37-rasm. Uzum.
«Qora janjal» navi.
«Qora kishmish» navi.
Oq vassarga. Bu Markaziy Osiyoning qadimgi mahalliy navi bo‘lib, uzum boshlari o‘rtacha kattalikda, ba’zan yirik, silindr-konussimon, ko‘pincha sershox, g‘ujumlari o‘rtacha zich joylash-gan. Eti tig‘iz, qarsillaydigan bo‘ladi. Po‘sti yupqa, ta’mi oddiy. Nisbatan qurg‘oqchilikka chidamli, o‘rtacha hosildorligi 100– 120 s/ga.
Qora kishmish. G‘ujumi urug‘siz, keng tarqalgan nav. Uzum boshlari konussimon, ba’zan qanotchali tig‘iz va siyrak, vazni 180 grammdan 250–300 g gacha bo‘ladi. Avgustning yarmida pi-shadi. Hosildorligi yuqori bo‘ladi, oidium kasalligiga chidamsiz.
Qora kishmishdan mayiz olishda keng foydalaniladi. 1 kg sifatli mayiz olish uchun 3,5–4 kg ho‘l meva sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |