Nok daraxtini o‘g‘itlash. Nok, ayniqsa behiga payvand qilin gani, o‘g‘itga talabchan bo‘ladi. Olma daraxtini o‘g‘itlash uchun qabul qilingan ko‘p miqdordagi mineral o‘g‘itlar, 20 t go‘ng nok hosilini nazoratdagiga qaraganda 2–3 marta oshiradi. O‘g‘itni nok uchun ham, taxminan, olma uchun qabul qilingan miqdorda berish mumkin.
O‘rik daraxtini o‘g‘itlash. Farg‘ona vodiysidagi shag‘al-toshli yerlarda har gektar hisobiga quyidagi miqdor: azot 120 kg, fosfor 60 kg, kaliy 30 kg va go‘ng 20 t hisoblanishi mum-kin; hosil yuqori bo‘lganda mineral o‘g‘it miqdori ikki baravar ko‘paytirilishi yaxshi natija beradi.
Bunday tuproqlarda har gektariga 2000 chelak miqdorida (15 tonnaga yaqin) ikki muddatda: kuzda kuzgi shudgor oldidan va bahorda qo‘shimcha oziqlantirish sifatida najas (fekaliy) solish ham yaxshi natijalar beradi. Go‘ngni bu miqdorda solish o‘rik hosilini nazoratdagiga qaraganda besh baravar ko‘paytirdi.
Bog‘ning qator oralariga vaqti-vaqti bilan (har ikki–uch yil-da) yashil o‘g‘it sifatida nikolson no‘xati ekilganda ham yaxshi natijalarga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |