Budda nomidan olingan, Buddaviylik jahonda keng tarqalgan dinlardan biri



Download 38,42 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.01.2022
Hajmi38,42 Kb.
#338164
Bog'liq
Buddizm tarixi - Vikipediya



Buddizm tarixi

Buddizm


 (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri

(xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq.

Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan.

Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzok. Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda B. Shri Lanka,

Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yapokabi davlatlarning

asosiy dinidir. B. muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli

butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 kismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda

katta taʼsir koʻrsatgan. Rivoyatlarga koʻra, B.ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan.

B.da 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va

mazhablarga boʻlinadi.

Boshqa dinlardan farqli ravishda B.da hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto xudo ham

oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri

yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. B. taʼlimotiga koʻra, inson doimo azobuqubatga mahkum va

bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon

turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azobuqubatdan qutulish uchun koʻngil xush

koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan,

boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga

yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxiroqibatda nirvanaga (azobuqubatning

tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir

emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. B. zaminida 3 narsa — Budda, Dharma va

Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin

timsoli. Dharma — Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu taʼlimotning eng qisqa bayoni "toʻrt oliy

haqiqat"dan iborat: 1) azobuqubat mavjud; 2) azobuqubatning sababi (istak) mavjud; 3)

azobuqubatning tugashi (nirvana) mavjud; 4) azobuqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz

bosqichli yoʻl mavjud. Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib

kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan ayerlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan




koʻplab avliyolardir. Sangxa jamoasiga kabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga

qasamyod qiladi: 1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2) yolgʻon

soʻzlamaslik; 3) oʻgʻrilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga kirmaslik; 5) mast qiluvchi ichimlik

ichmaslik; 6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik; 7) uch

kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik; 8) ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok

etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik; 10)

pul ishlatmaslik. Rohiblar jamoasi asosan B. txeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga

xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy kishilar

(yaʼni oddiy qavm)ga ham; Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa —

muqaddaslik va qudrat xazinasi. Kisqasi, B. — Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish

va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir.

B. tarixi 2500 yildan ortiqdavrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmniit

taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida B. kuchli mustaqil din

sifatida shakllandi. 9 a. muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatgan B. Hindistonda inqirozga yuz tuta

boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo B. Shri Lanka,

Jan.Sharkiy Osiyo va Markaziy Osiyo orkali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib

ulgurgan edi. Shri Lanka va Jan.Sharqiy Osiyoning materik qismida B. txeravadasi (qad.

anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha

yondashuvlar) tarkaldi. 15-asrda Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar B. bilan

tanishdilar. Ularning baʼzilari B.ga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil

etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va AQShning gʻarbiy

sohillariga olib keldilar. Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda

olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik B. jamoalari tashkil topdi. B.ning bir

necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.

B.da kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va

xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda, 12—13 yoshli oʻspirin 20

yoshgacha, yaʼni balogʻatga yetgunga qadar monastirda rohiblikni oʻtaydi, lekin , taxminan

ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qevm yoki dunyoviy

kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi — rohiblarni ovqat bilan taʼminlashdir. Bu bilan ular

xayrli xizmat qilgan boʻladilar.

20-asrda jahon boʻylab dunyoviy kishilarni ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto

Hindistonning oʻzida ham B. dunyoviy shaklda qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy

kishilar "sinsyuko" ("yangi dinlar") deb atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shovshuvga sabab

boʻlgan "Aum sinrikyo" shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari

asosan dunyoviy kishilardan tarkib topgan.

Oʻzbekistonda bitta B. jamoasi rasmiy ravishda faoliyat koʻrsatadi.




 

Soʻnggi tahrir 8 oylar avval 188.113.206.197 tomonidan amalga oshirildi  

Vikipediya

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Buddizm_tarixi&oldid=21862



62

" dan olindi 



Download 38,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish