Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari



Download 6,28 Mb.
bet92/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

Kulonometrik gaz analizatorlari elektroliz vaqtida sarflangan elektr
miqdorini o‘lchashga asoslangan. Faradey qonuniga ko‘ra, elektrolizda G miqdordagi
modda ajralib chikishi uchun eritma orqali τ vaqt mobaynida I tokni o‘tkazish zarur:
G=M∙∙∙τ(96492∙n) , (6.6)
bu erda M — oksidlangan yoki tiklangan (qaytarilgan) moddaning molekulyar massasi; p — elektroliz
jarayonida qatnashuvchi elektronlar soni
.
Elektroliz vaqtida ajralib chiqqan modda gaz aralashmasining tahlil
qilinayotgan komponenti bilan batamom bog‘lanadi, shu tufayli komponent
konsentrasiyasining o‘lchovi bo‘lib o‘tayotgan tok I xizmat qiladi. Tok eritmaning
neytrallanishi ta’minlanadigan qilib tanlanadi.
Kulonometrik gaz analizatorlari o‘lchashning kompensasion usuli
qo‘llanilganligi tufayli o‘lchash natijalarining yuqori aniqligini ta’minlaydi, ularning
ko‘rsatishi gazning namligiga, bosimiga, haroratiga, atrof-muhitning parametrlariga
bog‘liq bo‘lmaydi.
Havodagi SO2, H2S, CI2, O3 larning mikrokonsentrasiyasini o‘lchashga
mo‘ljallangan «Atmosfera 1» va «Atmosfera 2» gaz analizatorlar mavjud.
Polyarografik gaz analizatorlari indikatorli, taqqoslovchi va yordamchi
elektrodlari bor uch elektrodli elektrolitik yacheyka zanjirida diffuzion tokning
chegaraviy kuchini o‘lchashga asoslangan. O‘lchashda indikator elektrod bilan
taqqoslash elektrodi o‘rtasidagi potensiallar farqi nazorat qilinadi, taqqoslash
elektrodining potensiali o‘zgarmas bo‘ladi. Potensallar farqi ta’minlash blokidan
olinadigan tayanch kuchlanish bilan taqqoslanadi. Potensiallar farqi tayanch
kuchlanishdan uzilganida elektrodlarga beriladigan kuchlanish o‘zgaradi, buning
natijasida potensiallar farqi bilan tayanch kuchlanishning tengligi tiklanganiga qadar
yordamchi va indikatorli elektrodlar potensiallar farqi o‘zgaradi. Agar elektrodda
elektr-kimyoviy jihatdan aktiv moddalar bo‘lmasa, indikatorli elektrod qutblanadi va
o‘lchash zanjirida tok kuchi nolga teng bo‘ladi.
YAcheykaga elektr-kimyoviy jihatdan aktiv modda kiritilsa, o‘lchash zanjirida
tok paydo bo‘lib, uning kuchi moddalar konsentrasiyasiga mutanosib bo‘ladi.
Kislorodni tahlil qiladigan polyarografik
gaz analizatorining gazlardan tozalangandagi
sxemasi 6.8- rasmda ko‘rsatilgan.
Gaz analizatori namuna tayyorlash bloki I,
yacheyka II, ta’minlash bloki III, potensiometr IV
dan iborat. Indikatorli elektrod 8 va yordamchi
elektrod 7 indikator kamerasi 6 da joylashtirilgan
sterjenga o‘rnatilgan. Taqqoslash elektrodi 3
kamera 5 ga zaxira elektrolit bilan birga joylashgan alohida korpus 4 da joylashgan
va ish elektroliti bilan osh tuzidan tayyorlangan ko‘prik 12 yordamida birlashgan.
Indikator kamerasida elektrolitning talab etilgan sathini saqlab turish uchun a va b
kanallar xizmat qiladi. Indikator kamerasiga kameraning ish hajmini termostatlash
uchun qizdirish elementi II va harorat indikatori 9 o‘rnatilgan.
Indikatorli va yordamchi elektrodlar oltindan tayyorlangan, taqqoslash
elektrodi sifatida esa to‘yintirilgan kalomel yoki kumush yugurtirilgan xlor
elektrodlardan foydalaniladi. YAcheykada elektrolit yordamida kislorodni aniqlashda
NaOH ning 0.1 i eritmasi yoki NHCO3 ning 0,1 i eritmasi ishlatilishi mumkin.
Gaz analizatoriga beriladigan gaz namunani mexanik qo‘shilmalardan
tozalaydigan filtr 1 orqali yuboriladi. Namunani berish tezligi sarf rostlagichi
yordamida rostlanadi. SHundan keyin gaz yacheykaga keladi, elektrolitda o‘z
bosimiga mutanosib ravishda eriydi. Tahlil qilinayotgan gaz elektrolit ustida yig‘ilib,
elektrolitni indikatorli kameradan siqib chiqaradi, kanal a ning pastki kesigi sathiga
qadar, so‘ngra zahira elektorlit bilan kamera orqali barbotirlanib, atmosferaga
chiqarib tashlanadi.
Gaz analizatori kislorodning beshta o‘lchash diapazoniga ega: 0—0,1; 0—0,2;
0—0,5; 0—1; 0—2. Asosiy xatolik o‘lchash diapazonining ±5% iga teng.

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish