Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

gemetotsitlar 
xosil bo'ladi. Ular ikki xil bo'ladi: erkak jinsiy xujayralar - 
mikrogametotsit va urg'ochi jinsiy xujayralar makrogametotsit. Bu xujayralar 
yetilmagani tufayli odam organizmida bir-biri bilan qo'shila olmaydi va uzoq 
muddatli tashuvchilik xolati ro'y berishi mumkin.Shunday odamni urg'ochi anofeles 
chivini chaqqanida odam qoni bilan birga gametotsitlar xam chivin organizmiga 
o'tadi. Uning me'dasida plazmodiylar jinsiy yo'l bilan ko'payadi — gametotsitlar 
yetilgan jinsiy xujayralar - gametalarga aylanadi. Ana shu davrdan boshlab 
mikrogameta va makrogameta bir-biriga ko'shilib, ootsista xosil bo'ladi. Uning ichida 
parazitlar ko'payib, ootsista yoriladi va plazmodiylar chivin tanasiga, shu jumladan 
so'lak bezlariga tarqaladi. Aynan shu vaqtdan boshlab chivin odamni chaqqanida 
bezgakni yuqtiradi. Bu jarayonning muddati tashqi xavo xaroratiga bog'liq, Harorat 
15-15

S bo'lganida u 35 kun davom etsa, 25°S va undan yuqori xaroratda 8-10 kun 
yetarli. Shuning uchun yoz oylarida O'zbekiston sharoitida plazmodiylar chivin 
organizmida juda tez ko'payishi mumkin. 
Epidemiologiyasi. Bezgak kasalligining manbai bemor odam yoki gametotsit 
tashuvchi 
sog'lom 
odam 
hisoblanadi. Kasallik bir odamdan 
boshqasiga 
urg'ochi 
anofeles 
chivini chaqqanida yuqadi. Chivin 
odamni qoronga tushganidan so'ng 
chaqadi. Boshqa turga mansub, 
masalan, kuleks chivinlari bezgakni 
tarqatishda xech qanday o'rin 
tutmaydi. O'zbekiston sharoitida 
anofeles chivinlari Surxondaryo 
viloyatining 
ayrim 
xududlarida 
uchrab turadi. Ularga anofeles 
chivinlari qo'shni Afg'oniston va 
Tojikiston 
davlatlaridan 
o'tib 
turadi.Keyingi yillarda bezgak keng tarqalgan, Osiyo va Afrikadagi xorijiy davlat 
fuqarolari ko'plab kelishi, respublikamiz fuqarolarining u davlatlarga borib kelishi 
ko'paygani tufayli, anofeles chivini bor joylarda bezgak kasalliginiig tarqalish xavfi 
ortib bormoqda.Hozirgi vaqtda O'zbekistonda bezgak onda-sonda uchraydigan, 


94 
asosan chet eldan kirib kelgan xolatlar bilan bog'liq kasallik xisoblanadi. U asosan 
yilning issiq oylarida qayd etiladi. 
Klinikasi. Bezgakning yashirin davri 10 kundan bir oygacha. Kasallik 
qo'zg'otuvchilarining xususityatiga ko'ra, uning kechishida ba'zi o'ziga xos alomatlar 
bo'lishi mumkin. Lekin umumiy belgalari ham mavjud.Odatda, kasallik to'satdan 
boshlanadi. Badan qaqshab, bemor sovqotadi. Ustiga duch kelgan narsani yopib 
yotsa xam isimaydi. Oradan 1-2 soat o'tgach, isitma ko'tarilib ketada va tana xarorati 
41°S, ba'zan undan xam yuqori darajaga ko'tariladi. Bu vaqtda bemorning badani 
qizib ketadi, ustidagi barcha narsalarni olib tashlaydi. Isitma ko'tarilgan vaqtda 
bemor bosh og'rishi, qungil aynishidan shikoyat qiladi. Bemorning yuzi va terisi 
qizargan, paypaslab ko'rganda issiq tuyuladi. Bel soxasi va chap biqinda kuchli og'riq 
bo'lishi mumkin. Tomir urishi tezlashadi. Isitma xuruji 6-8 soat davom etadi. So'ngra 
qisqa vaqt ichida isitma to'satdan 35-35.5°S gacha tushib ketadi (intermittirlovchi 
isitma).Bu davrda bemorda kuchli terlash kuzatiladi. Ichki kiyimlari shalobbo bo'lib 
ketadi. Ularni bir necha marta almashtirishga to'g'ri keladi.Uch kunlik bezgakda 
isitma hurujlari orasidagi muddat 48 soat, 4 kunlikda 72 soatga teng. Demak, isitma 
huruji kun oralatab, yoki 2 kundan so'ng, 3-kunida aynan bir xil vaqtda 
boshlanadi.Tropik bezgakda dam isitma xurujlari odatda 48 soatdan so'ng 
takrorlanadi. Uning og'ir kechishi shundaki, boshlangan isitma huruji 36 soatgacha 
davom etishi mumkin. U bemorning tinkasini kuritadi. Huruj qo'zg'alganidan so'ng 12 
soat o'tishi bilanoq, isitma qaytadan ko'tariladi. Bazak isitmalar xurujida davriylik 
mutlaqo yiqoladi.Bezgak keng tarqalgan joylarda odamga har vaqning o'zida bir 
necha xil ilazmodiylar yuqishi mumkin. Boshqa xollarda esa bir xil pladmodiylar 
ketma ket bir necha kun davomida yuqadi. Bunday hollarda isitma huruji betartib 
tutadi.Isitma xurujlari takrorlanavergach, bemorning turli axzolarida o'zgarishlar 
yuzaga keladi. Taloq kattalanishi o'ziga xos belga xisoblanadi. U dastlab yumshoq 
bo'lsa, keyinchalik qatiq bo'lib qoladi. So'ngra jigar ham kattalashadi.Bemor ish 
qobiliyatini yo'qotadi. Rangi sarg'ayib ketadi. Ko'pincha lablari atrofiga uchuq 
toshadi. Eritrotsitlar parchalanavergani tufayli ularning soni kamyib ketadi. 
Kamqonlik (anemiya) rivojlanadi. Qondagi gemog'lobin miqdori, deykotsitlar soni 
xam kamayadi.Og'ir hollarda, ayniqsa tropik bezgakda kasallikning og'ir asoratlari — 
bezgak komasi va gemoglobnuriya isitmasi ro'y beradi. Bu asoratlar kasallikning 
vaqtida davolamagan hollarda ko'p uchraydi. Bezgak kasallitda bemor xushidan 
ketada. Tomirlar faoliyata keskin izdan chiqadi. Miya shishi ro'y beradi. Teri 
qoramtir-sarg'ish rang bo'lib ketadi. Siydik va najas beixtiyor ajraladi. 
Jadallashtarilgan 
davolash 
olib 
borilmasa, 
ko'pincha 
o'lim 
bilan 
tugaydi.Gemoglobinuriya isitmasi ba'zi bemorlarda bezgakka qarshi dorilar 
berilganidan 4-8 soat o'tgach ro'y beradi. Bunda kuchli eritrotsitlar gemolizi 
(parchalanishi) yuzaga keladi. Bemorning harorati to'satdan ko'tarilib ketadi. Kuchli 
bosh og'rishi va bel soxasida og'riq paydo bo'ladi. Teri sarg'ayib ketadi. Anemiya 
zo'rayadi. Siydik qoramtir bo'lib keladi.Vaqtida davolangan hollarda bezgak bilan 
og'rigan bemorlar tuzalib ketadi. Ba'zi xollarda 1-2 oy, xatto biror yildan so'ng, 
retsedivlar kuzatiladi. 


95 
Tashxisi. Kasallikka xos isitma xurujlarni e'tiborga olib bezgak tashxisini qo'yish 
mumkin. Laboratoriya diagaostikasida barmoqdan olingan qonni tekshirish kulay va 
oson usul xisobnadi. Isitma xuruji vaqtida xam, u tugaganidan keyin xam bemordagi 
qondan "qalin tomchi" olib buyum oynachasi ustida quritiladi. Shuningdek, qon 
surtmasi (mazok) xam olinadi. Ularni Romanovskii-Gimza usuli bilan bo'yab, 
mikroskop ostida qaralsa, plazmodiylarni topish mumkin. Bu usul yordamida nafaqat 
bezgak tashxisini qo'yish, xatto uni qaysi turdagi plazmodiylar qo'zg'atganini aniklash 
mumkin. Chunki har bir plazmodayning eritrotsit ichidaga shakli va merozoiptlar soni 
o'ziga xos bo'ladi. 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish