Bolalar rivojlanishidagi nuksonlarning klinik asoslari


YALLIG‘LANISH-KASALLIKLARI



Download 2,24 Mb.
bet19/54
Sana07.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#535756
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
Difektalogiya

YALLIG‘LANISH-KASALLIKLARI
Quloq saramasi
Quloq saramasi – gemolitik streptokokk qo‘zg‘atadigan va quloq terisida o‘tkir yallig‘lanish o‘zgarishlari bilan xarakterlanadigan yuqumli kasallik. Bemor qulog‘i shishib, qizarib ketadi, eti uvushadi, tana harorati ko‘tariladi, quloq suprasi achishib og‘riydi. Tekshirganda yaqqol chegaralangan shish va qizarish aniqlanadi. Bu kasallikni perixondritdan farqlash lozim.
Davosi: keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotiklar va sulfanilamid preparatlar buyuriladi. Terining yallig‘langan joyi ultrabinafsha nurlar bilan nurlantiriladi, zararlangan teriga tarkibida antibiotiklar bo‘lgan moylardan malhamlar qo‘yiladi.
Perixondrit. Perixondrit – tog‘ayning biriktiruvchi to‘qimali pardasining yallig‘lanishi. Ko‘p hollarda shikastlangan joyga ko‘k yiring tayoqchalari yoki turli kokklar tushib yallig‘lanishga olib keladi. Quloq suprasi ko‘zdan kechirilganda qizargan va shishgan, paypaslanganda qattiq og‘riq bo‘ladi. Faqat quloq yumshog‘ida o‘zgarishlar kuzatilmaydi.Tog‘ay va tog‘ay usti pardasi orasida yiringli ekssudat paydo bo‘lishi tufayli fluktuatsiya yuzaga keladi.
Davosi: perixondritning kataral shaklida isituvchi spirtli kompresslar, ozonterapiya va hokazolar buyuriladi. Keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotiklardan eritromitsin, tetrasiklin, oletetrin qo‘llaniladi. Quloq suprasining shikastlangan joyiga 5% li yod nastoykasi, 1 % li kumush nitrat eritmasi surtiladi. Yiringli shaklida jarrohlik davo usullari qo‘laniladi.
Quloq ekzemasi
Ekzema quloq suprasining orqa tomonida kuzatiladi, ekzemaning quruq va nam turlari tafovut qilinadi.Patologik jarayon so‘rg‘ichsimon o‘siqchaga o‘tish chegara-sida boshlanib, atrofga tarqala boshlaydi. Bu xastalik yuqmaydigan bo‘lib, tugun-chalar, tangachalar yiring hosil qiladi va qichima bilan o‘tadi. Xastalik o‘rta quloqdan yiring oqib, tashqi quloq yo‘lini qichishi natijasida kelib chiqishi mumkin.
Davosi: yallig‘langan joyga spirtning toza eritmasi yoki bura suyuqligidan surtib, bog‘lab qo‘yiladi. Ultrabinafsha nurlari bilan nurlantiriladi. Gidrokortizon, oksi-kort moyli dorilarini surtish ham yaxshi natija bermoqda. Ko‘p hollarda ekzema surunkali shaklda kechadi.


Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish