Kurash choralari. Bog‘ yaxshilab parvarish qilinadi. Da-raxtlar o‘z vaqtida butalab, daraxt tanalarida hosil bo‘lgan katta yaralarga bog‘ zamazkasi surkaladi. Qurib qolgan daraxtlar kun-dakav qilinadi. Qurib va kuchi ketib qolgan butalar kesib olinadi.
Ko‘chatzorlarda zararkunandalarga qarshi kurash uchun bel-gilangan choralar ko‘riladi. Daraxtlar gullaganidan keyin 0,1– 0,15 foiz anabazin yoki nikotin sulfat sepiladi.
Binafsha rang qalqondor (parlatoria jleeaee colvce) ham-ma meva daraxtlariga tushadi. Zararlangan daraxtlar zaiflashib tobora kuchini yo‘qotadi. Bu novdalar, barg va mevalarning shirasini so‘radi. To‘qimalarda binafsha rangli o‘yiqchalar pay-do bo‘ladi.
Tashqi ko‘rinishi. Urg‘ochi qalqondorlarning tanasi kul-rang mumga o‘xshaydi, yumaloq qalqoncha bilan qoplangan. Bo‘yi 2,5 mm gacha va oldingi chetida qizil rang lichinka po‘sti bo‘ladi. Tanasi binafsha rang bo‘g‘inli, oyoq-mo‘ylovlari uncha lik rivojlanmagan.
Tuxumi binafsha rang, cho‘zinchoq bo‘lib 0,2 mm gacha uzunlikda bo‘ladi. Yangi chiqqan lichinkasi 0,2 mm, qizg‘ish bi-nafsha rang, oyoq va mo‘ylovlari yaxshi rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |