Parkent uzumi. Parkent zonasida keng tarqalgan bo‘lib, O‘zbekistonning boshqa rayonlarida ham yetishtiriladi, po‘sti qalin, uncha pishiq emas, mumsimon g‘ubor bilan qoplangan. G‘ujumi sersuv. Sovuqqa chidamli emas. G‘ujumlarining qa-linligi 15–17 foiz ba’zan 23–24 foiz bo‘ladi. Xo‘raki nav bo‘lib, shampan va o‘rtacha shirin vinolar tayyorlashda ishlatiladi. O‘rtacha hosildorligi 230–250 s/ga.
Charos – bu keng tarqalgan va eng yaxshi xo‘raki navlar-dan biri hisoblanadi. Uzum boshlari konussimon shaklda, vazni 300 gr. G‘ujumlari o‘rtacha yirik, yumaloq, ovalsimon, ba’zan bir oz yassi qora rangda mumsimon g‘ubor bilan qalin qoplan-gan bo‘ladi. G‘ujumi sersuv, po‘sti qalin. Ta’mi oddiy, xushxo‘r. Nisbatan sovuqqa chidamli, namsevar. G‘ujumlarining qandli-ligi 21–32 foiz, kislotaliligi 5,5–8 lg. O‘rtacha hosildorligi 200– 220 s/ga.
Do'stlaringiz bilan baham: |