Tadqiqot ishining dolzarbligi: Qisqa masofalarga yuguruvchi engil atletikachilarning tayyorgarlik davrida olib boriladigan mashg’ulotlarida yuklamalarini, shiddatini, davomiyligini va bajarilish usullarini xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek tayyorgarlik bosqichlarida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarini yuklamalarini nazorat qilish orqali yuksak natijalarga erishish ko’zda tutilgan.
Mavzu bo’yicha jamlangan adabiyotlarda qayd etilgan ilmiy va uslubiy ma’lumotlar qiyosiy tarzda tahlil qilindi hamda masalaning bugungi ahvoliga baho berildi. Jumladan dastlabki o’rgatish bosqichida sport malakalariga o’rgatish samaradorligi jismoniy sifatlarga bog’liq ekanligi olimlar tadqiqotlari yordamida asoslab berildi. Yosh sportchilarni tayyorlash jarayonida jismoniy sifatlar asosan standart, steriotiv mashqlar ta’sirida rivojlantirilishi e’tirof etilib, bunday yondashuv har doim ham kutilgan natijani bermasligiga urg’u berildi. Aynan adabiyotlarni tahlil qilish bobida jismoniy sifatlarni maxsus harakatli o’yinlar yordamida shakllantirish yuksak samara berishi ta’kidlab o’tildi.
Bunda bolalar va o’smirlar jismoniy tarbiyasiga konsteptual yondoshib, uzluksiz ta’lim tizimida Respublika aholisining ko’p millatliligiga tayangan holda, har bir mamlakatning madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy- iqtisodiy talablari hisobga olingan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jismoniy tarbiya va sport ishlariga e’tiborni kuchaytirishni ko’zda tutib, o’zining salomatligi haqida shaxsan g’amxo’rlik qilib borish, madaniyatini yoshlikdan oila, maktab, mahalla, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport ko’magida singdirish kerak”, - deydi.
Ishning maqsadi: Qisqa masofalarga yuguruvchilarni tayyorgarlik davrida mashg’ulot yuklamalarini nazorat qilish orqali mashg’ulot jarayonini jadallashtirishdan iborat.
I BOB. QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI ENGIL ATLETIKACHILARNI MASHG’ULOTLARINI REJALASHTIRISH ASOSLARI
1.1. HARAKATLAR TIZIMI, TUZILMALARI VA QISQA MASOFALARGA YUGURISHDA ULARNI BOSHQARISH
Erkin harakatlar – inson ma’lum bir maqsadga erishish uchun boshqara oladigan harakatlardir. Siljish harakatini bir-biri bilan o’zaro bog’liq haraatlar tizimi sifatida tushinish lozim. Harakatlar tizimida boshqarish uning tuzilmasini bilish bilan uzviy bog’liq. Harakatlar va ularni boshqarish tuzilmasini o’rganish insonning harakat faoliyatidagi harakat qonunlaridan foydalanishga imkon beradi.
Harakat qonunlari to’g’risida gapirayotib, ularga Nyutonning mexanika qonunlari ta’sirlarini sanab o’tish lozim.
Mexanikaning birinchi qonuni – inerstiya qonunidir.
Jism, unga hali tashqi kuch ta’sir etguniga qadar tinch holatda turadi. Boshqa tashqi kuch unga o’z ta’sirini ko’rsatgungacha, harakatlanayotgan jism doimiy tezlikda va yo’nalishda harakatni davom ettiraveradi.
Mexanikaning ikkinchi qonuni – tezlanish qonunidir.
Kuch jismga ta’sir ko’rsatgan paytda kuchga proporstional bo’lgan tezlanish hosil bo’ladi va harakatning o’zgarishini amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |