1-jadval
U.Boltning 15 yoshdan boshlab yutuqlari dinamikasi.
Yil
|
100m(sek)
|
200(sek)
|
400m(sek)
|
Musobaqalar
|
2001
|
|
21,81
|
48,28
|
CARIFTA o’yinlarida kumush medallar
|
|
|
21,73
|
|
O’smirlar o’rtasida JCh yarim finalchi
|
2002
|
|
21,12
|
47,33
|
CARIFTA o’yinlari chempioni
|
|
|
20,61
|
47,12
|
O’smirlar o’rtasida Jahon chempioni (tarixdagi eng yosh chempion)
|
2003
|
|
20,40
|
|
O’smirlar o’rtasida Jahon chempionati chempioni
|
|
|
20,13
|
46,36
|
O’smirlar o’rtasidaJahon rekordlari sohibi
|
2004
|
|
19,93
|
|
O’smirlar o’rtasidaJahon rekordi sohibi
|
2005
|
|
19,99
|
|
O’smirlar o’rtasida Jahonchempionati finalida jarohatlanish
|
2006
|
|
19,88
|
|
|
2007
|
10,03
|
19,75
|
45,28
|
Jahon Chempionatida ikkinchi o’rin
|
2008
|
9,69
|
19,30
|
|
Olimpiya o’yinlari chempioni
|
2009
|
9,58
|
19,19
|
|
Jahon chempioni.
|
Yaxshi natijalar ko’rsatadigan sprinter bolalari va soni katta uzunlikka ega. Sportchilarni qisqa masofalarga yugurishida ixtisoslashishi uchun saralab olish davomida shuni etiborga olish lozim.
V.Borzov -1972 yilgi Olimpiya chempioni, Rossiyaning eng yaxshi sprinterining ko’rsatkichlari quyidagicha;
Bo’y uzunligi -179,8sm.
Oyoq uzunligi - 99,9
Tana uzunligi - 53,4
Boldir - 41,1
Son - 51,7
Elka aylanasi - 31,0
Suyak massasining nisbiy miqdori – 14,92.
Umumiy yog’ning nisbiy miqdori – 12,68.
AQShda 85% eng yaxshi sprinterlar qora tanli sportchilardir. Bad Vitner fikricha, qora tanli atletlar poyafzalsiz yaxshi yugura oladilar.
Ingliz shifokori Pj.M.Tennerning fikricha,eng yaxshi tezlik ko’rsatkichlari qara tanli sportchilarda chunki ularda oyoqlarining o’rtacha uzunligi 86,2 sm.ga, oq tanlilarda esa – 83 sm.ga teng.
2-jadval
Yuqori malakali sprinterlar (erkaklar) Gavda praporstiyasining o’rtacha qiymatlari ( E.G.Martirosov, M.I.Kochetkova, O.G.Korjeva malumotlari,1982).
Gavda qismlari uzunligi (sm)
|
Masofa,m
|
100
|
200
|
Korpus
|
80,4 ± 0,46
|
81,0 ± 0,3
|
Gavda
|
53,3 ± 0,3
|
53,8 ± 0,2
|
Qo’llar
|
77,3± 0,4
|
78,6± 0,3
|
Oyoqlar
|
94,7 ± 0,6
|
96,8± 0,4
|
Sonlar
|
48,1±0,4
|
49,0± 0,3
|
Tizza uzunligi
|
39,2± 0,3
|
40,6± 0,3
|
Sprinterlarining antropometrik ko’rsatkichlari genetik tarzi ota-onalaridan o’tadi. Maksimal tez harakatlarda koordinastion imkoniyatlarni ifoda etuvchi asab tizimi hossasi sport mashg’uloti jarayonida deyarli o’zgarmaydi. Ko’pchilik bolalalar tez yugurishda 150-160 mils.ichida depsinishni bajaradilar , lekin shunday balog’at yoshidagi bolalar uchraydiki, ulurda bu ko’rsatkich 80-90mls.ga teng.
Sportchilarda mehanik ish bajarish qobilyati bo’yicha mushak tolalari sust (qizil) tez (oq) tolalarga bo’linadi. K.Xess va A.Xeksli (Germaniya) ma’lumotlariga ko’ra, mashq qilish yo’li bilan mavjud mushak tolalari turlarining nisbatini o’zgartirib bo’lmaydi. Sprinterlarda (AQSh)tez (oq) mushak tolalari foizi 9,9s. va yaxshiroq natija uchun 80%gacha yaqinlashishi kerak.
Yanada kuchliroq sportchilarda 11,0-11,3s. natijalar chegarasida (AQSh) tez va sust mushak tolalari nisbatlari 75% : 25%ga teng.
Mushak tolasi tuzulishini o’rganish uchun olingan sinov mushak biopsiyasi deb ataladi va labaratoriya sharoitlarida maxsus apparatura yordamida bajariladi. Ushbu tashxislash metodi sportda saralab olish amaliyotda keng qo’llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |