Mavzu: Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i Yer solig‘ini to‘lovchilar soliq solish ob‘ekti sifatida quyidagilar qaralmaydi:
a) aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari jumlasiga maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi yerlari va boshqa shu kabi yerlar;
b) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
v) kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ularni utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar);
g) zahira yerlar.
Yerlardan noqishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanadigan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli qaroriga asosan quyidagicha guruhlanadi: - 1. Sug‘oriladigan jamoat qishloq xo‘jaligi yerlari uchun undiriladigan yer solig‘I stavkalari.
- 2. Lalmi ekinzorlar, bo‘z yerlar va ko‘p yillik ko‘chatlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
- 3. Sug‘orilmaydigan pichanzorlar va yaylovlar uchun undiriladigan yer solig‘I stavkalari.
- 4. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
- 5. Toshkent shahrida yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig‘I stavkalari.
- 6. Shahar va posyolkalardagi yer uchastkalaridan olinadigan yer solig‘I stavkalari.
- 7. Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari.
- 8. Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun fuqarolardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari
Ma‘muriy va sanoat markazlariga nisbatan olganda yer uchastkalarining joylashish joyiga bog‘liq holda qishloq joylari uchun belgilangan yer solig‘I stavkalariga quyidagi koeffitsientlar qo‘llanadi: - -Toshkent shahri atrofida 20 km lik aylanada - 1.30;
- -Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti va viloyat markazlari atrofida 15 km lik aylanada - 1.20;
- -tuman markazlari atrofida 10 km lik aylanada - 1,15;
- -boshqa shaharlar atrofida 5 km lik aylanada - 1,10.
Dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan yer solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida yer solig‘i stavkalariga, yer sifatiga bog‘liq holda quyidagi koeffitsientlar qo‘llaniladi: - -tuproq boniteti 40 ballgacha bo‘lsa - 0,75;
- -tuproq boniteti 41 dan 70 ballgacha bo‘lsa - 1,0;
- -tuproq boniteti 70 balldan ortiq bo‘lsa - 1,25.
Shahar va qo‘rg‘onlarning ma‘muriy chegaralarida joylashgan kon va karerlar band etgan yerlar uchun soliq korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun belgilangan stavkalarga 0,1 koeffitsientini qo‘llagan holda to‘lanadi. Yer solig’i to’lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari — o’z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanadigan yer uchastkalari uchun;
2) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg’armasi va «O’zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil qilgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo’lgan xodimlar kiritiladi;
3) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to’xtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo’llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo’llanilgan butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |