92
4 BOB.QON ORQALI O’TADIGAN INFEKSTIYALAR
12-Mavzu: BEZGAK. GEMORRAGIK ISITMALAR. ORTTIRILGAN IMMUNITET
TANQISLIGI SINDROMI(OITS)
REJA:
Bezgak. Gemorragik isitma kasalliklari haqida tushuncha,
kelib chiqish
sabablari, etiologiyasi,
epidemiologiyasi, klinikasi, tashhisoti,
davolash va oldini
olish.
Bezgak turlari differenstial tashhisoti. Kasalliklarni oldini olish uchun
chora-tadbirlar, SNPning ishi.
O’zbekiston Respublikasi hududida bezgaknioldini olish bo’yicha
amaldagi buyruqlar.
Bemorlarni ko’zdan kechirish. Teri qoplamlari, ko’z sklerasi, til
egarchasi, shilliq qavatini aniqlash.
OITS haqida tushuncha.
Etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinik manzarasi: teridagi va shilliq
qavatlardagi o’zgarishlar.
Serologik tashhisot. Oqibati. Profilaktikasi.
OITS bilan zararlanganlarni dispanserizastiya qilish.
Tibbiy hodimlarni OITS bilan zararlanishini oldini olish.
O’zbekiston Respublikasida OITSga qarshi olib borilayotgan
tadbirlarni umumdavlat ahamiyatiga ega.
Bu kasalliklarning quzg'atuvchilari asosan qon elementdarida o'rnashib, sog'lom
odam organizmiga qon so'ruvchi hasharotlar vositasida yuqadi.
Ushbu guruhga
mansub kasalliklar ko'p.Bezgak o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, bezgak plazmodiylari
qo'zg'atadi va o'ziga xos isitma xurujlari bilan kechadi.Bezgak insoniyatga qadim
vaqtlardan beri ma'lum. U barcha mamlakatlarda keng
tarqalgan kasalliklardan
xisoblanadi. Xususan chor Rossiyasida yiliga 3.5
mln. dan ortiq odamda bezgak qayd
qilinar edi. O'zbekistonda xam 60-yillargacha bezgak keng tarqalgan kasalliklar
qatoriga kirgan. Bezgakka qarshi davlat dasturi amalga oshirilishi tufayli, bu kasallik
jumxuriyatimizda deyarli tugatilgan.
Etiologiyasi. Bezgak qo'zg'atuvchilari plazmodiylar xisoblanadi. Ular oddiy
mikroblar guruxiga mansub. Odamda kasallik paydo qiluvchi plazmidiylar 4 xil
bo'ladi.
1. Plasmodium vivax — 3 kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi;
2. Plasmodium malariae — 4 kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi;
3
.
Plasmodium Falciparum — tropik bezgak qo'zg'atuvchisi;
4. Plasmodium ovale — 3 kunlik bezgakka o'xshash kasallik ko'zg'atuvchisi.
Har bir plazmidiy o'ziga xos morfologik tuzilishga ega.
Plazmodiylar odam va
anofeles chivinlari organizmida yashaydi va ko'payadi (10-rasm). Uni shizogoniya deb
ataladi. Chivin chaqqanida uning so'lagi bilan odam organizmiga tushgan
plazmodiylar qon orqali jigarga yetib boradi va jigar xujayralarida ko'payadi. Bu
bosqich to'qima shizogoniyasi deyiladi va kasallikning yashirin davriga to'g'ri keladi.
93
Bu jarayon yakunida merozoitlar hosil bo'ladi. Ular jigardan qonga o'tib, eritrotsitlar
ichiga kirib oladi. Shu muddatdan boshlab plazmodiylar eritrotsit ichida ko'paya
boshlaydi. Bu eritrotsitlar shizogoniya davri deyiladi
va qonga tushgan parazitlar
merozoit deb ataladi. Ular turlariga qarab, eritrotsit ichida 48-72 soat ichida yetiladi
va eritrotsit yoriladi. Uning ichidan ajralib chiqqan plaemodiy merozitlar qon
zardobiga tushub, u orqali yana yangi eritrotsitlar ichiga tushadi. Shu tariqa
plazmodiylar eritrotsitlar ichida bir necha marta ko'payadi. Shunga monand ravishda
xar safar eritrotsitlar parchalanib, parazitlar qon zardobiga tushganida, isitma xuruji
boshlanadi. Bu bosqich bir necha bor takrorlanganidan so'ng
yetilmagan jinsiy
xujayralar —
Do'stlaringiz bilan baham: