102
aylanadi. Ba'zan tanglay, o'pka, me'da-ichak yo'llari xam jaroxatlanadi. Vaqt o'tishi
bilan tugunchalar o'rnida yara paydo bo'lishi mumkin.OITS rivojlanganida qonda
limfopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya va anemiya kuzatiladi. Ayniqsa, T-
limfotsitlar soni kamayib ketadi.Odatda, OITS ga xos kasalliklar rivojlanganidan so'ng
bemor o'zoq yashamaydi. Ko'p xollarda kasallik 2 yil davom etib o'lim bilan
tugaydi.Tashxisi. OITS tashxisini laboratoriya tekshiruvisiz qo'yishi mumkin emas.
Keng miqyosda olib boriladigan laboratoriya tekshirishi
qondagi OISV ga qarshi
antitelolarni aniqlashga asoslangan. Virus yuqqan vaqtda 3
oygacha bo'lgan
muddatda qonda antitelolar bo'lsa xam, ular kam miqdorda bo'ladi. Shu sababli
reaksiya salbiy natija berishi mumkin. Noto'g'ri xulosa chiqarib qo'ymaslik uchun
shubxa bo'lgan xollarda 3
oy oralatib qaytadan tekshirish o'tkaziladi.Antitelolarni
aniqlash uchun immun ferment taxlili (IFA) va radioimmun taxlil (RIA) usullaridan
foydalaniladi. Ijobiy natija olinganida darxol OITS tashxisini ko'yish mumkin emas.
Qo'shimcha ravishda immunoblot va radioimmunopretsipitat reaksiyalari xam
qo'yilada. Bu reaksiyalar xam ijobiy natija bersa, epidemiologik va klinik
ma'lumotlarni e'tiborga olgan xolda OISV infeksiyasi
yoki OITS tashxisi
qo'yiladi.Keyingi yillarda OISV antigenini aniqlash usuli ham topildi. U virus yuqqan
dastlabki bosqichlarda hamda bolalarga tashxis qo'yishda yordam beradi. Bu ancha
murrakab va qimmat turadigan usullardan hisoblanadi va yirik laboratoriyalarda
qo'yiladi.OISV infeksiyasi yoki OITS ga shubha qilingan bemor venasidan qon olishda
xamshira g'oyat ehtiyot bo'lishi, tasodifan o'ziga igna sanchib yuborilishi yoki terisiga
bemor qoni tushishidan saqlanishi kerak. Ishlatilgan shpris va igna maxsus ajratilgan
joyga tashlab yuboriladi. Qon solingan probirka zich yopiladigan konteynerga solinib,
yo'llanma bilan laboratoriyaga yuboriladi.Laboratoriyada tekshirish ijobiy natija
berganda uni ovoza qilib yuborilmaydi. Bu xaqda darhol shaxar, tuman ORTGS ga
qarshi kurash markazlariga xabar beriladi. Ushbu tashkilot mutaxassislari shaxsan
bemor bilan ish olib boradilar.
Davolash. OISV infeksiyasi aniqlangan bemorlar shifoxonaga yotqizilmaydi. Ular
har 3
oyda qaytadan tibbiy ko'rikdan va laboratoriya tekshiruvidan o'tib turadi.
Bemorga kasallik moxiyati tushuntiriladi va qasddan kasallikni tarqatadigan bo'lsa,
jinoiy javobgarlikka tortalishi xaqida ogoxlantirib, tilxat odinadi.
Bunday javobgarlik
OITS bo'yicha O'zbekistonda chiqarilgan qonunda qayd etilgan.Kasallik viruslariga
qarshi samarali ta'sir ko'rsatuvchi dorilar yo'q. Azidotimidin, zidovudin kabi
preparatlar virusga qarshi ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi OITS alomatlari avj
olganida bemor OITS ga qarshi kurash markazlari qoshidagi maxsus o'rinlarga
yotqizib davolanadi. Qaysi a'zo kasallgani va uni qaysi mikrob ko'zg'atganiga qarab,
antibiotiklar, viruslar va zamburug'larga qarish dorilar tayinlanadi. Kaposhi
sarkomasida kimyoterapiya va immunoterapiya olib boriladi. Terining ayrim joylariga
renten nuri bilai ta'sir ko'rsatish mumkin.
Oldini olish. OISV infeksiyasi va OITS tarqalish turli millat va elatlarning
an'analariga ko'p jixatdan bog'liq. Sog'lom turmush aqidalariga rioya etadigan, oilani
muqaddas deb xisoblaydigan jamiyatga bu kasallikning asosiy (jnnsiy) tarqalish yo'li
cheklanadi. Oilada eru-xotinning umrbod bir-biriga vafodor bo'lib qolishi,
yoshlarni
103
ham shu ruxda tarbiyalash OITS ning eng yaxshi profilaktikasi xisoblanadi.
Giyoxvandlikka qarshi kurash xam OITS ning oldini olishda katta axamiyatga ega.
Zeroki, giyoxvandlar narkotik moddalardan inyeksiya vositasida OITS ni yuqtirib
oladilar. Qolaversa, bu toifa odamlar ko'pincha yengil tabiat bo'lganlari uchun jinsiy
aloqa borasida xam chegara bilmaydilar. Bu yo'l vositasida ham OISV yuqishiga moyil
bo'ladilar. Shuning uchun ular xar 3
oyda laboratoriya tekshiruvidan o'tadilar.
Respublikada qabul qilingan qonunga muvofiq, yurtimizga 3
oydan ortiq
muddatga shartnoma asosida kelgan mutaxassislar, talabalar kelishlari bilan va
keyinchalik xar 6 oyda OISV antitelolariga laboratoriya tekshiruvidan o'tib turadilar.
Chet elga 3
oydan ortiq muddatga borgan O'zbekiston fuqarolari xam qaytganidan
so'ng shunday tekishruvdan o'tadi.Sababi
aniqlanmagan, uzoq muddat davom
etadigan isitma, pnevmoniya, diareya kasalliklari, jigar xastaligi, Kaposhi sarkomasi
va shunga o'xshash boshqa kasalliklarda bemor qoni virus antiggelolariga tekshirish
uchun olinadi.Kasallik donor qoni vositasida yuqishining oldini olish uchun xar safar
olingan qon OISV antitelolariga tekshirib ko'rilganidan so'ng ishlatishga ruxsat
beriladi.Respublikada OITS ga qarshi tadbirlarni
amalga oshiruvchi maxsus
tashkilotlar bor. Ular OITS ga qarshi kurashish markazlari deyiladi. Bu markazlar
respublika, viloyat va shaxar, tuman mavqyeiga ega. Ularning asosiy vazifasi bu
kasallikka qarshi barcha tadbirlarni muvofiqlashtirish va laboratoriya tekshirishlarini
o'tkazishdir. Markazlar faoliyatida targ'ibot ishlari muhim o'rinni egallaydi. Yirik
markazlar qoshida odamni o'z xohishiga ko'ra yashirincha tekshirib berish xonalari
mavjud. Ularda tekshiriluvchining nasl-nasabi, turar joyi surishtirilmaydi.OITS ga
qarshi kurash markazi mutaxassislari xar bir bemorning
jinsiy aloqadoshlarini
surishtiradi va ularni majburiy xolda tibbiy ko'rikdan va laboratoriya tekshiruvidan
o'tishini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: