Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari


-§. SOCHILUVCHAN MODDALAR SATHINI O‘LCHASH



Download 6,28 Mb.
bet84/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

5.8-§. SOCHILUVCHAN MODDALAR SATHINI O‘LCHASH
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda turli shakldagi va hajmdagi
idishlardagi sochiluvchan moddalar sathni o‘lchash — suyuq moddalar sathni nazorat qilishga nisbatan ancha murakkab masaladir. Bu sochiluvchan moddalarning idishlarni to‘ldirishda va bo‘shatishda gorizontal sirtga ega
bo‘lmay, balki sochiluvchan moddaning zarrachalari orasidagi ishqalanish va ma’lum bir ilashish natijasida qiyaliklar hosil qilishi bilai bog‘liq. Sochiluvchan
muhitlarning idish tubiga va devorlariga bosimi sathning balandligiga mutanosib emas, chunki sochiluvchan materiallarga Paskal qonuni ta’sir etmaydi. Ko‘pchilik
sochiluvchan materiallar (ayniqsa sement, qum, selitra, shakar, un, tuz va shularga
o‘xshash) saqlashda sochiluvchanligini yo‘qotadi, ya’ni yopishuvchanlik xossasiga
ega bo‘ladi. Bulardan tashqari, ular idishlarning sirtiga va sath o‘zgartkichlari sezgir elementlariga yopishishi mumkin, bu esa yopishqoqlik bilan birga materialning qiya va ba’zi hollarda vertikal tekisliklarda osilib turishiga olib keladi. Ba’zi sochiluvchan moddalarning (bug‘doy, tuz va boshqalar) abrazivligi bunkerlarda o‘rnatiladigan sath datchiklarini tez ishdan chiqaradi, uyumli moddalar esa ularni mexanik shikastlantirishi mumkin.


Bir qator sochiluvchan moddalar (tuz, un, konsentrlangan ozuqalar, oltingugurt va boshqalar) idishlarda muvozanatli, oson alangalanuvchan, ma’lum sharoitlarda esa portlash xavfi bo‘lgan changni hosil qiladi. Shuning uchun elektr sath o‘lchagichlar, faqat portlash xavfi bo‘lmaydigan hollarda qo‘llanilishi mumkin. Sochiluvchan muhitlarni o‘lchash sharoitlarining va tavsiflarining turlichaligi sochiluvchan materiallar sathini o‘lchaydigan asboblarning katta nomenklaturasini belgilaydi: mexanik, kontaktli-mexanik, vaznli, qalqovichli, elektrik, radioizotopli, ultratovushli va boshq. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, suyuk muhitlarning sathni o‘lchovchi yuqorida qarab chiqilgan bir qator asboblardan sochiluvchan moddalarning sathini o‘lchash uchun foydalanish mumkin. Biroq sochiluvchan moddalar sathini nazorat qiluvchi ommaviy chiqarilgan asboblar sanoatda TJABT ni joriy qilishda vujudga keladigan barcha xilma-xil vazifalarni hal qila olmaydi.
Membranali sath o‘lchagichlar sochiluvchan yopishmaydigan moddalarning
chegaraviy sathlarini o‘lchash va signal berishda keng tarqalgan. Bunker devoriga
mahkamlanadigan sochiluvchan modda sathini membranali signallovchida

(5.15 - rasm) sochiluvchan moddalarning bosim kuchi qattiq metall disk 2 li rezinalangan matodan qilingan egiluvchan membrana 1 ga ta’sir qiladi va prujina 3 ning kuchini engib, uni siljitadi. Bu siljish korpus 5 ning ichida joylashgan mitti almashlab ulagich 4 ning elektr kontaktlarining ulanishiga olib keladi. Kontaktlar membrana ustidagi sochiluvchan kontaktli yoki kontaktsiz ulagichga ta’siri prinsipida ishlaydi. Kontaktli — mexanik (mayatnikli) sath signalizatorlari idishga tushayotgan sochiluvchan moddalarning ta’siri ostida sezgir elementning (sharnirli yoki egiluvchan osma ko‘rinishda ishlangan plastina yoki qalqovich) va uning kontaktli yoki kontaktsiz ulagichga ta’siri prinsipi bœyicha ishlaydi.


Vaznli sath o‘lchagichlari sochiluvchan moddalarning bunkerga solinishi va undan
to‘kilishi bir me’yorda bajariladigan hollarda ishlatiladi. O‘zgartkich sifatida turli vaznli qurilmalar qo‘llaniladi. Vaznli sath o‘lchagichlarda o‘zgartkich sifatida messdozalar ishlatilishi mumkin. Bu erda, bunker tayanchiga ko‘rsatiladigan bosim
o‘lchanadi. Bu holda bosim bunkerni modda bilan to‘ldirish funksiyasidan iborat. Bir xillashtirilgan chiqish signalli bosimni (yoki kuchni) o‘lchashning zamonaviy
vositalaridan foydalanish bunday idishlardagi sathni nazorat qilishga va rostlab
borishga imkon beradi. Hozirgi paytda datchik sifatida nominal yuklanish 10 dan
10000 kGk gacha bo‘lgan kuchni o‘lchovchi tenzorezistorli datchiklardan
foydalaniladi. O‘lchashning barcha elektrik usullari ichida sig‘imli usul ko‘proq qo‘llaniladi. Turli xil sig‘imli sath signalizatorlari sanoatda bunkerlarni, idishlarni va boshqa texnologik qurilmalarning to‘lishini signallash uchun keng qo‘llaniladi.
Idishlardagi sochiluvchan moddalarning yuqori va quyi sathlarini nazorat qilish
uchun bitta (BKS-2.1) yoki ikkita (BKS-2.2) sath datchiklari bilan bir komplektdagi
BXS-2 bloki asosida qurilgan sath signalizatorlari (rele) o‘zini oqladi. Nazorat
bloklari uchqundan xavfsiz qilib ham chiqariladi (BKS-24 turidagi).
Sath signalizatorlari sifatida ulchashning rezonans sxemali (ko‘prikli emas)
sig‘imli signalizatorlaridan foydalanish mumkin, masalan, ESU-1, ESU-2 va boshqa
turlaridan.
Bunday qurilmalarda elektrod 1 va bunker devori 2 (5.16-rasm) dan tuzilgan
sig‘imli o‘zgartkich induktivlik g‘altagi L bilan birga tebranish konturini tashkil
etadi. Uning rezonans chastotasi o‘zgartkich sig‘imi bilan, ya’ni sathning qiymati
bilan aniqlanadi. Konturning rezonans chastotasi bilan generator G ning kuchlanish
chastotasi (sathning chegaraviy qiymatiga mos kelgan) ustma-ust tushsa, R rele
sinalizasiya sxemasini ulaydi.
Akustik sath signalizatorlari zarrachalar o‘lchami 2 dan 200 mm gacha bo‘lgan
sochiluvchan va bo‘lakli moddalarning sathini kontaktsiz avtomatik signalizasiyalash
uchun qo‘llaniladi. EXO turidagi signalizator akustik o‘zgartkichdan, uzatuvchi
o‘zgartkichdan va releli chiqishdan iborat. Signalizasiya oralig‘iga bog‘liq holda turli
xil akustik o‘zgartkichlar qo‘llaniladi. Sathdan qaytgan impulslar generatordan
kelayotgan impulslardan vaqt oralig‘ining farqi bilan belgilanadi. Keyin moslashish
sxemasidan chiqish signali chiqish qurilmasiga keladi, u erda rele qurilmasini ishga
tushuruvchi o‘zgarmas tokning chiqish kuchlanishi shakllanadi.
Sath o‘lchashning bir qator uslub va vositalari (radioizotopli, rezonansli,
konduktometrik va boshq.) mavjud bo‘lib, ular qurilmasi murakkab bo‘lganidan yoki
o‘lchanayotgan muhitning tavsifiga ko‘p jihatdan bog‘liqligidan, yoki oziq-ovqat
mahsulotlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lganidan sanoatda amalda deyarli
qo‘llanilmaydi, shunga qaramay ular yuqori metrologik xossalarga ega.



Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish