagidek bo`lmaydi.
11.. «Muz», «bur», «chor», so`zlari ko`proq qaysi so`z bilan umumiylikka ega: «suv» yoki «bo‘ron» yoki qish.
12. Siz dars vaqtida jim o’tirasiz yoki qimirlab o’tirishni yoqtirasiz.
13. Ba’zan siz onangiz ehtiroz bildirasiz yoki siz undan qo’rqasiz.
14. O’rmonda parkda, chang`ida sayr qilish ko`proq yoqadi yoki baland tog`larda chang`da sayr qilish ko`proq yoqadi.
15.«Yurmoq» so`zi «chopmoq» so`ziga qanday munosabatda bo`lsa, «sekin» «ohista» yoki «emaklab» yoki «tez».
16. O`zingizni doim-hushmuomala deb hisoblaysiz yoki ba’zan qo’pollik qilasiz.
17. Siz bilan kelishish qiyin (o`z fikringizdan qaytmaysiz) yoki siz bilan osonlikcha kelishish mumkin.
18. Bolalardan kim bilandir narsalaringizdan (qalam, ruchka, lineykangizni) almashgansiz yoki hech qachon bunday qilmagansiz?
19. Sonlar qatori berilgan: 7,5,3, bu qatordan keyingi son necha? yoki 1 yoki 9.
20. Ba’zan quloq solmaydigan bola bo`lgingiz keladi yoki bunda istak sizda hech qachon bo`lmagan.
21. Onangiz hama narsani sizga qaraganda yaxshi bajaradi yoki ko`pincha sizni taklifingizni inobatga oladi.
22. Agar siz hayvon bo`lishingizga to`g`ri kelsa, bajanodil ot bo`lardingiz yoki arslon (yo’lbars) bo`lardingiz.
23. So`zlar guruhi berilgan: “ba’zilari”, “ hamma”, “ko`pincha”, “hech kim”, bir so`z boshqalariga to`g`ri kelmaydi. Bu qaysi so`z? “ko`pincha” yoki “hech kim” yoki “hamma”
24. Sizga hushxabar aytishganida sal hursand bo`lasiz yoki siz hursandlikdan sakragingiz keladi.
25. Agar sizga kim yaxshi munosabatda bo`lmasa, siz uni kechirasiz yoki siz ham xuddi shunday munosabatda bo`lasiz.
26. Basseynda sizga nima ko`proq yoqadi: so`zish yoki minoradan sakrash. Eng katta? Gulnozami? Dilnozami? yoki Dilafruz?
27. Gulnoza, Dilnozadan kichiq, Dilafruz Gulnozadan kichiq. Kim eng katta? Gulnozami, Dilnozami yoki Dilafruzmi?
28. Ba’zan o`qituvchi e’tiborli emasligingizni daftardan ko`p ko`chirib yozishingizni aytadi, yoki u bu haqida hech qachon gapirmaydi.
29. Bahslarda nima bo`lganda ham o`zingiz istagan narsani isbotlashga harakat qilasiz yoki xotirjam yon berishingiz mumkinmi?
30. Urush haqida tarixni eshitish siz uchun qiziqmi yoki hayvonlar xaqidami?
31. Siz har doim sinfingizga kelgan yangi o`quvchilarga yordam yoki odatda buni boshqalar qilishadimi?
32. Boshingizdan kechirgan ko`ngilsiz voqealar haqida uzoq vaqt eslab yurasiz yoki unutib yuborasiz.
33. O`yinda tovushdan tez uchadigan samolyot uchuvchisini bajonidil tasvirlab berasiz yoki mashxur yozuvchi (balerina) rolini tasvirlab berasiz.
34. Onangiz qiyinganda mayus bo`lib yurasiz yoki deyarli kayfiyatingiz buzilmaydi.
35. Siz har doim sumkangizni kechqurun tayyorlab qo`yasiz yoki ba’zan buni ertalab qilasiz.
36. O`qituvchi siz haqingizda maqtov so`zlarni kam gapiradmi?
37. O`rgimchakni qo`lingiz bilan ushlay olasizmi yoki O`rgimchak sizga yoqmaydimi?
38. Ko`pincha hafa bo`lasizmi yoki bu kamdan kam ro`y beradimi?
39. Ota-onangiz uxlash vaqti buldi deganda, darrov uxlaysizmi) yoki ozroq o`z ishingiz bilan shug`illanasiz.
40. Notanish kishi bilan gaplashishga to`g`ri kelsa uyalasizmi, yoki tortinmaysiz?
41. Siz rassom bo`lishni orzu chilasizmi yoki ovchi (yaxshi sartarosh).
42. Qilgan ishlaringiz barchasi muvaffakiyatli chiqadimi yoki muvaffaqiyatsizliklar bo`lib turadi.
43. Agar masala shartini tushunmasangiz o‘rtog`ingizga murojat qilasizmi yoki o’qituvchiga murojaat qilasizmi.
44. Bo`lib utgan kulgili voqealarni hamma kuladigan qilib aytib bera olasizmi yoki bunday qilish oson emas deb o`ylaysizmi?
45. Darsdan so`ng bir oz o’qituvchi oldida cholgingiz keladimi yoki darrov koridorga chiqib o’ynagingiz keladimi?
46. Ba’zan hech narsa qilmay o’tirganingizda, o`zingizni yomon his
qilasizmi yoki sizda bunday bo`lmaydimi?
47. Maktabdan qaytayotganingizda bir oz o’ynaysizmi yoki darslardan so`ng darrov uyga qaytasizmi?
48. Har doim ham ota-onangiz gaplaringizni eshitadilarmi ular
ko`pincha bandlarmi?
49. Uydan chiqa olmaganingizda hafa bo`lasizmi yoki bu sizga ta’sir qilmaydimi?
50. Siz kam yoki ko`p qiynalasizmi?
51. Bush vaqtingizda jon deb kinoga borasizmi yoki xovliga daraxtlar (gullar) ekasizmi?
52. Onangizga maktabda bo`lib o’tgan voqealar haqida bajondil gapirib berasizmi yoki sayrlar, sayohatlar haqida gapirasizmi?
53. Do‘stlaringiz narsalaringizni so‘roqsiz olishsa, hech nima bo`lmadi. deb hisoblaysizmi yoki siz ulardan hafa bo`lasizmi?
54. Kutilmagan tovushdan cho‘chib ketsizmi yoki siz atrofga nazar solasizmi?
55. Bolalar (qizlar) bilan bir-biringiz biron narsa hikoya qilib berish ko`proq yoqadimi yoki o`ynash ko`proq yoqadimi?
56. Hayajonlanganligingizda qattiq gapirasizmi yoki siz ham doim xotirjam gapirasizmi?
57. Darsga jon berib borasizmi yoki telefizorda futbol bo`yicha uchrashuvni tomosha qilasizmi.
58. Radioni eshitayotganingizda telev
izor ko‘rayotganingizda boshqa tovushlar sizga halakit beradimi yoki siz ularni sezmaysizmi.
59. Maktabda sizga qiyin, sizga osonmi?
60. Agar uyda nimadandir jahlingiz chiqsa, sekingina xonadan chiqib ketasiz yoki xonadon chiqib ketayotgan eshikni qattiq yopasizmi?
Shunday qilib savolnoma bir-biriga o’xshash ikki qismdan iborat bo`lib, har bir qismda 60 tadan savol bor, hammasi bo`lib 120 ta shkala mavjud bo`lib, ularning har birida 5 tadan savollar bor. Har bir savolga muhim ahamiyatli javob 1 ball bilan baholanadi. Har bir shkala bo`yicha ballarning yig`indisi maxsus jadvallar yordamida baholash devorlariga aylantiriladi.

Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish