Xo‘raki va kishmish navlari. Oq haliliy. Bu nav Turkma nistondan keltirilgan. Barg yaprog‘ining chetlari yuqoriga qay-rilgan, yaproqlari buraladigan bo‘lib, bu hol bargga tarnovcha-varonkasimon shakl beradi.
Uzum boshlari konussimon, g‘ujumlari zich yoki siyrak joylashgan bo‘ladi. G‘ujumlari o‘rtacha kattalikda silindrsimon yoki konussimon. Rangi oqish yoki yashil-sariq rangda, ba’zan «qoracha» bo‘ladi. Po‘sti yupqa, elastik, pishiq, seret, sersuv ta’mi xushxo‘r.
Bu ertagi nav bo‘lib, O‘zbekiston sharoitida iyulning ik-kinchi o‘n kunligida pishadi. Sovuqqa chidamsiz, nisbatan qurg‘oqchilikka chidamli. G‘ujumlarning qandliligi 18–19 foiz-ga yetadi, titrlanadigan kislotaliligi 4–5,6 lg, o‘rtacha hosildorligi 120–150 s/ga.
Do'stlaringiz bilan baham: |