Yarusli shox-shabbalar. Qator meva turlari (olma, nok, gi-los va boshqalar) erkin o‘sayotganda asosiy shoxlar tanada ya-ruslanib joylashadi, yarusda 3–5 tadan shox bo‘ladi. Shox-shab-baning bu tipi qator mukammallashtirilgandan keyin bog‘larda mutovka-yarusli shox-shabba nomi bilan qabul qilinadi. Shox-larning past tanali yoki o‘rtacha tanali bo‘lishi, mutovka bo‘lib joylashishi, shox-shabbada markaziy tananing (lider) saqlangan bo‘lishi uning asosiy xususiyatlaridir.
Yarussiz shox-shabbalar. Tana bo‘ylab ketma-ket, bir-biri-dan ma’lum oraliqda joylashishi asosiy shoxlarning xususiyati hisoblanadi. Markaziy tana yoki daraxtning lider shox-shabbasi butun hayoti davomida saqlanib qoladi yoki yuqoridagi oxir gi shox hosil qilingandan keyin kesib tashlanadi (o‘zgargan lider). Shox-shabbaning bu tipi Amerika Qo‘shma Shtatlarida qabul qilingan. Hozirgi vaqtda bizning mamlakatda bu tizim qo‘llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |