Shomurodov Behzod. 1-4a-20. Davlat tushunchasi



Download 16,26 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi16,26 Kb.
#222646
Bog'liq
Shomurodov Behzod (huquq-oraliq)


Shomurodov Behzod. 1-4a-20.

1. Davlat tushunchasi.

Davlat shakllangandan boshlab jamiyat rivoji davomida davlat tushunchasi va uning mohiyatiga beriladigan tariflar va u haqidagi fikrlar ham o’zgarib borgan. Avvalambor, davlat tushunchasi va uning mohiyatini anglash uchun jamiyat tushunchasini anglash zarur. Negaki, davlat jamiyatsiz mavjud bo’la olmaydi. Davlat jamiyat ichida vujudga keladi. Jamiyat bu davlatga nisbatan keng tushuncha. Jamiyat bu kishilar majmuasidir, ular o’zlarining ehtiyojlari va manfaatlari asosida birlashadilar. Jamiyat asosi esa undagi insoniyatdir. Albatta, jamiyatdagi insonlar uning vujudga kelishi va rivojidagi asosdir. Jamiyat har xil insonlar guruhi yoki qatlamini birlashtirishi mumkin, masalan millat, qabila yoki urug’. Jamiyat ichida mavjud bo’lgan davlat huquqni keltirib chiqaradi, shuning uchun ham davlat, jamiyat, huquq tushunchalari o’zaro aloqadordir. Jamiyatni ham biror bir tomonga o’zgartiruvchi yoki yo’naltiruvchi vositalar ham davlat va huquqdir. Huquq esa ikkala tomonga ham, ya’ni ham davlatga, ham jamiyatga majburiy hisoblanadi. Davlat bu siyosiy tashkilot hisoblanib u biror bir hududda oliy hokimiyatni amalga oshiradi. Davlat jamiyatda asosiy va umumiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etuvchi vosita, ammo fuqarolik jamiyatida bu kabi ko’plab muammolar davlat aralashuvisiz hal etiladi. Bunday jamiyatda odatda davlat jamiyat ozi bajara oladigan ishlarga aralashmaydi va jamiyatda davlatning kuchli ta’siri ham sezilmaydi. Davlat deganda yana, bir sinfning boshqasi ustidan hukmronligini ham tushunish mukin. Bunda davlat ham aynan shu sinflar vujudga kelishi natijasida vujudga keladi. Ommaviy humkron guruhlar o’zlarining hukmronligini tashkil etuvchi va saqlab turuvchi kuchlarni vujudga keltirgan, bunda birinchi omil bo’ysunuvchi sinfning mulkiy qaramligidir. Yana davlatga huquq manbayi deb qarash ham mumkin, ya’ni, davlat va jamiyat hayotini tashkil etadigan huquq manbayi davlatdir. Albatta davlat tushunchasi keng tushunchadir, uning mohiyati deyilganda davlatning maqsadi, vazifasi, qaysi sinf manfaatiga xizmat qilishi va shu kabilar tushuniladi. Mamlakatda yagona majburlov apparatiga va maxsus boshqaruv apparatiga ega siyosiy tashkilot ham davlatdir. Hokimiyatni amalga oshiruvchi bosh institut bu davlat, hokimiyat faqat davlat orqali amalga oshadi.

2. Davlat shakli.



Davlatning boshqaruv shakli, uning tuzilishi shakli va siyosiy tuzumi kabilarni belgilaydigan asosiy xususiyatlar davlat shakli deb tushuniladi. Bular o’z o’rnida davlatning qanday tashkil etilganligi va hokimiyatni qanday usulda boshqarishini ko’rsatadi, va aynan davlat shakllari orqali davlat haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin. Davlatning boshqaruv shakli deyilganda, oliy hokimiyat, uning idoralari, aholi bilan munosabati va aholining bu idoralarni shakllantirishdagi ro’li tushuniladi. Boshqaruv shakliga ko’ra davlatlar monarxiya v republikaga bo’linadi. Monarxiya so’zi yunoncha bo’lib, “yakka hukmronlik”ni anglatadi. Bu boshqaruv shaklida oliy hokimiyat yakka hukmdor – monarx qo’lida to’planadi. Bunday davlat boshqaruv shakliga Buyuk Britaniya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Shvetsiya, Daniya va Ispaniya kabi mamlakatlarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Monarxiya belgilari qilib davlat shaxsiylashtirilganligi va meros bo’lib o’tishi, monarx hokimiyati muqaddas deb e’lon qilinishi, monarxlar hokimiyati muddatsizligi va o’z faoliyatida mustaqilligi kabilarni o’rsatish mumkin. Monarxiya ham o’z navbatida uchta turga bo’linadi, bular mutlaq, cheklangan (konstitutsiyaviy yoki parlamentar) va dualistik. Davlat hokimiyatini boshqa birorta idora bilan hukmronligi cheklanmagan monarx boshqarsa, monarxiyaning bu shakli mutlaq monarxiya. Bunga Saudiya Arabistoni yaqqol misol bo’la oladi. Agar monarx hokimiyati konstitutsiya asosida boshqa bir vakolatli organ tomonidan cheklansa, bu monarxiya cheklangan monarxiyadir. Bunga misol, Buyuk Britaniya, Daniya, Shetsiya kabilar misol bo’la oladi. Agar hokimiyat monarx tomonidan shakllantirilgan hukumat va parlament o’rtasida bo’linsa, bunday monarxiya dualistik monarxiyadir, bunga 1871-1918 yillarda mavjud bo’lan Germaniya imperiyasining boshqaruv shaklini misol bo’lishi mumkin. Boshqaruv shaklining yana bir turi respublika boshqaruv shaklidir. Respublika yunoncha so’zdan olingan bo’lib “umumiy ish” ma’nosini anglatadi. Bu boshqaruv shakli davlatning oliy idoralari muayyan muddatga saylanadigan shakldir. Respublika boshqaruv shaklining asosiy belgilari qilib hokimiyat idoralari saylab qo’yilishi, hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi, sudlar obro’si yuqoriligi, fuqarolar davlat organlari faoliyatida ishtirok eta olishlari kabilarni ko’rsatish mumkin. Respublika ham o’z navbatida prezidentlik, parlamentar va aralash turdagi respublikalarga bo’linadi. Davlatni xalq saylaydigan va keng vakolatlarga ega Prezident boshqarsa bu prezidentlik respublikasidir. Hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan boshqaruv shakli ham aynan prezidentlik respublika boshqaruv shaklidir. Bunda president hukumat boshlig’i ham, davlat boshlig’i ham, oliy bosh qomondon ham bo’la oladi. Prezidentlik respublikalariga AQSh, Braziliya, Kolumbiya, jumladan O’zbekiston misol bo’la oladi. Bu 1990-yil 24-martdagi O’zbekiston SSR Oliy Sovet qarori asosida mustahkamlandi. Parlamentar respublikalarda davlat boshlig’i saylanuvchi president bo’lib, u nisbatan kamroq vakolatlarga ega. Bunda prezidentni parlament saylaydi. Ammo ayrim parlamentar respublikalarda prezidentni xalq saylaydi, misol uchun Bolgariyada. Bunda president hukumatni boshqarmaydi, ammo uni tuza oladi. Hukumatni bosh vazir boshqaradi. Lekin bosh vazir parlament oldida javobgar. Bunday respublikalarga Italiya, Shveysariya, Germaniya kabilar misol bo’la oladi. Respublika boshqaruv shaklining yana bir turi aralash respublikadir. Bunda prezidentlik va parlamentar respublika elementlari aralash holda bo’ladi. Bunda ham davlat hokimiyati aniq tarmoqlarga bo’linadi. Bu boshqaruv shaklida ham president vazirlarni tayinlash vakolatiga ega ammo ular ham president, ham parlament oldida javobgar. Bunday respublikaga Fransiyani misol qilsa bo’ladi, negaki, Prezidentni xalq saylaydi ammo hukumatni boshqarmaydi. Davlatning boshqaruv shakli uning ma’muriy-hududiy tuzlishi qanday tashkil etilganligini ko’rsatadi, va bu oddiy va murakkab turlarga bo’linadi. Oddiy bu unitar, murakkab tuzilish esa federative yoki konfederativ tuzulishdir. Unitar davlat bu yaxlit davlat demakdir, ya’ni hududiy birliklar hech qanday suverentitet belgilariga ega bo’lmagan davlatdir. Yagona fuqarolik (ko’pchilik hollarda bitta millat), yagona pul birligi, yagona armiya, yagona konstitutsiya kabi tushunchalar unitary davlatga xosdir. Federativ davlat murakkab tuzilish shakliga ega bo’lgan, ittifoqdosh davlatdir. Bunda bir nechta davlat tuzilmalari mustaqil ixtiyoriy ravishda birlashadi. Birlashgandan keyin ularning barchasi federatsiya subyektiga aylanadi. Bunda hokimiyat idoralari ikki tizimga bolinadi, birinchisi federal darajadagi, ikkinchisi federatsiya subyektlari darajasidai idoralardir. Ikkala darajalarda ham president, hukumat, parlament bo’lishi mumkin. Markaz bilan subyekt o’rtasidagi vakolatlar ittifoq konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Barcha subyektlar o’z konstitutsiyalariga ega bo’lishlari ham mumkin. Konfederatsiya bu davlatlarning o’z mustaqilliklari va suverentitetlarini to’la saqlab qolgan holda muayyan maqsadlarga erishish uchun tuzilgan ittifoqdir. Bunda yagona hudud ham, yagona fuqarolik ham mavjud bo’lmaydi. Chunki konfederatsiyaning har bir a’zosi xalqaro huquqning teng huquqli subyektidir. Konfederatsiya mustahkam bo’lmagan tuzilmadir,unga muvaqqat ittifoq sifatida qarash mumkin. Yagona hudud yo’qligi konfederatsiya hududini suveren davlatlar hududi tashkil etganligidadir. Konfederatsiya vakolati ham keng emas, unga tor doiradagi masalalarni hal etish kiradi. Ko’p hollarda konfederatsiya uzoq mavjud bo’lmasdan tez federatsiyaga aylanadi yoki parchalanib unitar davlatlar holatiga holatiga qaytadi. Hozirgi kundagi Yevropa Ittifoqi konfederatsiyanig yaqqol ko’rinishidir. Davlat hokimiyatining amalga oshirilish yo’li bu davlatning siyosiy tuzumi yoki rejimidir. Siyosiy tuzumlarning barchasi birinchi navbatda, demokratik va nodemokratik turlarga bo’linadi. Demokratiya yunonsa so’z bo’lib, xalq hokimiyati ma’nosini anglatadi. Demokratiyada inson siyosiy huquqlari ularning erkinliklari, hokimiyat idoralarini tashkil etishda fuqarolar ishtiroki kabilar tushuniladi. Xalq irodasi demokrtik hokimiyatning manbayi hisoblanadi. Shaxsning iqtisodiy sohadagi erkinliklari, jamiyatda qonun ustuvorligi ijtimoiy hayotdagi plyuralizm bularning barchasi demokratik davlat belgilaridir. Ijtimoiy hayotda davlat nazorati to’liq o’rnatilgan, yagona partiya hukmronligi, davlat hokimiyatini amalga oshirishdagi noqonuniyliklari, senzuralar mavjudligi kabilar esa nodemokratik davlatlarga xos belgilardir.

3. Kazus: istalgan mamlakat konstitutsiyasi bo’yicha inson huquqlari bo’yicha ma’lumot.



1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning o’n ikkinchi chaqiriq o’n birinchi sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlari to’la ma’noda kafolatlangan. Konstitutsiya olti bo’lim yigirma olti bob va bir yuz yigirma sakkizta moddadan iborat bo’lib, unda fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va ikkinchi bo’limda to’la yoritilgan ularning burchlari, uchinchi bo’limda yoritilgan jamiyat va shaxs bilan bog’liq qoidalar o’z ifodasini topgan. Inson huquqlari bu shaxsning hayotiy ehtiyoji, yashashi, komil topishi, uning jamiyat, davlat va boshqa shaxslar bilan aloqasi uchun zarur bo’lgan xususiyatlardir. Mamlakqtimiz konstitutsiyasida ham inson huquqlari va erkinliklari, inson huquq va erkinliklarining kafolatlari belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyamiz mamlakatimizda yashayotgan xalqning irodasini o’zida aks ettiradi. Uning muqaddimasida asosiy maqsadi “insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish” ekanligi alohida ta’kidlab o’tilgan. 18-moddada O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengdir deya ta’idlangan. 24-moddaga ko’ra esa inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyat hisoblanadi. Konstitutsiyamizda bu kabi inson huquqlariga oid moddalar qator keltirilgan. Masalan, 25-26-moddalarga ko’ra, har kim shaxsiy erkinlik va daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi, qiynoqqa solinishi, zo’ravonlikka, shqavqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamstuvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo’yilgan shaxsiy huquq va erkinliklar, inson huquqlariga oid moddalar, siyosiy huquqlar va demokratik erkinliklar, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar jamiyatimizda inson shaxsining ma’naviy, moddiy, ijtimoiy-siyosiy jihatlardan rivoj topishi va jamiyat foydasi uchun o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishiga katta imkoniyat yaratib beradi. Konstitutsiyamizdan tashqari, mustaqillik yillarida respublikamizda inson huquqlari va erkinliklaridan kelib chiqadigan, xalqaro miqyosda qabul qilingan yangi yuridik tamoyillarga asoslangan holda qabul qilingan huquqiy hujjatlar yordamida ham keng huquqiy muhit vujudga keldi. Totalitar tuzumning tazyiq va zo’ravonligidan huquqiy meyorlar sari keskin burilish yasaldi.
Download 16,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish