JISMONIY TARBIYA VA SPORT fanidan
Nazorat savollari:
Anatomik belgisiga qarab umumrivojlantiruvchi mashqlarning klassifikatsiyasining keltiring.
Anatomik belgisiga qarab mashqlarni tananing turli qismlari uchun guruhlab tasniflash qabul qilingan:
1.Qo’l va yelka qismlari uchun mashqlar;
2.Bo’yin va gavda uchun mashqlari;
3.Oyoq qismlari uchun mashqlar;
4.Butun tana uchun mashqlar;
Har bir guruhda yana ham chegaralangan ahzolar uchun mashqlar qatorini ajratish mumkin. Masalan: «qo’l va yelka qismi uchun mashqlar» guruhida barmoqlar, panja, bilaklar va yelka qismi uchun mashqlar mavjud.
«Oyoqlar va tos qismi uchun mashqlar» guruhida oyoq kafti, to’piq, sonlar uchun belgilangan mashqlar bor. «Gavda mashqlari» guruhida gavdaning oldingi mushaklari uchun mashqlar ajratiladi,
Mashqlarni anatomik belgilariga qarab tasniflash ularning fiziologik tahsiri xususiyatlariga ko’rsatma bilan to’ldiriladi. Bunda harakat sifatlari: kuch, tezlik, egiluvchanlik, chidamlilik, chaqqonlik kabilarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarning asosiy tahsiri nazarda tutilmoqda.
URM yordamida hal qilinadigan asosiy vazifalarni sanab bering
Rostlangan qo’llarni harakatlantirishga o’rgatishni bir qo’lni alohida harakat qildirishdan boshlab, keyin ikkinchi qo’lni harakatlantirishga o’tgan ma’qul. Harakat bajarilayotganda, ya’ni bir qo’l harakat qilayotganda gavdaning boshqa qismlari qo’shilib harakatlantirmasligiga e’tibor beriladi.
Harakatlar aniq bajarilishiga erishmoq kerak. Masalan, “O’ng qo’l oldinda” holatida turish kerak bo’lsa, qo’l yelka balandligida bo’lib, kaft ichkariga qaragan, barmoqlari rostlangan va hokazo bo’lishi kerak.
Mashq shug’ullanuvchilarga qarab turgan holda ko’rsatiladi. Mashqni ko’rsatishni boshlash uchun “Dastlabki holatni egallash!” so’ngra menga qarab turib “ Mashqni boshlang ” buyrug’i beriladi. o’qituvchi mashqni guruh bilan birgalikda 2–3marta takrorlaydi. Alohida mashqlarni tanlash va umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasini tuzishdan oldin bu mashqlar kimlarga mo’ljallanganligini va qanday maqsadda qo’llanilishini aniq bilish zarur. Chunki tanlanadigan mashqlarning mazmuni, ularning bu majmuada belgilanadigan vazifaga bog’liqdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida hal qilinadigan xususiy vazifalarga muvofiq badantarbiya mashg’ulotlari turli shakllarda ( ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya daqiqalari, gimnastika darsi, atletika gimnastika va hokazo ) o’tkaziladi.
Mashqlar majmuasini tuzganda ularni quyidagicha navbatlantirish:
Gavdani to’g’ri tutish, kerilib cho’zilish.
Qo’llarni aylantirish va siltash mashqlarini bajarish.
O’tirib turish.
Gavdani oldinga, orqaga, yon tomonlarga engashtirishlar va aylanma harakatlar bajarish.
Boshni yon tomonlarga, oldinga engashtirish va burish.
Tayanib yotgan holatda qo’llani bukib – yozish.
O’tirgan va yotgan holatlarda oyoqlarni ko’tarish.
Oyoqlarni oldinga, orqaga va yon tomonlarga siltash.
Turgan joydan yurish va yugurish tartibida navbatlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Egiluvchanlikning turlarini sanab bering
Egiluvchanlik – jismoniy fazilat bo’lib, harakat tayanch apparatlarining morfofunktsional xususiyatlari demakdir. Bu xususiyatlar shu apparat zvenolarining harakatchanligi, uning maksimal amplitudasi (og’ishi, egilishi, buklanishi, cho’zilishi, qayishqoqligi, buralishi vahokazolar) bilan o’lchanadi.
Egiluvchanlik aktiv, passiv bo’lishi mumkin. Muskul kuchi evaziga bo’ladigan egiluvchanlik aktiv tashqi qarshilikni inertsiya yoki og’irligi evaziga tashqi ta’sir kuchi vahokazolar hisobiga namoyon qilinadigan egiluvchanlik passiv egiluvchanlik deyiladi.
Emotsionallik ko’tarinki kayfiyat va boshqalar egiluvchanlikning namoyon bo’lishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi amaliyotda isbotlangan. egiluvchanlik chegaralanadi unda cho’ziladigan muskullarning qo’zg’aluvchanligi muhim ahamiyatga ega. Chunki uning tabiatida cho’zilayotgan muskullarni himoyalash, saqlash xususiyati mavjud. Cho’zilayotgan muskullarning egiluv-chanligi ortishi bilan ularning qo’zg’aluvchanlik holati yuqori darajaga ko’tariladi. Bunda cho’ziluvchan muskullarning faoliyati ma’lum darajada pasayadi.
BAJARDI: M.Raimova
Do'stlaringiz bilan baham: |