Jamlovchi zo’riqish (mushak kattalashadi)
|
Ekssentrik zo’riqish (mushak uzayadi)
|
|
Izometrik zo’riqish (mushak uzunligi o’zgarishsiz)
|
2-rasm. Yugurish qadami stiklida asosiy mushak guruxlarining ishlashi
Amartizastiya fazasida boldir mushaklari – ilik va kambalyasimon mushaklar shuningdek axill paylari asosiy yuklamani ko’taradi,bunda boldir kaft bo’g’imidagi burchak 34-38˚ga o’zgaradi. Tana vazni birligi ta’sirida zo’riqqan boldir mushaklari,cho’zila turib, ikkinchi fazada depsinishda undan foydalanish maqsadida energiyani singdirib oladi.
Tayanch davrida oyoq azolarining tizza bo’g’imlaridan siljish faqat 4-10˚ ga etadi.
Aniqlanishicha,sprinterda ta’sir davrida boldir–kaft bo’g’imi mushaklari tizza bo’g’imi mushaklariga nisbatan 6 marta ko’proq ish bajaradi.yugurishda depsinishning ikki fazasi orasida oldindan depsinish fazasi eng muhimi hisoblanadi. Maksimal tezlik bilan yugurishda samarali texnikada umumiy energiyaning 70% oldindan depsinish paytida to’planadi va faqat 30% depsinishning yakunlovchi fazasida hosil bo’ladi. Shunday qilib,sportchi qancha ko’p energiya to’play olsa va mushaklar,boylamalar hamda paylarning cho’ziluvchanlik xususiyatlaridan qancha samaraliroq foydalana olsa, uning yugurish tezligi shuncha yuqori bo’ladi.
Ekstrimal (favqulotta) sharoitlarda muntazam ishlash boldir mushaklari maksimal kuch imkoniyatlarining ancha o’sishiga olib keladi. Shuning uchun ilik mushaklari qattiqligiga ko’ra eng kuchli sprinterlar boshqa sport turi bilan shug’ullanuvchi sportchilardan ancha ustun hisoblanadilar.
Yugurish qadamining tayanch davrini bajarishi jarayonida mushak guruhlarining izchil ishlashi va ularning faoliyat rejimlariga oid keltirilgan ma’lumotlar sprinterlar mashg’ulotlarida qo’llaniladigan maxsus tezlik-kuch mashqlarini saralab olishda tanlab yondoshish uchun imkon beradi. sport mashg’ulotlari nazariyasidan ma’lumki, maxsus vositalarni tanlab olish qo’llaniladigan mashqlarni musobaqadan mashqlarga dinamik mos kelishi tamoyiliga asoslanadi. Odatda, amaliyotda boldir mushaklarining tezlik-kuch imkoniyatlarini rivojlantirish uchun har xil yuqoriga sakrashlar, yuqoriga sakrab chiqishlar, og’irlik bilan oyoq uchiga ko’tarilishlar va shunga o’xshash mashqlar qo’llaniladi. Yuguruvchilarning tezlik-kuch tayyorgarliklarida katta o’rin egallagan ko’psakrashlar ham o’zlarining harakat parametrlariga ko’ra tez yugurish tavsiflaridan farq qiladi. Chunki bu holda oyoqlarning erga qo’yilishi tekis oyoqda amalga oshiriladi va amartizastiya fazasida asosiy yuklama tizzani o’rab turuvchi mushaklarga hamda boylamlarga tushadi.
Shunday qilib,sprinter uchun eng munosib mashiqlar, mashiqlar, aftidan, qo’yidagilar bo’lishi kerak” bir oyoqda yugurish; bunda oyoq kaftining old qismi bilan erga tushiladi, shu sur’atda ko’p sakrab chiqish.
Sprinterning maxsus mashqlariga bag’ishlangan bobda maxsus mashqlarning sxema ko’rinishidagi tasvirlari berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |