Bog‘dorchilik o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati»



Download 2,33 Mb.
bet82/126
Sana27.01.2022
Hajmi2,33 Mb.
#414076
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
Bog'liq
bogdorchilik

Oq husayni. Keng tarqalgan mahalliy Markaziy Osiyo navi O‘zbekistondan tashqarida juda uzoqlarda ham ma’lum. Av-

121





gustning

oxirlarida sentabrning







boshlarida to‘liq

pishib

yetiladi.







G‘ujumlarining qandliligi

17–19







foiz, kislotaliligi 2,8–3,2 lg ga ye­







tadi. Bu navning variatsiyasi mur-







chamiyon husayni asosiy kloni-







dan

farq

qilib;

g‘ujumlarining







o‘rtasi

ingichkalashgan

bo‘ladi.







Kelin barmoq husayni g‘ujumi bi-







roz egilgan va ancha uzun.










Pushti




toyifi.

Kechpishar




38-rasm. Uzum. «Oq husayni»

nav

bo‘lib

O‘zbekiston

sha-




roitida

sentabr

oyida

pishadi.




navi.

Asli

Arabistondan

keltirilgan.







Markaziy




Osiyo,

jumladan







O‘zbekistonning

barcha

vilo­







yatlarida

keng tarqalgan­. Bargi







o‘rtacha, to‘q yashil, orqa to-







monida

tomirlari bo‘ylab

kalta







tuplari bor, guli ikki jinsli. Bir







bosh

uzumining­

og‘irligi

700–







900 gr va undan ortiq. Tupi







kuchli

o‘sadi, gektaridan

150–







250 sentner hosil olish imkoni-







yatiga ega, kasallikka chidamli.







Vinobop

navlar.




Aliatika.







Bu nav Italiyadan kelib chiqqan.




39-rasm. Uzum. «Pushti toyifi»

Uzum boshlari og‘irligi 200 gr,




silindrsimon,

kamroq

qanotchali.




navi.

Bu navning uzumidan «aleatiko»










markali to‘q yoqut rangli, nozik ta’mli, kuchli, yoqimli muskat hidli vino, shuningdek, desert va o‘rtacha shirin vinolar tayyorla-nadi. O‘rtacha hosildorligi 250–300 s/ga.




Allegote. Bu nav Fransiyadan kelib chiqqan, uzum bosh-lari o‘rtacha 140–175 gr, silindr-konussimon shaklda, baland



122


qanotchali,­ tig‘iz shakli o‘zgargan, g‘ujumlari bo‘ladi. G‘ujumlari o‘rtacha yirik, yumaloq, yashilroq rangda bo‘ladi. O‘rtacha hosil-dorligi 250–300 s/ga.


Qora vassarga. Mahalliy nav bo‘lib, Qashqadaryo viloyati­ ning Kitob tumanida keng tarqalgan. Uzum boshlari katta, ko-nussimon shaklda, qanotchali, o‘rtacha tig‘iz, g‘ujumlari yum-aloq, eti sersuv. Po‘sti pishiq, biroz mumsimon, g‘uborli. G‘ujumi tarkibida 25 foiz shakar bor. Kislotaliligi 4,2–6,3 lg. Hosildorligi o‘rtacha.


Kaberne sovin’on. Fransuz navi, uzum boshlari o‘rtacha 130– 150 gr, silindrsimon shaklda, ko‘pincha qanotchali tig‘iz bo‘ladi, g‘ujumlari o‘rtacha, yirik yumaloq, to‘q ko‘k rangda va sirti kuchli mum g‘uborli. Po‘sti qalin, meva eti sersuv. Shirasi rang-siz bo‘ladi, ta’mi o‘ta mazali bo‘lib, o‘ziga xos xushbo‘y. Meva-sining tarkibida 24,2–24,6 foiz shakar bor. Kislotaliligi 7–8 lg. Hosildorligi o‘rtacha yuqori. Nisbatan qurg‘oqchilikda chidamli.


Risling. Bu nav Germaniyadan kelib chiqqan, uzum bosh-lari katta silindr-konussimon shaklda, tig‘iz bo‘ladi. G‘ujumlari mayda yumaloq och yashil rangda. Po‘sti o‘rtacha qalin eti ser-suv, eriydigan­ bo‘ladi.


Saperaviy. Gruzin navi bo‘lib, keng tarqalgan. Bargining orqa tomoni to‘r bilan qalin qoplangan. Uzum boshlari o‘rtacha 150 gr, konussimon shaklda, sershox, siyrak, yoki o‘rtacha tig‘iz. G‘ujumlari o‘rtacha yirik, ovalsimon shaklda, qora rangda bo‘lib, yetarli darajada qalin mumsimon g‘ubor bilan qoplangan. Eti sersuv, po‘sti yupqa, pishiq, g‘ujumlarining qandliligi 20– 22 foiz, kislotaliligi 6,1–7,6 lg, ayrim yillari 8 lg gacha yetadi. O‘zbekiston sharoitida bir gektardan 300–350 sentner hosil be­ rish imkoniyatiga ega.


Soyaki – mahalliy nav bo‘lib, Toshkent viloyati zonasida tar-qalgan. Uzum boshlari juda ham katta (750–800 g) konussimon shaklda,­ sershox, o‘rtacha tig‘iz, po‘sti yupqa, o‘rtacha pishiq, eti sersuv, ta’mi o‘ziga xos bo‘lib, sentabrning birinchi yarmida pi-shadi, g‘ujumi tarkibida 17–20 foiz va undan ortiq shakar bor. Hosildorligi yuqori.

123


Pobeda. Bu VIR ning Markaziy Osiyo stansiyasida zabolkon navining gamburg muskati bilan chatishtirish natijasida hosil qi­ lingan yangi xo‘raki nav, g‘ujumi qora rangda. Juda yirik, uzun-choq, seret, qarsillaydigan. Uzum boshlari katta, silindrsimon shaklda,­ sershox, o‘rtacha tig‘iz yoki siyrak. Bargi juda bo‘lingan. Besh bo‘lakli to‘rsiz bo‘ladi. Hosildorligi yuqori, kasalliklarga chidamli.


Muskat charosi. VIR ning Markaziy Osiyo stansiyasida ye-tishtirilgan, o‘rta muddatda pishadigan, tashishga yaxshi chi-daydigan yangi xo‘raki nav. Guli ikki jinsli, g‘ujumi qora rang-da, yirik, ovalsimon shaklda. Uzum boshlari katta silindrsimon shaklda,­ o‘rtacha tig‘iz yoki siyrak. Bargi o‘rtacha kesilgan besh bo‘lakli och rangda bo‘ladi.


Rizamat. Bu uzum boshlari yirik, chiroyli, a’lo sifatli mayizbop-xo‘raki yangi nav bo‘lib, R.R.Shreder nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot ins­ titutining Samarqand filialida yetishtirilgan. Guli ikki jinsli. G‘ujumi juda yirik, silindrsimon shaklda, pushti rangda bo‘ladi. Uzum boshlari katta, siyrak,­ konussimon shaklda, o‘rta mud-datda pishadi. O‘zbekiston sharoitida 320–350 s/ga hosil berish imkoniyatiga ega.


Nazorat savollari:



  1. Uzumchilik sohasi nimani o‘rgatadi?




  1. O‘zbekistonda uzumchilikning istiqboli qanday?




  1. Ilmiy-tadqiqot institutlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?




  1. Tok butalarining kelib chiqishini ayting.




  1. Uzumchilik sohasida katta yutuqlarga ega bo‘lgan xo‘jaliklarni ay-ting.




  1. Uzumdan qaysi maqsadlarda foydalaniladi?

124

8-amaliy mashg‘ulot


2. ТОК MORFOLOGIYASI.


ТОКning TUZILISHINI O‘RGANISH


(2 soat)


Ishning maqsadi: Talabalarni tok tupining yer ostki qismi – ildiz tizimining morfologik tuzilishi va rivojlanishi bilan hamda yer ustki qismlarining tuzilishi va rivojlanishi bilan tanishtirish.


Material va jihozlar:

1. A.Ribakov va boshq. O‘zbekiston uzumchiligi. – T.: 1969.


2. Sh.Temurov. Uzumchilik. – T.: 2002.


3. Tok tupining namunalari, har xil uzum navlari konserva-lari.




Asosiy tushunchalar:

Tok tupi ham boshqa mevali daraxt ekinlari singari yer ostki qismi – ildiz tizimidan va yer ustki qismlaridan tuzilgan. Tok ildiz­lari ko‘paytirish usuliga, tuproq tipiga, yer osti sizot suvlari­ ning joylashish chuqurligiga qarab har xil o‘sadi. Tok qalam-chasidan ko‘paytirilganda ildizlari popuk ildiz bo‘lib, har qaysi bo‘g‘indan rivojlanadi, qalamchalar chuqur va qiya ekilsa yaxshi rivojlangan ildizlar paydo bo‘ladi, yuza ekilganda esa kam rivoj­ lanadi.


Tok ildizlari 3 qismdan iborat: yuza, shudring shimuvchi ildiz­lar; o‘rta ildizlar; asosiy ildizlar.


Tokning yer ustki qismlariga: kundasi, ko‘p yillik novdalari, bir yillik ko‘k novdalari va ulardagi barglari, jingalaklari, gul to‘plami, gullari, mevasi va urug‘i kiradi.


Tok asosan qalamchalaridan ko‘paytirilgani uchun soxta ildiz bo‘g‘zi bo‘lib, undan so‘ng kundasi rivojlangan. Tok kundasining balandligi o‘stirish usuliga qarab har xil bo‘ladi.


Tok barglari oddiy barglar bo‘lib, nav belgisiga qarab, shakli, rangi har xil bo‘ladi. Bir gektar tokzorda 3–4 gektargacha barg yuzasi bo‘lib, ko‘p miqdordagi suvni parlatadi. Masalan, tokning Oq kishmish navi butun yillik o‘suv davrida bir gektar yerdan 11 ming metr kubgacha suvni parlatadi.



125



Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish