RELE HIMOYASI QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR.
Selektivlik
(tanlovchanlik).
Rele
himoyasining
selektivligi
yoki
tanlovchanligi deb uning tarmoqning faqat shikastlangan uchastkasini o‘chirish
qobilyati tushuniladi. Agar K1 nuqtada qisqa tutashuv sodir bo‘lsa (
1.4 - rasm
),
rele himoyasi shikastlangan elektr tarmoqning shikastlanish joyiga eng yaqin
bo‘lgan Q2 o‘chirgichini o‘chirishi kerak. Rele himoyasining bunday harakati
natijasida shikastlangan tarmoqdan tashqarish barcha iste’molchilarning elektr
ta’minoti saqlanadi. Agar qisqa tutashuv K2 nuqtada bo‘lsa, rele himoyasi
tanlovchan ishlashi natijasida shikastlangan L1 tarmoqni o‘chirishi, L2 tarmoq esa
ish holatida qolishi kerak. Bundan iste’molchilarning ta’minoti saqlanadi.
Shunday qilib tanlovchanlik rele himoyasining shartli talabi hisoblanadi,
undan cheklanish faqat tezkorlikni ta’minlash uchun ruxsat etiladi, qachonki
noselektiv o‘chirish o‘zidan xavfli oqibatlarni keltirib chiqarmasa.
1.4 - rasm
. Qisqa tutashuvni tarmoqdan selektiv o‘chirish Tezkorlik. Qisqa tutashuvni o‘chirish shikastlangan joyni buzilish
o‘lchamini kamaytirish, qurilmalar, kabel va havo elektr uzatish tarmog‘ining
termik barqarorligini ta’minlash, elektr uzatish tarmog‘ini avtomatik qayta ulash va
yig‘ma shinalari effektivligini oshirish uchun, iste’molchilarning ishida kuchlanish
pasayishini ta’sirini kamaytirish va elektrstansiya generatorlari turg‘un parallel
ishlashini saqlanishi katta tezlikda amalga oshirilishi kerak.
Qoldiq kuchlanish qanchalik kichik bo‘lsa, turg‘unlikning bo‘zilish ehtimoli
shuncha katta va binobarin, qisqa tutashuvni shuncha tez o‘chirish kerak.
Turg‘unlik shartiga asosan uch fazali qisqa tutashuv va neytrali erga zaminlangan
tarmoqlarda ikki fazali qisqa tutashuv eng og‘ir hisoblanadi (
1.2,a va g rasmga
qarang
).
Energetika tizimining turg‘unligini saqlash uchun qisqa tutashuvni o‘chirish
juda kichik vaqti talab etadi. 750-1150 kV li tarmoqlarda fazalararo qisqa tutashuv
yuzaga kelsa 0,06-0,08 s, 330-500 kV li tarmoqlarda 0,1-0,12 s, 110-220 kV li
EUL 0,1-0,12 sekundlarda o‘chirilishi kerak.
Agar qoldiq kuchlanish nominialning 60% dan kichik bo‘lsa, turg‘unlikni
saqlash uchun shikastlanishni tez o‘chirishni ta’minlash kerak, ya’ni tez ishlovchi
releli himoyani qo‘llash kerak.
Yuqorida keltirilgan qisqa tutashuvning to‘liq o‘chirish vaqti t
q.o‘.
rele
himoyaning ishlash vaqti t
h
va qisqa tutashuv tokini ajratadigan uzgichning t
o‘
vaqtlari yig‘indisidan iborat , ya’ni: t
q.o‘.
= t
h
+ t
o‘
.
Qisqa tutashuvni o‘chirish vaqtini kamaytirish uchun rele himoyani va
uzgichni ishlashini tezlashtirish kerak. 220-750 kV li uzgichlar t
o‘
=0,04÷0,06
cekundda ishlaydi. Juda tez ishlaydigan releli himoya muhim ahamiyatli energetika
tizimlarda qo‘llanilib, t
o‘
=0,02÷0,04 cekundda ishlaydi.
Asosiy ET dan uzoqdagi 6-35 kV li taqsimlovchi tarmoqlarda qisqa
tutashuvni o‘chirish vaqti 1,5-3 s da ham ruxsat etiladi. Lekin ushbu tarmoqlarda
ham releli himoyaning ishlash vaqtini kamaytirish choralarini ko‘rish kerak.
Tanlovchan tez ishlovchi releli himoya qiyin va qimmat. Soddalashtirish
maqsadida oddiy tez ishlovchi, lekin etarli tanlovchanlikni ta’minlab bermaydigan
releli himoyani ishlatishga ruxsat etiladi. Bu holda noselektivlikni tuzatish uchun
avtomatik qayta ulash foydalaniladi, o‘zining chegarasidan keyingi hudud
noselektiv o‘chgan bo‘lsa, qayta tez qo‘shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |