Biologiya (2). cdr



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

gemorragik davri 
boshlanadi. Bu davrda terida petexial 
toshmalar toshadi, burun va milklar qonaydi, og'ir hollarda buyrak, oshqozon, ichak, 
bachadon va o'pkadan qon kelada. Kasallikning og'ir, yoki yengalligi qon ketishiiing 
ko'p ozligiga qarab aniqlanadi.Bemor qon aralash safro bilan qayd qilishi va ichidan 
ham qon kelishi kasallikning og'irligadan darak beradi. Ichki a'zolarga qon quyilishi 
kasallikning 5-7 kunlarida o'limga olib kelishi mumkin.Bu kasallikda isitma o'rtacha 7-
8 kun davom etadi, kupincha qush to'lqinli bo'ladi. Bemorda taxikardiya, gipotoniya, 
jigar, ba'zan, taloqning ham kattalashishi kuzatiladi. Siydikda — albuminuriya, 
mikrogematuriya aniqlanadi. Kasallik og'ir kechganda bemorda meningeal belgilar 
kuzatiladi. Homilador ayollarda bola tashlash hollari uchraydi. Kasallik yengil, yoki 
gemorragik belgilarsiz o'tishi ham mumkin. Kasallik yengil o'tganda intoksikatsiya va 
gemorragik belgilari asta-sekin pasayib borib, 2-3 xafta davomida yo'qoladi. 
Kasallikdan sog'ayishi bir necha xafta cho'ziladi.O'zbekiston gemorragik isitmasida 
o'lim 30-35% ni tashkil etadi. O'lim asosan intoksikatsiya sababli yurak-qon tomirlar 


98 
faoliyatining yetishmovchiligi xamda qon ketishi va ichki a'zolarga ko'p qon quyishlar 
oqibatida sodir bo'ladi. 
Tashxisi. Kasallikni o'z vaqtida aniqlash epidemiologik anamnezni to'g'ri 
baxolash muxim axamiyatga ega. Laboratoriya tekshiruvlardan: qonda gipoxrom 
anemiya, 
leykopeniya, nisbiy 
limfotstoz, 
neytropeniya, 
aneozifiliya 
va 
trombotsitopeniya bo'lishi gemorragik isitmalarga xosdir. Leykopeniya va 
trombopeniya darajasi kasallikning og'ir-yengilligini ifodolaydi. Qonda umumiy oksil 
va globulinlar kamayib ketadi.Kasallik tashxisi, albatta virusni aniqlash va spetsifik 
antitelolar titri ortishini aniqlashga asoslanmog'i kerak. Bemorlardan olingan 
materialda 
(qon 
yoki 
orqa 
miya 
suyuqligi) 
virusni 
aniqlash 
uchun 
flyuoressensiyalanuvchi 
antitelolar 
usuli 
va 
bilvosita 
gemagglyuginatsiya 
reaksiyasidan foydalaniladi. 
Serologik reaksiyalar: komplementni biriktirish reaksiyasi, neytralizatsiya 
reaksiyasi va boshqalar bemor qonida spetsifik antitelolarni aniqlashga asoslangan 
bo'lib, ularni juft zardob usulida (birinchi marta qon kasallik boshlanishida — o'tkir 
davrida, ikkinchi marta — 2-3 xafta o'ggach, rekonvalessensiya davrida olishda) 
tekshiriladi. 
Davolash. Davolashning spetsifik usullari bo'lmaganligi tufayli, o'tkaziladigan 
tadbirlar asosan infeksion-toksik shok va gemorragiyani bartaraf etish xamda yurak-
qon tomir sistemasi faoliyatini yaxshilashga, shuningdek yiringli septik asoratlar 
oldini olishga qaratilmog'i kerak.Bemor tezlikda kasalxonaga yotqizilib, kasallikning 
boshlang'ich va avj olish davrida hamda rekonvalessentlik davrining birinchi 2 
haftasida qatyiy yotish rejimida ushlanadi. Parhyezi — yengil hazm bo'ladigan, 
yuqori kaloriyali va vitaminlarga boy ovqatlardan iborat bo'ladi. Suyuqlik (meva va 
sabzavot sharbatlari, ma'danli suvlar) ko'p beriladi.Etiotrop davolash sifatida 
kasallikning birinchi 10 kunida (virusemiya davrida) ilgari kasallanib tuzalgan kishilar 
konining zardobi, yoki plazmasi 150-200 ml mikdorida mushak orasiga, og'ir 
kechganda 400-600 ml vena tomiriga yuboriladi.Davolashning dastlabki kunlaridan 
boshlab, gemorragiyani oldini olish va to'xtatish maqsadida, askorbin kislotasi 
(sutkada 500-600 mg), rutin 0.01 3 marta, vitamin K va V guruh vetaminlar, 
shuningdek qon va plazmani bo'lib-bo'lib quyish, jelatina, kalsiy xlorid va boshqalar 
keng qo'llanadi.Intoksikatsiya va suvsizlanishga qarshi gemodez, poliglyukin, 
albumin, plazma va boshqa suyuqliklar venaga, yoki klizma yo'li bilan yuboriladi. 
Sutka davomida yuboriladigan suyuqlik mikdori 500 ml dan 2 litrgacha bo'ladi. 
Intoksikatsiya kuchli bo'lganda qon quyish va kortikosteroidlar yaxshi samara 
beradi.Bemorni qunt bilan parvarish kilish va to'g'ri ovqatlantirning ahamiyati katta. 
Kasallik avj olgan davrda hayvonot oqsillari va yog'lar chegaralanadi, kefir, qatik, 
tvorog, kisel, sharbatlar, sho'rva, suyuq bo'tqalar beriladi. Mushak og'riqlarida illiq 
vannalar, uyqusizlikda osoyishta rejim, taqroriy qusish va hiqichoq tutganda me'dani 
2% li natriy bikorbanat eritmasi bilan yuvish, anestezin, novokain va yalpiz 
preparatlaridan ichirish, venaga 10% li natriy xlorid eritmasi va teri ostiga 1 ml 2.5% 
li aminazin yuborish yaxshi natija beradi. Og'iz-tomoq sohasida bo'ladigan ikkilamchi 
asoratlar 
oldini 
olish 
maqsadida 
og'iz 
bo'shlig'ini parvarishlash, 
uni 


99 
dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan chayish, so'lak ajralishini kuchaytirish uchun 
qotgan non chaynash tavsiya etiladi. Bemorda ikkilamchi bakterial asoratlar paydo 
bo'lgani taqdirda antibiotiklar tayinlanadi. 
Profilaktikasi. Kasallik uchraydigan tabiiy o'choqlarda kanalarni yo'qotish, 
buning uchun uy hayvonlari terisi bahor va yoz oylarida haftada bir marta xlorofos 
bilan tozalab turilishi, ko'ringan kanalarni esa yig'ib, yoqib yuborish o'sha hududda 
yashovchi aholi o'rtasida tushuntirish ishlari olib borish gemorragik isitma oldini 
olishda asosiy tadbir hisoblanadi.Kasallik gumon qilingani- zahoti bemor kasalxonada 
aloxidalanadi va uning axlati, qusig'i va boshqa chiqindilari bir soat davomida 1% li 
xloramin yoki 3% lizol eritmasida saqlanadi, ichki kiyimi, idish-tovoqlari va boshqa 
buyumlari 30 daqiqa davomida qaynatiladi.Bemordan ajralayotgan qon atrofdagilar 
uchun o'ta xavfli ekanligini unutmaslik kerak. Binobarin bemorni parvarishlovchi va 
davolovchi barcha (tibbiyot) xodimlari extiyot choralariga qatyiy amal qilishlari: 
rezina qulqop, og'iz-burushi doka niqob tutib va himoyalovchi ko'zoynak taqib 
ishlashlari zarur.Gemorragik isitmani boshidan kechirgan har bir bemor, lozim bo'lib 
qolganida boshqalarni davolashga qon olish maqsadida, mahlliy SENM da alohida 
ro'yxatga olib qo'yiladi. 
OITS - ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi (spid
)
OITS kasalligi — XX asr 
oxirida butun dunyo xalqlari uchun g'oyat fojiali muammolar tug'dirgan kasallik. OITS 
— SPID yagona bir kasallikning nomi emas. Immunodefitsit holati tug'ma va 
ortirilgan 
bo'ladi. 
Orttirilgan 
immunotanqislik 
odamda 
maxsus 
virus 
yuqishi oqibatida kelib chiqadi, Jaxon Sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga 
qaraganda 1993 yilda OITS kasalligi 25 million odamni jarohatlagan. Shulardan 
500000 tasi kasal onalardan tug'ilgan chaqaloqlardir. Har kuni dunyo miqyosida 
5000 odamga shu kasallik virusi yuqadi. Taxminlarga ko'ra, 2000 yilda bu infeksiya 
yuqqan odamlar soni 40 mlnga yetishi mumkin. Shuning uchun bu dardni "XX asr 
o'lati" deb xam ataladi. 
Etiologayasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi retroviruslar sinfiga mansub, odamda 
immunotanqislikka sababchi virus (OISV) xisoblanadi. U 1983 yilda amfikalik va 
fransuz olimlari tomonidan deyarli bir vaqtda kashf etilgan. Bu virus genomi odam 
qoni xujayralariga, jumladan, limfotsitlarga joylashib olishi mumkin. Odamga OISV 
yuqqanidan so'ng ko'p hollarda 5 yilgacha kasallik alomatlari paydo bo'lmaydi. 
Bunday kishilar ko'rinishdan sog'lom bo'ladilar, xech narsadan shikoyat qilmaydilar. 
Lekin ular virusni boshqa odamlarga tarqatishga qodir.Viruslar yuqqaniga javoban 
organizmning immun tizimi ularga qarshi antitelolar ishlab chiqara boshlaydi. Bu 
antitelolarni topish virusning o'zini topishga nisbatan osonroq. Eslatib o'tish lozimki, 
virus qonga tushgan vaqtdan, antitelolarni laboratoriya tekshirishlarida topish 
imkoniyati paydo bo'lguncha 3
 
oy o'tadi. Bu vaqt ichida ushbu odam virusni 
ko'pchilikka tarqatib ulgurushi mumkin. Zeroki, u umrining oxirigacha virusdan xalos 
bo'la olmaydi. 3
 
oylik muddatdan so'ng virus yuqqan odam qonida OISV ga qarshi 
antitelolar topiladi. Uni OISV yuqqan odam deb xisoblanada. Yillar davomida virus 
uning qonidagi immunitetga mas'ul hujayralarga, ayniqsa, T-limfotsitlarga qiron 


100 
keltirib boradi. Oqibatda OITS ga xos belgilar paydo bo'ladi. Pirovard natijada kasallik 
o'lim bilan tugaydi. 
1985 yidda OISV ning boshqacharoq ko'rinishi kashf etildi. U tuzilishi jixatidan 
OISV dan biroz farq qiladi. Kasallik oqibatida esa OITS alomatlari yuzaga keladi. Bu 
virusni SISV-2 deb ataldi. Dastlabki vaqtlarda bu virus G'arbiy Afrikada 
yashovchilarda topilgan edi. Keyingi kuzatuvlar bu virusning boshqa qit'alarga ham 
tarqalganidan darak bermoqda.Hozirgi vaqtda OISV ga ta'sir etib, uni o'ldiruvchi 
preparatlar topilgan emas. 
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai — OISV yuqqan odam yoki OITS bilan 
og'rigan bemor. U kasallik yuqqan vaqtidan boshlab, umrining oxirigacha kasallikni 
boshqalarga yuqtirishi mumkin. Virus infeksiya manbai bo'lgan odamdan shaxvat, 
qindan ajraladigan suyuqlik, ko'z yoshlari, so'lak, orqa miya suyuqligi, siydik va ona 
suti bilan ajraladi. Shuningdek, virus qon zardobi, limfotsitlar vositasida xam 
tarqaladi. Sperma, qon va qin shilliq qavati suyuqligida virus ayniqsa ko'p 
bo'ladi.Tarqalish yo'llari xam turlicha. Virus asosan jinsiy aloqa paytida yuqadi (70-
80%). Tug'run vaqtida va ko'krak suti orqali kasal onadan homilaga yuqishi 5-10% 
xollarda kuzatiladi. Giyohvandlar bir ignadan foydalanishi natijasidagi yuqish ham 5-
10 % ni tashkil etadi. Tibbiyot xodimlari igna sanchayotgan vaqtida terisiga kirib 
ketib, yuqish hollari kam bo'lsa-da, uchrab turadi (0.01%).Jinsiy aloqa paytida OISV 
erkaklardan ayollarga yuqish ehtimoli, aksinchasiga qaraganda yuqoriroq 
hisoblanadi. Erkak bilan erkak jinsiy aloqa qilganida virus yuqib qolish ehtimoli g'oyat 
yuqori. Shu bosidan gemoseksualistlar bu kasallikka moyil guruh hisoblanadi. 
Giyohvandlar ham shu g'uruha kiradi. OISV infeksisining asosiy tarqalish yo'llari teri-
tanosil kasalliklariga o'xshash bo'lgani uchun fohishalar, tanosil kasalligi bor 
bemorlar ham bu kasallikka moyil guruh hisoblanadi.OISV yuqqan yoki OITS bilan 
og'rigan bemor bilan birga yashaganda, yonma-yon ovqatlanganda, cho'milganda, 
umumiy hojatxonadan foydalanganda kasallik yuqmaydi. Kasallikni tarqatishda 
chivinlarning xech qanday ahamiyati yo'q.Kasallik shahar aholisi orasida 
qishloqdagilarga nisbatan ko'proq uchraydi. Shahvoniy nafsga berilib tartibsiz 
ravishdv jinsiy aloqa qilib ketaveradigan odamlar ko'p kasallanadi. Uspirinlar va 
balog'at yoshidagilarga nisbatan ko'proq qayd qilinadi. 
OISV infeksiyasi va OITS barcha mamlakatdarda uchraydi, JSST ma'lumotlariga 
ko'ra bu kasalliklar hozir 180 mamlakatda tarqalgan. Eng ko'p kasallanish Afrika 
qit'asida, ayniqsa, Sahroyi Kabirdan janubda joylashgan davlatlarda qayd etiladi. 
O'zbekistonda asosan chet eldan kelgan fuqarolar orasida OISV aniqlanib 
turadi. Ming afsuski oxirgi yillarda mahalliy aholi orasida ham bu kasallik kayd 
etilmoqda. 
Klinikasi. Eslatib o'gilganidek, virus yuqqan vaqtdan organizmda unga qarshi 
antitelolar paydo bo'lguncha 2 haftadan 3
 
oygacha muddat o'tadi. Ba'zi bemorlarda 
kasallik yuqanidan so'ng bir necha hafta o'tgach, isitma ko'tarilishi, tomoq og'rishi va 
terida toshmalar paydo bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda limfa tugunlari kattalashadi. 
Tabiiyki, bu belgilar umumiy alomatlardan hisoblanadi.Kasallikning asosiy alomatlari 
virus immunitet tizimiga kuchli ta'sir ko'rsatganidan so'ng yuzaga keladi. Qonda 


101 
virusga qarshi antitelolar paydo bo'lishiga qaramay, virusni yuqotishga ularning 
kuchi yetmaydi. Chunki virus T-limfotsitlarni yemirib, yangilari ichiga kiradi va ularni 
ham qaloq qiladi. Oqibatda organizm himoya qobiliyatini yo'qotadi. Shu vaqtdan 
boshlab OITS alomatlari paydo bo'ladi. Unga qadar OISV borligi to'g'risida darak 
beruvchi alomatlar kuzatiladi. Noxushlik, uzoq muddatli isitma, kechalari terlash, 
ozib ketish shunday darakchilardan hisoblanadi. 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish