Boshlang`ich sinflarda ta`lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish



Download 477,5 Kb.
bet1/11
Sana24.11.2022
Hajmi477,5 Kb.
#871263
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOSHLANG`ICH SINFLARDA TA`LIM-TARBIYA JARAYONINI RIVOJLANTIRISH

BOSHLANG`ICH SINFLARDA TA`LIM-TARBIYA JARAYONINI RIVOJLANTIRISH.


Iqtidorli bolalarning rivojlanishi jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir bo`ladi. Bular irsiyat, ya'ni biologik omil hamda muhit, ta’lim va tarbiya, shaxs faolligi (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi.
Muhit, ta’lim va tarbiya, shaxs faolligi natijasida o`quvchilarda iqtidor shakllanadi. Hozirgi zamonda o’rganiladigan bilimlar miqdori shunchalik ko`pki, ularni darslikka to’liq sig’dirib bo`lmaydi. O’qituvchi ham dars jarayonida barcha ma’lumotlarni bevosita tushuntirib berish imkoniyatiga ega emas. SHuning uchun o`quvchilarni mustaqil bilim olishga, ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga, fikrlarini erkin bayon etishga, mustaqil ravishda xulosalar chiqarishga o`rgatadigan o’qitishning yangicha texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish zaruriyati tug’ilmoqda.

1.1§. Iqtidorli bolalarni aniqlash usul- vositalari


Iqtidor arab tilidan olingan so`z bo`lib, moyillik, xoslik kabi ma`nolarni beradi. Qadimda bolaning iqtidoriga qarab, kelajakda kim bo`lishini aniqlaganlar. Savdogar olimning oldiga farzandini olib kelibdi. Uning katta donishmand bo’lishini istabdi. Bola bir haftada ham ustozning birinchi sabog`ini o`zlashtirmabdi. Olim savdogarga o`g`lidan olim chiqmasligini aytib, bolaning qo’liga kitob berib, qandayligini ayt debdi, bola kitobning muqovasi oddiy, lekin o`zi xitoy qog`ozidan ekanligini, uning narxini aniq belgilab beribdi. Olim boladan donishmand emas, savdogar chiqishini isbotlabdi. Qadimda hunarmandning bolasi hunarmand, shohning bolasi shoh bo`lgan, ta`lim-tarbiya, muhit shuni taqozo etgan.
Rivojlanayotgan jamiyatimizda esa ta`lim jarayonini isloh etish bolalarning kelajakda iqtidori bor kasbga yo`naltirish talab etilmoqda. Mamlakatimizda iqtidorli bolalarni quyidagi yo`nalishlar bo`yicha tanlab olib, ularga shart-sharoit yaratilmoqda.
Shaxsning iqtidorini aniqlashda hamda o’rganishda eksperimental metodikalar majmui qo’llaniladi. S.Ya.Rubinshteyn (1970); B.V.Zaygarnik (1976); V.M.Bleyxer (1976); Ye.T.Sokolova (1980); L.F.Burlachuk, S.M.Morozov (1989) tadqiqot usullari o`zining afzalligi bilan ajralib turadi.
Bolalarning iqtidorini aniqlashda ularning diqqati, xotirasi, tafakkurlashi inobatga olinadi va bu ayrim adabiyotlarda psixodiagnostika deb yuritiladi. Ilk bolalik davrining psixodiagnostikasi turli yosh davrlarida bola rivojlanishini baholashda imkon beradigan uning psixik taraqqiyot me’yorlariga mos emasligini aniqlash, mavjud me’yorlar chetga chiqishlarini aniqlash, uni tuzatishning individual choralarini rejalashtirish va oldini olish bo`yicha vositalar va metodlar majmuidan iborat.
Turli yosh davrdagi bolalar guruhini tekshirishning o`z xususiyatlari mavjud. Masalan, chaqaloqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensomotor harakatlarini o’rganishga mo’jallangan metodlar qo’llaniladi: boshini ushlab turishi, predmetlarni ushlashi, o’tirishi, qayrilib qarashi, predmetning orqasidan ko`z bilan qarashi va boshqalar, (A.Anastazi, 1982). 3 yoshdan 6 yoshgacha bo`lgan bolalarni tekshirishda bolalarni sodda harakatlarni yoki og`zaki qo’llanmalarni bajarishga qaratilgan topshiriqlar beriladi. Qalam va qog`oz, plastilin va boshqa o`quv vositalari qo’llaniladigan topshiriqlar bola katta bo`lgan sayin qiyinlashtirib boriladi. bola hayotining dastlabki yillarida jismoniy va ruhiy sifatlarining rivojlanishida sensomotor faollik bosh miya faoliyatida shartli reflektor aloqalarning mustahkamlanishiga imkon beradi. (Ya.P.Frumkin, S.M.Livshits,1979). Ular shu bilan birga temperament, iroda hissiyot xususiyatlarining hamda bilish psixik jarayonlarining rivojlanishiga imkon beradi. (E.A.Golubeva, 1980; E.A.Ayurova, 1986).
Masalan; 1-2 yoshli bolalar sensomotor sohasini tekshirishda an’anaviy metodlardan foydalanib, u yoki bu harakat mamlakatlarining qanday shakillanganligiga, ular ma’lum yosh davridagi o’rtacha ko’rsatkichga qanchalik mosligiga e’tibor beriladi. Ko`pincha bu tadqiqotlar bolalar motor harakat rivojlanishidagi kechikishlarni aniqlashga qaratilgan bo`ladi. Harakat rivojlanishida kechikish mavjudligi keyinchalik bolalarning barcha psixik taraqqiyotida kechikish sodir bo`lishining ob’ektiv zamini sifatida qaralishi kerak. Shu bilan birga, erta yurgan bola o`z tengdoshlarini barcha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish ham xatodir. Bola hayotining birinchi ikki yildagi umumiy jismoniy taraqqiyot bolaning keyingi aqliy taraqqiyotini belgilamaydi.
Bolaning sensomotor sohada rivojlanish darajasi haqida uning atrofidagi turli predmetlar, jumladan, o`yinchoqlar bilan harakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O`yinchoqdan diagnostik qurol sifatida foydadinish faollik darajasi hamda predmetlardan foydalanishda amaliy ko’nikmalarning mavjudligini aniqlash imkonini beradi.
Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik metodikalardan foydalanish mumkin. Chunki xuddi shu davrdan boshlab, so`zli topshiriqlarni bajarish bo`yicha yo’l-yo’riqlarni tushuna boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan bo`ladi, bilishga qiziqish rivojlangan bo`ladi, u kattalar bilan birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq ishtirok etish holatida bo`ladi.
Bolalarning iqtidorini aniqlashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin.

Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish