Termomagnit gaz analizator Gazlar orasida kislorod alohida paramagnetizm xususiyatiga ega. Kislorod
magnit maydonga boshqa gazlarga nisbatan ko‘proq tortiladi. Uning bu xossasi
murakkab gaz aralashmalaridagi kislorod konsentrasiyasini o‘lchashga imkon beradi Barcha (kislorodni tahlil qiladigan) magnitli gaz analizatorlari termomagnit va magnitomexanik asboblarga bo‘linadi. Kislorodning harorati o‘zgarganda uning magnit xossalarining o‘zgarish samaraiga asoslangan termomagnit usuli keng tarqalgan. Bu usul termomagnit konveksiya hodisasiga asoslangan. Agar tok bilan qizdirilgan o‘tkazgich bir jinsli bo‘lmagan magnit maydonga o‘rnatilsa, gaz aralashmasining xossasi kamayadi, shu sababli o‘tkazgich atrofida magnit maydonning kuchli erlaridan kuchsiz erlariga tomon aralashmaning harakati boshlanadi. Haroratning ko‘tarilishi sababli gazning magnit xossasi kamayadi, natijada gaz aralashmasining ichki oqimi vujudga keladi.
Bu oqimda qizigan gaz aralashmasi termomagnit konveksiya hodisasi sababli
uzluksiz siqib chiqariladi. 6.3-rasmda termomagnit gaz analizatorining prinsipal
sxemasi
keltirilgan.
Tekshirilayotgan gaz aralashmasining harorati issiqlik almashtirgich 1 yordamida turg‘unlashadi. Aralashma sarfining doimiyligi o‘lchash o‘zgartkichi
2 ni rotametr 3 orqali shuntlash yo‘li bilan ta’minlanadi. SHu sababli tizim kirishidagi gaz sarfining tebranishlari o‘zgartkichdan o‘tish tezligiga ta’sir qilmaydi, chunki a va b nuqtalar orasidagi bosimlar farqi doimiy bo‘lib qoladi. O‘zgartkichning gazli bo‘shlig‘i ko‘ndalang kanalli halqa kamera 4
shaklida diamagnit materialdan ishlanadi. Kanalning kirish qismi doimiy magnit maydon orasiga joylashadi, uning ichida esa Rt 3, Rt 4
ikki seksiyali platina chulg‘amlar o‘rnatiladi, bu chulg‘amlarning qarshiligi
nomuvozanat ko‘prikning ikki elkasini hosil qiladi. Agar boshlang‘ich aralashmada
kislorod bo‘lmasa, ko‘ndalang kanalda harakat bo‘lmaydi. Aralashmada kislorod
bo‘lsa, uning molekulalari magnit maydoniga yo‘nalib, kanalga tortiladi. Rt
chulg‘amlar o‘lchash sxemasi manbaining toki ta’sirida 1OO...2OO°S gacha
qizdirilgani sababli kanal 4 ga kelgan kislorod ham qiziy boshlaydi. Harorat
ko‘tarilishi bilan magnitning kislorodga ta’siri kamayadi, shuning uchun gazning
yangi qismi magnit maydon xududiga tortilib, qizigan kislorodni xalqa kameraga
itaradi. Gazning hosil bo‘lgan konveksion oqimi issiqlikni asosan chulg‘amdan oladi, shuning uchun seksiyalar harorati har xil bo‘lib qoladi.
Rt 3 va Rt 4 qarshiliklarning tekshirilayotgan gaz konsentrasiyasiga mutanosib
o‘zgarishi natijasida, ko‘prikning o‘lchash diagonalida nobalanslik signali paydo
bo‘ladi. Bu signal shkalasi kislorodning foiz miqdorida darajalangan avtomatik
potensiometr orqali o‘lchanadi. O‘lchash ko‘prigi stabillashgan ta’minlash
6.3 – расм. Термомагнит газ
анализаторининг схемаси manbaidan (STM) ta’minlanadi. Qarshilik R5 ko‘prik manbaining tok kuchini
o‘rnatish uchun xizmat qiladi; Rl va R2 doimiy manganin qarshiliklar.
O‘lchashning termomagnit usulida xatolar, asosan, quyidagi sabablarga ko‘ra
sodir bo‘ladi:
a) atrof-muhit haroratining o‘zgarishi natijasida gaz aralashmasining
magnitlanishi o‘zgaradi;
b) sezgir element issiqligining o‘zgarishi (o‘lchash ko‘prigi manbai
kuchlanishining o‘zgarishi);
v) tekshirilayotgan gaz aralashmasi yoki atmosfera bosimining o‘zgarishi;
g) magnitlarning eskirishi natijasida magnit maydoni kuchlanishining
o‘zgarishi.
Sezgirlikni oshirish va xatoliklarni kamaytirish uchun sanoatda
foydalaniladigan gaz analizatorlarida o‘lchash va taqqoslash ko‘priklarining tegishli elkalariga ulangan ikkita halqali kompensasion o‘lchash sxemalari qo‘llaniladi. Tahlil qilinayotgan gaz harorati va bosimining o‘zgarishi, shuningdek, o‘lchash sxemasini ta’minlovchi kuchlanishning o‘zgarishi har qaysi ko‘prikning o‘lchash diagonallaridagi kuchlanishiga bir xilda ta’sir etadi, shuning uchun gaz
analizatorining ko‘rsatishlariga bu o‘zgarishlar ta’sir qilmaydi.
Tutun gazlaridagi kislorod miqdorini uzluksiz aniqlash uchun MN 5106-1
turidagi termomagnit gaz analizatori ishlatiladi, uning o‘lchash chegaralari bir nechta bo‘lib, ulardan eng maksimali 0—10%. YUqorigi o‘lchash chegarasining asosiy xatoligi ±2%. MN 5130-1 rusumli gaz analizatori ikki yoki uch komponentli gaz aralashmalaridagi kislorod konsentrasiyasini uzluksiz o‘lchash va standart elektr signallari berish uchun mo‘ljallangan. Signal berish qurilmasi bilan jihozlangan. O‘lchash natijalarini ko‘rsatish va yozish uchun gaz analizatori bilan birgalikda ikkilamchi o‘ziyozar asbobdan foydalaniladi. Kislorodni o‘lchash chegaralari 0—0,5 dan 80— 100% gacha. Asosiy xatolik ±2dan 10% gacha (o‘lchash chegaralariga qarab). Gaz aralashmasining hajmiy sarfi 12 sm3/s, bosimi 90—105 kPa.O‘lchash vaqti 120 s. CHiqish signallari 0-5 mA, 0—100 mV.