Muallif: Charles Dickens
Ulkan umidlar
1-fasl
Mening ota tomonidan ismim Pirrip bo’lgan va xristiancha ismim esa Filip . Mening yosh bola tilim ikkala ismni ham “Pip” kabi aniqroq va ravonroq qila olmaganligi sababli men o’zimni Pip deb atay boshladim. Otamning Pirrip nomini olganligi , uning qabtrtoshidan va temirchiga turmushga chiqqan opam Jo Gargeradan ma’lum. Men hech qachon otamni yoki onamni va umuman ularning birortasiga o’xshaganlarni ko’rmadim. Mening dastlabki o’ylarim ular o’xshash bo’lgan asossiz olingan qabrtoshlari haqida bo’lgan . Qandaydir sabablarga ko’ra, otamning qabridagi xatlar shaklidan, men uni tik gavdali , baquvvat , o’zgacha ko’rinishdagi jingalak qora sochli deb o’ylaganman. Bu hayolot va yozilgan yozuvlardan *Yuqoridagi Gorgiana xonim * mening bolalarcha tasavvurimda oyim sepkilli, kasalmand ayol qiyofasida kelib chiqdi. Ularning qabrlari yonida ketma-ket joylashtirilgan, har birining uzunligi bir yarim fut bo’lgan beshta tor toshdan yasalgan qabr toshlari yonida toza tartibda joylashtirilgan va ular uchun muqaddas bo’lgan Tirikchilik uchun kurashdan voz kechgan beshta akamning xotirasi bor...
... Biz dengizning yonidan yigirma chaqirim narida joylashgan katta daryo yaqinidagi botqoqli qishloqda yashadik. Ehtimol, bitta unutilmas qish kunida, kechqurun men atrofimdagi butun dunyo haqidagi birinchi ongli taassurotimni oldim. O’shanda menga birinchi marta to’siq va qichitqi o’t bilan o’ralgan bu ko'rimsiz joy qabriston ekanligi ayon bo’ldi. Ushbu cherkovda istiqomat qiluvchi Filipp Pirrip va *Yuqoridagi Gorgiana xonim vafot etgan va ko’milgan; ularning yosh o’g’illari – Iskandar, Bartolomey, Avraam, Tobias va Rojer ham o’lib, dafn etilganligini; panjara ortidagi tekis qorong’i yo’l , ularning barchasi to’g’on bilan o’rab olingan, bu erda va uzoqroqda chorva mollari o’tlayotgan botqoqliklar; ularni yopadigan to'siq chizig’i daryo ekanligini; shiddatli shamol vujudga keladigan uzoqroq makon – dengiz; va bularning orasida yo’qolgan va qo’rquv bilan nido qiladigan kichik titroq mavjudot – bu Pip.
“Og’zingni yop” daxshatli buyruq ovozi eshitildi va qabrlar oralig’ida ayvon yonida birdan odam paydo bo’ldi. “Jim tur kichkina shayton , aks holda men seni o’ldiraman.
Qo’rqinchli kimsa , beo’xshov kulrang , oyog’ida temir. Shlyapasi yo’q , poyafzallari yirtilgan , boshiga eski latta bog’langan. Erkak
suvga botgan, loyga burkangan, toshlar bilan bo’g’ilib qolgan ,
Qichitqi o’tlari chaqqan va oqsoqlanib, qaltirab qarar
va xirillardi; va tishlarini jahl bilan g’ijirlatib iyagimdan ushlab oldi.
“O yo’q Meni o'ldirmang, janob”, dedim qo’rqib. – O’tinaman bunday qilmang
“Ismingni ayt!” – dedi nomalum kimsa. “Tez!”
Tarjimon: Sunnatova Sevara
Do'stlaringiz bilan baham: |