VOLEYBOL MAYDONINING O`LCHAMLARI VA UNDAGI JIHOZLAR
REJA:
KIRISH
I BOB VOLEYBOL O`YINI HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT
1.1. O’zbekistonda voleybolning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi.
1.2.Voleybol o’yinining talablari
II BOB VOLEYBOL MAYDONINING O`LCHAMLARI VA UNDAGI JIHOZLAR
2.1. Voleybol maydoni sxemasi.
2.2. Voleybol maydonining jihozlar
XULOSA
FOYDANALILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘zbek xalqi milliy davlatchiligi va madaniyati tarixida yangi davr boshlandi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar bo‘yicha jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining salomatligini yaxshilash, o‘quvchi yoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini tarbiyalash, iqtidorli sportchilarning mahoratini davr talablari va xalqaro andozalar asosida takomillashtirib borish, shuningdek ziyolilarning ish qobiliyatlarini va mehnat unumdorligini oshirish, eng muhimi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, sog‘lom avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimovning hissasi g‘oyat yuksak bo‘lib, «o‘zining salomatligi haqida shaxsan g‘amxo‘rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog‘liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko‘magida singdirish kerak», – degan chuqur mazmunli mantiqiy da’vati e’tiborga molikdir.
Respublikada aholining salomatligini yaxshilash va jismoniy tarbiya tizimidagi barcha sohalarning ilmiy-amaliy salohiyatini yanada chuqurlashtirish borasida juda katta amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda jismoniy tarbiya tizimining ilmiy-amaliy asoslarini davr talablari darajasida boyitish, malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga yanada jiddiy e’tibor berilmoqda.
Sog‘lom turmush tarzi yosh avlodni jismonan barkamol va sog‘lom qilib tarbiyalashni ta’minlaydigan jarayondir. Jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish va yaxshi dam olish, salbiy odatlar-spirtli ichimlik ichish, tamaki va giyoxvand moddalar chekish, noto‘g‘ri dam olish va noto‘g‘ri ovqatlanish, kam harakatlik kabi illatlardan voz kechish sog‘lom turmush tarzi qoidalaridan hisoblanadi.
Mamlakatimizda har tomonlama sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z iqtisodiy va intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarishi , mamlakatimiz yigit –qizlarini XXI asrga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga etkazish uchun zarur shart – sharoitlar va imkoniyatlar uchun keng ko’lamda aniq yo’naltirilgan chora tadbirlar amalga oshirilyapti.
Sport musobaqalarining funkstiyalari faqatgina musobaqalashish yoki bellashish bilangina chegaralanib qolmaydi. Sport insonning komil inson bo’lishiga, uning jismoniy va ma’naviy dunyoqarashining, tabiatining rivojlanishiga yordam beradigan samarali usullarni taklif etadi. Undan tashqari sport o’z-o’zini tarbiyalsh uchun etakchi omil hisoblanadi . Sportdagi ko’rsatkichlarning oshishi me’yoriga qarab, sportchi nafaqat jismoniy, balki, ruhiy, aqliy, axloqiy, ma’naviy va vatan tarbiyasi jarayoniga kirib bormoqda. Bu borada musobaqalarning pedagogik ahamiyati nihoyatda kattadir.
Sport musobaqalari va natijalari ko’p bosqichli tizimni yuzaga keltiradi. Bellashuvning turli bosqichlari mavjud. Turli xil ichki birinchiliklar va chempionat musobaqalridan tortib, to jahon chempionatlarigacha va olimpiya o’yinlaridir. Hatto bitta tashkiliy musobaqalarda oraliq natijalar (dastlabki va final yugurishi, chempionatning alohida o’yinlari yakuniy uchrashuvlarda esa kiritilgan o’tkazilib yuborilgan to’plar aniq ajratib turadi). Ko’pincha musobaqa ishtirokchisi alohida bitta sportchi emas balki sport jamoasi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |