Biologiya (2). cdr


Kuydirgining teri formasi



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Kuydirgining teri formasi. 
Tekshirib ko'rilganda pnevmoniya va ekssudativ plevrit aniqlanadi.Kuydirgining 
bu turi ham juda og'ir intoksikatsiya, infeksion-toksik shok va yurak-tomir 
faoliyatining keskin buzilishi bilan kechadi va ko'pincha 2-3 kun ichida bemorning 
o'limi bilan yakunlanadi.Kasallikning septik turini o'tkazayotgan bemorlar 
atrofdagilar uchun juda katta xavf tug'diradilar. Chunki ularning chiqindilarida 
(balg'am, nafas, qusuqlari) va qonida kuydirgi mikrobi juda ko'p miqdorda bo'ladi. 
Tashxisi. Kuydirgining teri shaklini tipik kechganida tashxis qo'yish ortiqcha 
qiyinchilik tug'dirmaydi. Bunda kuydirgi yarasining o'ziga xos ko'rinishi hamda uni 
og'rimasligini e'tiborga olish kerak. Xalqimizdagi "og'rimagan yaradan qo'rq" 
deyilgan ibora aynan shu kasallikka ta'luqlidir.Kuydirgining o'pka va ichak turlarini 
tashxisoti ancha murakkab bo'lib, ularni o'lat kasalligining o'pka va ichak turlaridan 
farqlash zarur bo'ladi.Kuydirgining tashxisoti albatta laboratoriya ma'lumotlari bilan 
tasdaqlanishi kerak. Bu maqsadda bakteriologik, bakteriskopik, biologik va allergik 
usullardan foydalaniladi.Bakteriologik usulda — teridagi pufakchalar yoki yaradan 
olingan suyuqlik, septik turida bemor qoni, balg'ami, nafasi va siydigi steril idishlarga 
olinadi, og'izini maxkam bekitilib, tamg'alangan tunuka idishda laboratoriyaga 
jo'natiladi va u yerda maxsus ozuqalarga ekiladi. 
Bakterioskopik usulda esa, shu materiallardan surtma tayyorlanib, bo'yaladi va 
mikroskop ostida ko'riladi.Biologik usulda — oq sichqon yoki dengiz cho'chqasining 
terisi ostiga 0.1-0.2 ml miqdorida bemordan olingan materialni (fiziologik eritma 
bilan 1:10 suyuqlatib) yuboriladi. Agar materialda kuydirgi mikrobi bo'lsa, 
zararlantirilgan hayvonda sepsis boshlanib, u 1-3 kunda o'ladi. Kuzatuv 10 kun 
davom etadi.Teri-allergak reaksiya usulida bemor bilagining ichki tomoni terisi 
orasiga 0.1 ml miqdorida antroksin yuborilib, 24-48 soat davomida kuzatiladi. Ukol 
qilingan joyda yallig'lanish alomatlari paydo bo'lsa, reaksiya musbat hisoblanadi. 
Qizargan va shishgan joyning diametri 15 mm gacha bo'lsa, reaksiya sal musbat ( + ), 
15-25 mm bo'lsa musbat (++) va 25-40 mm va undan ortiq bo'lsa o'ta musbat ( + + +) 
deb baholanadi.Kuydirgi mikrobi bilan ifloslangan deb shubha qilingan material (teri, 


110 
jun, mo'yna va b.) larni tekshirish uchun Askoli pretsipitatsiya reaksiyasidan 
foydalaniladi. 
Davolash. Bemor albatta kasalxonaga yotqizilib, alohidalanishi kerak. Kuydirgini 
davolashda antibiotiklar (penitsillin, sefalosporin, gentamitsin, levomitsetin) yaxshi 
samara beradi. Penitsillinni kuniga 6-24 mln TB dan 7-8 kun davomida 
beriladi.Kasallikning septik turlarida sefalosporin (bir kunda 4-6 g.), levomitsetin 
natriy suksinat (3-4 g.), yoki gentamitsin (240-320 mg.dan) beriladi.Antibiotiklar 
bilan bir vaqtda kuydirgiga qarshi immunoglobulin qo'llanadi. Gammaglobulin 
kasallikning yengil xilida 20 ml dan, o'rtacha og'ir va og'ir kechganida 40-80 ml dan 
yuboriladi.Bulardan tashqari bemorning xolatiga qarab antitoksik davolash va 
shokning oldini olish choralari ko'riladi.Kuydirgining teri shaklida jarroxlik usullarini 
qo'llash sepsis rivojlanishiga olib keladi, shuning uchun bunday muolajalar qat'iy 
taqiqlangan.Bemor yolg'iz kishilik palatada yoki boksda aloxidalangan xolda yotishi 
va o'rinda yotish rejimiga kat'iy amal qilishi kerak. Uning parvarish buyumlari aloxida 
bo'lishi va ular bug'li va bug'-farmalinli kameralarda dezinfeksiya qilinishi lozim. 
Chiqindilar quruq xlorli oxak, yoki kalsiy gipoxloritning 2/3 asosli tuzi bilan 1:2 
nisbatda (siydik uchun 1:10 yoki 1:20) qo'shiladi va obdon aralashtirib, yopiq idishda 
2 soatta qoldiriladi, so'ngra kanalizatsiyaga yoki xovli xojatxonasiga to'kiladi.Yaraga 
ishlatilgan bog'lov materiallari, qon, balg'am va boshqa chiqindilar tekkan 
materiallar yoqib tashlanadi. Bemorlarni ko'rish va parvarishda qatnashgan barcha 
tibbiyot xodimlari extiyot choralariga rioya qiladilar: rezina qo'lqop taqishlari, 
kasallikning o'pka turida dokali burun bog'icha va ximoyalovchi ko'zoynak taqishlari 
kerak.Bemorlarni kasalxonadan chiqarish - teri shaklida — yara chandiq xosil qilib, 
bitganidan keyin; septik shakllarida - ikki marta (5 kun oralatib) o'tkazilgan 
bakteriologik 
tekshiruvlar 
manfiy 
natija 
bergandan 
keyingina 
amalga 
oshiriladi.Kuydirgidan o'lgan xayvon va odam jasadi kuydiriladi, yoki 20% li xlorli 
oxak eritmasiga xo'llangan choyshabga o'ralib, maxsus tobutga solinadi va 2 m 
chuqurlikda ustiga kuruq xlorli oxak sepib ko'miladi.Profilaktikasi. Kuydirgiga qarshi 
chora-tadbirlarni veterinariya va tabobat xodimlari birgalikda olib boradilar. Kasallik 
manbalarini yo'qotish veterinariya xodimlari o'tkazadigan tadbirlarning asosi 
xisoblanadi. 


111 
Uy xayvonlari va ularning mahsulotlari bilan ishlovchi shaxslar (zootexnik va 
veterinariya xodimlari, ferma, qushxona, teri, jun zavodlari, mo'yna fabrikalari 
ishchilari) maxsus kuydirgiga qarshi vaksina bilan emlanadi. Infeksiya o'chog'ida 
bo'lgan shaxslar, shuningdek kasal xayvon, yoki ularning xom ashyosi bilan bevosita 
kontaktda bo'lgan kishilarga nisbatan ko'riladigan shoshilinch profilaktika choralari 
sifatida ularga kuydirgi gammaglobulini (20-25 ml) bilan penitsillin yuboriladi. Bu 
muolajalar 7-10 kun davomida o'tkazilganidan keyin vaksina bilan emlanadi. 
Gammaglobulinni infeksiya og'iz yoki nafas yo'li orqali yuqqanida 5 kundan ortiq, teri 
orqli yuqanida — 10 kundan ortiq vaqt o'tkandan keyin yuborish maqsadga muvofiq 
emas.Bemor kasalxonaga yotqizilgandan keyin, uning uyida dezinfeksiya qilinadi. 
Bemor bilan muloqotda bo'lgan kishilar 8 kun davomida nazorat ostida bo'ladilar va 
ularga shoshilinch profilaktika choralari o'tkaziladi.Keng omma, ayniqsa qishloq 
axolisi va tegishli qorxonalarning ishchilari orasida sanitariya maorifi ishlarini keng 
yo'lga qo'yish, kuydirgi kasalligi tarqalishini oldini olishda katta axamiyatga ega. 
Quturish. Quturish zoonoz kasalliklardan bo'lib, univirus qo'zg'atadi va bosh 
miya jaroxatlanishi bilan o'tkir kechadi.Quturish xastaligi qadim zamonlardan 
insoniyatga ma'lum. Ilk davrlarda itlarning quturishi, ular tishlaganda odam xam 
kasallanishini bilishgan. U davrda bu kasallik Tidrofobiya — suvdan qo'rqish xastaligi 
deyilgan.Fransuz olimi Lui Pasterning XIX asrning 2-yarmida qilgan kashfiyoti tufayli 
quturish kasalligiga qarshi vaksina olingan. Shu munosbat bilan barcha 
mamlakatlarda quturishga qarshi tadbirlarni amalga oshiruvchi muassasalar Paster 
stansiyalari deb atalgan. Ularning faoliyati tufayli, quturgan xayvon tishlaganidan 
so'ng vaqtida emlangan millionlab odamlar quturish kasalligidan saqlab qolindi. 
Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi neyrotrop xususiyatiga ega, ya'ni nerv 
xujayralarini tanlab jaroxatlaydigan virus. Odam va xayovonlarda kasallik 
qo'zg'otuvchi virus – quturishning yovoyi virusi deb nomlanadi. Undan farqli 
ravishda, quyon miyasiga Raster taklif qilgan usulda yuborib, vaksina olish uchun 
foydalaniladigan virus - quturishning bog'langan (fiksirlangan) virusi deb ataladi. Bu 
virus kuchsizlantirilab, undan quturishga qarshi vaksina olinadi.Quturish virusi bosh 
miyaning asosai miyaga,
 
hamon shoxi, uzunchoq miya qismlarida nerv xujayrasi 
ichida o'rnashib, mayda donachalar
— 
Babesh-Negri tanachalarini xosil qiladi. U 
tashxisiy axamiyatga ega.Bu virus sovitishga chidamli. Muzlatilgan sharoitdauzoq 
saqlanadi. Tashqi muxitda uncha chidamli emas va tezda nobud bo'ladi. 
Qaynatilganda 2 daqiqada nobud bo'ladi, 3-5 % li lizol va xloramin eritmalari, 70° 
spirt ta'sirida tez nobud bo'ladi. 
Epidemiologiyasi. Bo'ri, tulki, shoqol va boshqa yovvoyi xayovonlar orasida 
kuturish kasalligi doimo uchrab turadi. Vaqti-vaqti bilan bu yovvoyi xayvonlar it va 
mushuklarni tishlab, kasallikni ularga yuqtiradi. Kasal xayvonning so'lagida virus juda 
ko'p bo'ladi. Uy xayvonlaridan ot, tuya, qoramol xam quturish bilan kasallanishi 
mumkin. 
Odamga quturish virusi kasal xayvon, asosan it va mushuklar tishlaganida, yoki 
quturgan xayvonning so'lagi teri yuzasiga tushganida yuqadi. Terida doimo mayda, 
ilg'amas jaroxatlar mavjudligi tufayli teri yuzasiga so'lak bilan tushgan virus xam 


112 
so'rilib, nerv hujayrasiga yetib boradi. Quturgan it bezovtalana beradi, g'ayri-tabiiy 
harakatlar qiladi. Ovqat yemay quyadi. So'lagi ko'p oqadi. Keyinroq duch kelgan 
xayvonni hatto, egasini tishlashga xarakat qiladi. So'ngra falajlash paydo bo'lib, 
tinchlanib qoladi. Quturgan it kasallik boshlangandan 10 kun ichida o'ladi.Quturish 
bilan og'rigan bemordan sog'lom odamlarga kasallik yuqmaydi. 
Klinikasi. Odamda quturish kasalligining yashirin davri 15 kundan bir necha 
oygacha (ko'p hollarda 20-30 kun) davom etadi. Bu davrning muddati infeksiya 
tananing qaysi qismi orqali tushishi, jarohatlarning xususiyati va ko'p-ozligigi bog'liq. 
Quturgan it oyoqni tishlaganda yashirin davr uzoqrok, bo'yin yoki yuzni tishlaganda, 
aksincha qisqa bo'ladi. Birdaniga tananing turli qismi jarohatlanganida xam yashirin 
davr qisqaradi. 
Kasallik kechishida asosan 3 ta davr 
kuzatiladi. 
1. Darakchilar davri.
 
Odatda kasallik 
asta-sekin boshlanadi. Umumiy lohaslik, bosh 
og'rishi, subfebril isitma paydo bo'lishi 
kasallik bashlanayotganidan darak beradi. 
Dastlabki kunlardan bemorning kayfiyati 
o'zgaradi. Unga xech narsa yoqmaydi, 
ruhiyati tushib ketadi, o'zini chetga olishga 
xarakat qiladi, yolg'iz hayol suradi. Uyqusi buziladi. Ovqat yeyishdan voz kechadi. It 
tishlagan jayda, hatto yara bitib ketgan bo'lsa ham, og'riq paydo bo'lishi o'ziga xos 
belgi xisoblanadi. Bu davrning oxiriga kelib bemorda betoqatlik, bezovtalanish 
alomatlari paydo bo'ladi. Nafas olish tezlashadi. Ko'kragi qisayotgandek tuyuladi. 
2. Qo'zg'olish davri.
 
Bu davrda nafas olish chuqurlanadi, bemor qiynalib nafas 
olayotgani sezilib turadi. Bemor jonsarak bo'lib qoladi, halovati yo'qoladi, o'zini 
qo'yarga joy topa olmaydi. Muskullarda, shu jumladan, yutqun va hiqildoq 
muskullarida tirishish paydo bo'ladi. 
Shu davrda kasallikka xos bo'lgan suvdan qo'rqish — gabrofobiya va havodan 
qo'rqish aerofobiya alomatlari yuzaga keladi. Bemor suv yutmoqchi bo'lganida 
yutqun muskullari tirishib qoladi va suvni yuta olmay qalqib ketadi. Bu bemorda 
vaxima uyg'otadi, ko'zlari olazarak bo'lib ketadi. Keyinroq suvni yutish emas, uni 
ko'rganida xam shunday xolat yuz beradi. Uni gidrofobiya deyiladi. Shu davrda biroz 
shamol, xatto yengil havo to'lqini ta'sirida ham nafas olish bir necha soniya to'xtab 
qoladi. U aerofrbiya holati bemorni battar qiynaydi. Muskullar umumiy tirishganida 
bemor tipirchilaydi, talvasaga tushadi, gallyutsinatsiyalar paydo bo'ladi. U 
atrofdagalarga tashlanishi mumkin. So'lagi ko'p oqadi. Bu davrda isitma ko'tarilib 39-
40°S ga yetishi mumkin. 
Qo'zg'olish davri, odatda, 3-5 kun davom etadi. Ba'zan umumiy tirishish vaqtida 
nafas to'xtab, bemor o'lishi mumkin. 
3. Falajlanish davri.
 
Bu davrda bemor tinchlanib qoladi, xushi to'la saqlanib 
turadi. Ayrim guruh muskullarda parez yoki falajlanish rivojlanadi. Ko'l, oyoq 
muskullari falajlanib, gemiplegiya, paraplegiya yoki titraplegaya kuzatiladi. Odatda 


113 
falajlanish pastdan yuqoriga ko'tarilib boradi. Oxirida bemor yurak urishi to'xtashi, 
nafas markazi falajlanishi oqibatida to'satdan o'ladi. Bu davr bir necha soatdan bir 
kungacha davom etadi.Quturish kasalligiga yo'lliqqan bemor tuzalmaydi. 10-12 kun 
ichida o'ladi. 
Tashxisi. Epidemiologik malumotlarni etiborga olgan xolda, o'ziga xos klinik 
belgilariga qarab qo'yiladi. Ulgan hayvon yoki odamning miya to'qimasidan surtma 
tayyorlab Babesh- Negri tanachalarini topish mumkin. 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish