Vengriya muskati. Shampan, desert vinolari va uzum suvi tayyorlash uchun chetdan keltirilgan xo‘raki va vinobop nav. G‘ujumlari o‘rtacha, yirik, yumaloq, xira yashil, eti qarsil-laydigan, sersuv, po‘sti tig‘iz bo‘ladi. Sovuqqa o‘rtacha chidamli, g‘ujumlarining qandliligi 25–26 foizga, kislotaliligi 4,3–5 lg ga yetadi.
Nimrang. Markaziy Osiyoda keng tarqalgan nav. G‘ujumlari yirik, teskari tuxumsimon, ba’zan nosimmetrik, quyosh tushgan tomoni pushti yoki qizil tusda oqish-sariq rangda, sersuv, qarsil-laydigan bo‘ladi. Nimrang navi yuqori hosildorlikka ega bo‘lib, o‘rtacha hosildorligi 220–250 s/ga ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |