89
bo'ladi. Past labaroratda, ayniqsa muzlatilganda uzoq saqlanadi. Antibiotiklar
qizamiq virusiga tasir qilmaydi. Interferon tasirida virus nobud bo'ladi.
Epidemiologayasi. Infeksiya manbai bemor odam hisoblanadi. Bemor kasallik
yashirin
davrining oxiridan boshlab, butun orodroma davri mobaynida va terida
toshma paydo bo'lganida so'ng 1-2 kungacha virusni atrofidagalarga ko'p tarqatadi.
Keyinchalik bemorning infeksiya manbai sifatidagi ahamiyati kamayadi. Bemor
kasallikning dastlabki davrlarida gaplashganida, yo'talganida va aksirganda so'lak
zarrarchalari bilan atrofga ko'plab virus tarqatadi. Virus 10 metr masofagacha
tarqalib, sog'lom odamlarga yuqishi mumkin.Sog'lom kishi
organizmiga virus nafas
yo'llarn orqali tushadi, yani havotomchi yo'li bilan tarqaladi. Kupchiliq qizamiq bilan
yoshligida kasallanishi sababli, katta yoshdagalarda u kam uchraydi. Bolalarni
qizamiqqa qarshi yoppasiga emlash yo'lga qo'yilganidan beri, qizamiq emlanmay
holgan katta yoshdagilar orasida ham uchrab turadi. Kasallikdan so'ng turg'un
(butun umr saqlanadigan) immunitet hosil bo'ldi.1967 yildan boshlab kichik yoshdagi
bolalar respublikamizda qizamiqda qarshi yoppasiga emlana boshladi. Buning
natijasida bolalar orasida qizamiq kasalligi keskin kamaydi.Klinikasi. Qizamiq kasalligi
kechishida davriylik yaqqol seziladi. Xastalik kechishi 4 davrga bo'linadi:
yashirin
davr, prodroma (katar) davri, toshma toshishi va toshish yo'qolishi
davrlari.Kasallikning yashirin davri o'rta hisobda 9-11 kun, ba'zan 3-4 haftagacha
boradi. Gammaglobulin olgan bolalarda yashirin davr uzoqroq bo'ladi. Bu davrda
ba'zan qisqa muddatli xarorat ko'tarilishi, tumov alomatlari, qovoq kerikishi, ishtaha
yo'qolishi, serxarxashalik kabi alomatlar bo'lishi mumukin.
Prodroma davrida kasallikka xos bo'lgan alomatlar paydo bo'ladi. U odatda 3-4
kungacha davom etadi. Bu davr umuman intoksikatsiya va nafas yo'llarining
yallig'lanish alomatlari bilan boshlanadi. Tana xarorati 38-39S gacha ko'tariladi. Bola
lanj bo'ladi, ko'p yig'laydi. Ishtaxasi yo'qoladi, ko'z va og'iz shilliq qavatida kataral
yallig'lanishi ro'y beradi. Burun bitib qoladi, ko'plab ba'zan tinimsiz ravishda suyuqlik
oqib turadi. Bola ko'p aksiradi. Hiqildoq kekirdak va bronxlar yallig'lanishi tufayli
quruq, qisqa yo'tal paydo bo'ladi. U tez takrorlanib turadi (xalq iborasida quv-quv
yo'talish). Ovozi bo'g'ilib qoladi.Ko'z konyunktivasi yallig'lanadi.
U qizarib ketadi,
qavaradi, tomirlari kengayadi. Ko'zdan yosh oqib turadi. Bemor yorug'likka karay
olmayda. 1-2 kundan so'ng ko'z va burundan oqayotgan suyukdik yiring aralash
bo'ladi.Bemorning yuz-ko'zi, burun va lablari kerikadi. Prodromaning 2-3 kunida
og'izda lunj shilliq qavatida mayda,
oq rangli, nuqtasimon, biroz turtib turadigan
toshmalar paydo bo'ladi. Bunday toshmalar qizamiqqa xos belgi hisoblanadi.
Ularni
Do'stlaringiz bilan baham: