Biologiya (2). cdr


"Qalin tomchi"ga qon olish



Download 5,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/58
Sana10.04.2023
Hajmi5,73 Mb.
#926520
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

"Qalin tomchi"ga qon olish. 
Davolash. Bezgakni 
davolash 
kasallik 
bosqichini, 
qaysi 
plazmodiylar 
qo'zg'atganini, qaytalanishi oldini olishni e'tiborga olgan holda tashkil etiladi. 
Dastlabki vaqtlarda bezgakni davolashda akrixin, xinin kabi preparatlar keng 
qo'llanar edi. Ularning toksik ta'siri xam sezilarli bo'lgani uchun xozir kam 
ishlatiladi.Keyingi yillarda bezgakni davolashda xloroxin (delagil), primaxin, xinotsid 
kabi preparatlar keng qo'llanilmoqda.
 
Eng keng qo'llanadigan preparat xloroxin 
xisoblanadi. Uning bir tabletkasi 0.25 g. uni ko'pincha 3
 
kun davomida ichirish yetarli 
bo'ladi ( birinchi kun - 0,5 dan 2 marta, 2- va 3- kunlari 0,5 g. bir marta). Davolash 
kursi uchun 3.0 g. shu muddatdan so'ng xam qonda plazmodiylar topilsa, yana 2 kun 
0.5 g dan ichiriladi.Ayrim mamlakatlarda plazmodiylarning xloroxinga chidamli turlari 
uchrab turadi. Bunday xollarda 3
 
kun davomida xloridin bilan birga ta'siri 
o'zaytirilgan sulfanilamidlar — sulfapiridazin yoki sulfazin aralashtirib beriladi. 
Xloridin kuniga 0.03 g dan, sulfanilamidlar — 1.0 g buyurilada.Asosiy davolash kursi 
tugaganidan so'ng, retsidivlar oldini olish maqsadida 2 xafta davomida primaxin 
beriladi.Bezgakni davolashda qo'llanadigan barcha preparatlar ovqatdan so'ng 
ichiriladi.Bezgak komasida shoshilinch yordam ko'rsatish kerak. Dastlab preparatlar 
vena tomiri orqali yuboriladi. Bu madsadda asosan xloroxinning 10% li eritmasi 
fiziologik eritma bilan aralashtirib, tomchilab qo'llanadi. Uni yuborish oldidan 
dimedrol, suprayetin kabi desensibilizatsiya qiluvchi dorilar teri ostiga yuborilsa, 
delagilning toksik ta'siri susayadi. Zarurat bo'lganida birinchi kuni dori 2-3 marta shu 
usulda yuboriladi. Bemor axvoli biroz yaxshilangach xloroxinning tabletkasi 
ichiriladi.Komani davolashda, shuningdek gormonal preparatlar, yurak-tomirlar 


96 
faoliyatini yaxshilovchi dorilar buyuriladi. Siydik ajralishini ko'paytirish maqsadida 
furosemid tabletka yoki laziks inyeksiyada yuboriladi. Gemoglobinuriya isitmasida 
qon quyiladi, gormonal preparatlar buyuriladi.Trisol, disol, xlosol kabi eritmalar 
tomchilab yuboriladi. Og'ir xollarda sun'iy buyrak apparatidan foydalaniladi. 
Oldini olish. Bezgakning oldini olishda kasallik manbai — bemor yoki tashuvchilarni 
aniqlab davolash va chivinlarga qarshi kurash muxim axamiyatga ega. Bu maqsadda, 
sababi aniqlanmagan isitma xurujlarida barmoq qonidan sutrma tayyorlanib, 
mikroskop ostida tekshirilada. Bezgak doimo uchrab turadigan mamlakatlardan 
yurtimizga uzoq muddat ishlash, yoki o'qishga kelganlar xam shunday tekshiruvdan 
o'tadilar. Aniqlangan bemor va gametotsit tashuvchilar davolanadi.Shaxsiy 
profilaktika maqsadida, bezgak tarqalgan mamlakatlarda uzoq muddatga ishga 
ketayotgan fuqarolarga xam xaftada bir marta 0.5 g (2 tabletka) dan delagil ichib 
turish tavsiya qilinadi. Chivinlar chaqishidan saqlanish uchun yoz oylarida 
pashshaxona ichida uxlash, oyna, eshiklarga to'rdan to'siq tutish lozim.Qishloqlarda 
turar joy yaqinrog'ida molxona bo'lsa, chivinlar ularni chaqib odamga 
tegmaydi.Chivinlarni kamaytirish maqsadida 
axamiyati bo'lmagan, chivin 
qo'payishiga qo'lay ko'lmak suv, qo'l va xovuzlar ko'mib yuboriladi. Sekin oqadigan 
suvlar o'tdan tozalanib, tez oqishiga erishiladi. Botqoqliklar quritiladi. Suv 
saqlanadigan idishlar og'zi yopiq bo'lishi lozim.Arbovirus kasalliklari - umurtqali 
xayvonlarda istiqomat qiladigan qonso'rar xashoratlar orqali tarqaladigan viruslar 
qo'zg'atadigan bir nechta kasalliklar guruxidir. Ular yer yuzida keng tarqalgan bo'lib, 
ko'proq tabiiy o'choqli infeksiya sifatida uchraydi. Arbovirusli kasalliklar orasida 
gemorragik isitmalar, virusli ensefalitlar, sariqlik isitma, pappatachi va Denge 
isitmalari muxim o'rin tutadi. 
Gemorragik isitmalar — isitma, kuchln intoksikatsiya aa gemorragik alomatlar 
bilan ifodalanuvchi, arboviruslar qo'zg'atadigan yuqumli kasalliklar.Gemorragik 
isitmalar juda qadim zamonlardai (masalan. Jurjoniy — 1110 y.) malum bo'lsada 
ularni aniqlash va o'rganish, asosan XX-asrning 40-yillaridan boshlandi. Qadimiy 
o'zbeklar bu kasallikni "qora xalak" deb atab kelishgan.Gemorragik isitmalar 
epidemiologik hususiyatlariga qarab uch guruhga bo'linadi: 
1 Kanalar orqali yuqadigan GIlar (Qirim-Kongo GM va unga o'hshash kechadigan 
O'zbekiston GI, Omsk GI va b,). 
2. Chivan orqali yuqadigan GI-lar (sariqlik isitma, Denge, Chikungunya va Rift-
Valdi GI-lari). 
3. Koktagioz zoonoz GI-lar (buyrak sindromi bilan o'tadigan GI, Argentina GI-si, 
Marburg isitmasi va b.). 
Bizda Qrim-Kongo GI-si guruxiga mansub, biroq undan o'zining og'ir kechishi va 
boshqa ayrim xususiyatlari bilan farqlanishi O'zbekiston (O'rta-Osiyo) gemorragik 
isig'masi uchraydi. 
O'zbekiston isitmasi - quchli intoksikatsiya, isitma, gemorragik alomatlar va 
ichki azolarning zararlanishi bilan namoyon bo'ladigan, ko'pincha og'ir kechadigan 
o'tkir yuqumli kasallik.O'zbekistonda gemorragik isitmalarni urganish T.I.Mixaylov, 


97 
N.I.Xodukin, A.L.Katsenovich, I.D.Itskovach, I.K.Musaboyev va boshqlarning (1946-
1955 y.) nomlari bilan bog'liq. So'ngga yillarda A.M.Meliyev boshchiligida bir guruh 
olimlar tomonidan chuqur o'rganilgan. 
Etiologayasi 
va 
epidemiologiyasi. O'zbekiston 
gamorragik 
isitmasining 
qo'zg'atuvchisi arboviruslar avlodiga mansub bo'lgan vazotrop viruslardir. Bu 
virusning tabiiy rezervuarlari va tashuvchilari iksod kanalar hisoblanadi. Iksod 
kanalari asosan qoramollar va otlarda parazitlik qiladilar. Bu kanalar tog'g yaqindagi 
adirlar, tepalik va pastliklarda kup uchraydi, cho'llarda esa uchramaydi. Ular asosan 
molxona omborlarning devorlaridagi kovaklarda yashaydi.O'lkamizning ayrim 
hududlarida gemoraggik isitma sporadik holda uchraydi (epidemiyasi bo'lmaydi), 
Kasallik asosan molxona, otxona, fermalar va ular yaqinidagi omborlarda ishlovchi va 
ayniqsa ushanday joylarda yotib qoluvchi odamlarda kuzatiladi. Bu kasallik mart 
oyidan sentabr oyigacha bo'lgan davrda kuzatiladi, chunki shu davrda iksod kanalari 
faol bo'ladi.O'zbekiston gemorragik isitmasi odamga asosan zararlangan kanalar 
chiqqanda, shuningdek teri, yoki shilliq qavatlarga bemor qoni tekkanda yuqadi. 
Shuning uchun bunday bemorlarni sharvarish qilayotgan va davolash muolajalari 
o'tkazayotgan, yoki bamor qoni bilan ishlayotgan shaxslar, ayniqsa tibbiyot 
xodimlari, barcha ehtiyot choralariga qat'iy rioya qilishlari kerak.O'zbekiston 
gemorragik isitmasi boshqa ko'pchilik gemorragik isitmalardan o'ziniig kontagoizligi, 
nisbatan og'ir kechishi va ko'p o'lim berishi bilan farqlanadi. 
Klinikasi. Kasallik kechishida 4 davr kuzatiladi: yashirsh davri, boshlang'ich davri, 
gemorragik belgalar davri va sog'ayish davri.Kasallikning yashirin davri 3-6
 
kun. 
Boshlang'ich davri bir necha soatdan 3 kungacha davom atib, asosan isitma va 
umumiy intoksikatsiya alomatlari bilan namoyon bo'ladi. Kasallik odatda tusatdan et 
uvishishiga, qaltirash va tana haroratiniig 38-39°S darajagacha ko'tarilishi bilan o'tkir 
boshlanadi. Ba'zan a'zoyi-badani, boshi, oyoq-qo'llari, beli qaqshab og'riydi, 
darmonsizlanadi, yuzi, tomog'i va ko'z konyuktivalari qizaradi Ishtahasi yo'qoladi, 
ba'zan ko'ngli aynab qusadi va ichi suyuq keladi. Davom etayotgan isitma va 
intoksikatsiya alomatlari jarayonida gemorragik belgilar paydo bo'lishi bilan 
kasallikning navbatdagi — 

Download 5,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish