II. UZUMCHILIK
1. TOKNING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI,
TEXNIK TUZILISHI. UZUM NAVLARI
(2 soat)
Toklar oilasi 600 ga yaqin turdan iborat, 11 avlodni o‘z ichi ga oladi. Ularning ba’zilarigina ekiladi va meva olish hamda dekorativ maqsadlar uchun foydalaniladi. Tok organlarining tuzilishi ular o‘sayotgan sharoitga bog‘liq bo‘lib, bir-biridan katta farq qiladi. Ularning ildizi uzun, cho‘ziq katak ildiz bo‘lib, kamdan-kam holda tuganakka o‘xshab bo‘rtib chiqadi. Novdalardagi bo‘g‘imlar orasi uzoq barglari qarshisida jinga laklari bo‘ladi. Barglari yirik, butun, panjasimon, odatda ke yinchalik tushib ketadigan ikkita yon bargchali bo‘ladi. To‘pguli alohida shingil, soyavon ro‘vak shaklda. Ular odatda bargning qarshisida joylashadi. Gullari mayda yashil, ikki jinsli va ayrim jinsli bo‘ladi. Kosalari qo‘shilib o‘sgan. Gultojisi to‘rtta, yettita tojli barglardan tuzilgan. Guli ochilganda xuddi yulduzchaga o‘xshaydi. Otaligi 4–5 ta, chang donori ikki uyali. Tugunchasi ikki uyali, har bir uyada ikkitadan urug‘ kurtak bo‘ladi. Ona-lik tumshuqchasi kosasimon, mevasi seret, shirali yoki urug‘li quruq meva.
Do'stlaringiz bilan baham: |