1.2§. Boshlang`ich ta`lim jarayonida iqtidorli bolalarni aniqlashda qo`llanadigan so`rovnomalar
Insonning individual-psixologik xususiyatlarini, shuningdek uning asosiy shaxsiy hislatlari esktravertlik, interavertlik va turg`unlikni o`rganishga mo`ljallangan. (N. Yeux. epsk, 1963.«A» va «V») variantlari va bitta bolalar varianti mavjud. Savolnomaning kattalar varianti 45 savoldan iborat bo`lib, 24 savol ekstra va intravertlikni aniqlashga va 24 savol neyrotizmni aniqlashga mo‘jallangan, shuningdek, 9 ta savol «yolg`onchilik» shkalasidan iborat bo`lib, sinaluvchining qay darajada haqqoniy javob berayotganligini aniqlash mumkin. «Kalit» bilan mos tushgan javoblar 1 ball bilan baholanadi. «Ha» yoki «yo‘q» javoblari 12 balldan ortiq ko‘rsatkich shaxsning ekstravertligidan dalolat beradi, 12 balldan kam ko‘rsatkich intervertlikdan dalolat beradi. Neyrotizm (turg`unlik) shkalasi bo`yicha 12 baldan ortiq ko‘rsatkich hissiy noturg`runlikni aks ettiradi. Yolg`onchilik shkalasi bo`yicha 4-5 ball tanqidiy ko‘rsatkich olib, sinaluvchining savollariga faqat «yaxshi» javob berishga moyilligidan dalolat beradi. Bu esa neyrotizm, ekstra va intraversiya shkalalari bo`yicha ko‘rsatkichlarning ishonchligiga ta’sir qilgan.
Qoidaga ko‘ra, sinaluvchi savol, unda aks etgan xulq-atvor modelini taqiqlaydi yoki inkor etadi. Maxsus kalit-jadval yordamida ekstraversiya, intraversiya turg`unlik omillarini aks ettiruvchi xarakterli xususiyatlar aniqlanadi.
Tipik ekstravert-boshqa odamlarga tez kirishib ketadigan inson, boshqa odamlar bilan muloqot qilishga, yangi taassurotlarga doimo intiluvchi odam. U do`stlarni yoqtiradi. Ko`p do‘stlari tanishlari bor, beparvo, umid-ishonch bilan to‘lgan, kulgini yoqtiradigan odam. Tajovuzkor, serjahl, ta’sirchan inson bo`lib, ko`pincha daqiqa ta’sirida harakat qiladi. His-tuyrularni qattiq nazorat qila olmaydi. tanishuvchi odatda yaqinlashish uchun birinchi so`z boshlaydi. Yolg`iz ishlashni va shug`ullanishni yoqtirmaydi.
Tipik ekstravert va intravertlar qolgan boshqa ko`pchilik odamlar joylashadigan qutblar hisoblanadi
Ayzenk savolnomasi bo`yicha tipik nevrotik qisman Freyd g`oyalari asosida ishlangan bo`lib, onglilik va ongsizlik o‘rtasida yorqin nizolarni xarakterlaydi, shuning uchun ham salbiy his-tuygularni yomon boshqaradi. Hissiy noto‘g`runlik odatda insonning gap ko‘tara olmasligi bilan bog`langan bo`lib, u o`ziga ishonmaydi, boshqa odamlarning yordamiga yoki qo`llab-quvvatlashiga doimo muhtoj. Uning kayfiyati o`zgaruvchan. U ko`pincha bunga jiddiy asos bo`lmasada o`zini baxtsiz, nimadandir boshqalardan yomon his qiladi, ba’zan u o`zini aybdor his qiladi. U orzu qilishni har narsadan shubha qilishni yoqtiradi, jizzaki bo`lib turadi. Nevrotik odatda boshidan kechirgan ko`ngilsizlikni uzoq vaqt saqlab yuradi, muvaffaqiyasizlikdan qo‘rqadi. Unga qaror qabul qilish qiyin, vaziyat
shuni talab etsa-da o`z niyatlaridan voz kechishi ham qiyin. Nevrotik uchun tashqi psixik funktsiyalarni to‘liq saqlash xos.
Hissiy turg`un inson o`z hissini holatini boshqara oladi, odamlar biror xil muloqatga kirishadi. Uni muvozonatdan chiqarish qiyin. U boshqalar tomonidan doimiy qo`llab quvvatlashga muxtoj emas, jizzaki odam.
Yuqorida qayd etilgan shaxs xulq-atvori stereotiplari faqatgina tug`ma hislatlar natijasi emas, balki muhit ta’sirining ham natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |