Yazasimon shox-shabba. Shox-shabbadan odatda, yarus ko‘rinishida 3–5 ta asosiy shoxlar chiqarib, daraxtni boqqa o‘tqazish vaqtida markaziy shox olib tashlanadi. Bu holda daraxt kosasimon formada (shaklda) bo‘ladi.
Yotib o‘sadigan shox- shabba. Shox-shabba yer yuzasidan 30–60 sm oraliqda, tuproq qavatiga yaqin joylashadi.
Butasimon shox-shabba. Ularning markaziy tanasi bo‘l maydi, yer ostida o‘sadigan bir necha mustaqil tanalardan iborat bo‘ladi.
Ishni bajarish tartibi: Talabalar turli xil mevali daraxtlar ning o‘sish kuchi, biologik xususiyatlari hamda agrotexnika cho-ra-tadbirlarni bajarish darajasini inobatga olib kesish usullari va shakl berish texnikasini o‘rganadilar. Bu ishlarni bajarish uchun bog‘ asboblarining asosiy turlari bo‘lishi zarur. Talabalar daf tarlariga O‘zbekistonda keng tarqalgan mevali daraxtlarga shakl berish usullarini hamda tartibini yozib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |