Laboratoriya ishi ishning nomi: Astar va isituvchi qatlam tayyorlash. Ishdan maqsad: Astar va isituvchi qatlam tayyorlashni, astar va isituvchi qatlamni avraga moslab qirqishni o‘rganish



Download 52,09 Kb.
Sana22.06.2022
Hajmi52,09 Kb.
#690718

11-12- LABORATORIYA ISHI
Ishning nomi: Astar va isituvchi qatlam tayyorlash.
Ishdan maqsad: Astar va isituvchi qatlam tayyorlashni, astar va isituvchi qatlamni avraga moslab qirqishni o‘rganish.
3. Ishning nazariy qismi.


Kiyimning o‘ngi tomoni pastga qaratib stol ustiga yoziladi, bort tomoni ishchiga qaratib qo‘yiladi. Astar va isituvchi qatlamni kiyim ustiga yozib qo‘yiladi. Astar va isituvchi qatlam kiyimni borti bo‘ylab bemalol etadigan va ko‘krak qismida undan solqi xosil qilish mumkinligi ham xisobga olinadigan uzunlikda bo‘lishi kerak. Qirqimlarini tekislab qirqib, nazorat belgilari qo‘yiladi. Astar va isituvchi qatlam adipning ichki qirqimini 20mm yopib turadigan bo‘lishi kerak. Astar va isituvchi qatlamni avraga ko‘klab ulash. Astar va isituvchi qatlamni adipning ichki qirqimiga nazorat belgilarini bir-biriga to‘g‘ri keltirib, astar yoqa o‘mizining o‘rtasiga ilgichni qo‘yib mo‘yna yoqa qirqimiga ham astar ko‘klab ulanadi. CHok kengligi 9mm.
Astar va isituvchi qatlam avra eng uchining qirqimiga tirsak choklarini to‘g‘rilab ko‘klanadi. CHok kengligi 9mm. Astar va isituvchi qatlamning avraga to‘g‘ri ko‘klab ulanganligi tekshirib ko‘riladi. Manekenda kiyimni kiydirilib, qiyshayib, qoyilib va ezilib qolgan joylari yo‘qligi tekshiriladi.
Astar va isituvchi qatlam avraga chatib puxtalab qo‘yish:
- isituvchi qatlam va astar eng choklariga (old va tirsak), eng uchining qirqimiga chatib puxtalanadi.
- mo‘yna yoqaga isituvchi qatlam va astar ulangan chokni ostki yoqa o‘tkazma chokiga chatib puxtalanadi
- isituvchi qatlam va astar englarini o‘tkazma choki elka qismida, avra elka chokiga puxtalanadi, bunda astar va isituvchi qatlam engini eng o‘miziga o‘tkazayotganda bahyaqator tagiga qo‘yib, ketilgan gazlama parchasi yordamida chatib puxtalanadi.
Astar va isituvchi qatlamning eng o‘tkazma chokining pastki qismi avra engining o‘tkazma chokiga chatib puxtalanadi.
Astar va isituvchi qatlamning etak qirqimiga ishlov berish:
- Astar va isituvchi qatlam etagining qiyshiq joylari qirqib tashlanadi.
- Isituvchi qatlam tomondan Astar va isituvchi qatlam qirqimlarini bukib ko‘klash.
- Astar va isituvchi qatlam etagini astar tomondan siniq baxyaqatoli maxsus mashinada bukib tikish.
- bukib ko‘klangan qaviqqator iplarini so‘kib tashlash.
- astar etagini dazmollash.
Isituvchi qatlamga ishlov berish.
Zamonaviy qishki kiyimlar isituvchi qatlamiga sintefon ishlatiladi. Astar va isituvchi qatlamni pragrammalashtirilgan guliga moslab, maxsus mashinada qoviladi. Maxsus mashina bo‘lmasa, andoza yordamida chizilgan gullari universal mashinada qoviladi. Qovishdan oldin astar sintefon ko‘klab olinadi. Qovishda 2 shoxli surma chizg‘ich ishlatiladi.

6-rasm. Astar bichish va qavish
4. Ish joyini jixozlash.
1. Astarlik gazlama, old bo‘lak, ort bo‘lak, yeng astarlari, sintefon.
2. Qaychi, mel, ip, dazmol
3. Tikish uchun mashina
4. Kerakli malumotlar.
5. Ishni bajarish tartibi.
Old bo‘lak, ort bo‘lak, eng bo‘lagining astarining teskari tomoniga sintefon yopishtirilib, nazariy qismda aytilganiday qavib chiqamiz.
6. Hisobot mazmuni.
1. Ishni bajarish uchun boshlang‘ich malumot.
2. Qavib tayyorlangan bo‘laklar.
3. Xulosa.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.
7. Nazorat uchun savollar.
1. Astar va isituvchi qatlam qanday qo‘yiladi?
2. Astar va isituvchi qatlam avraga to‘g‘ri ko‘klanganligi qanday tekshiriladi?
3. Agar modelda astarning ichki cho‘ntagi bo‘lsa nima qilinadi?
8. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. M.SH.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi" Toshkent 1977y.
2. G.K.Qulijonova "Engil sanoat mahsulotlari texnologiyasi" Toshkent 2002y.
3. "Ayollar ust kiyimining tikuvchisi, chevar" o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2003y.
Download 52,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish